Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/177
Sana30.05.2024
Hajmi17,68 Mb.
#257805
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   177
Bog'liq
55c441c91d60c

3. 3. distant usLubi
Distant uslubi asosida o‘quvchilarni o‘qitish hozirgi kunning 
eng rivojlanib borayotgan yo‘nalishlaridan bo‘lib, o‘qituvchi bilan 
o‘quvchilar ma’lum bir masofada joylashgan holda ta’lim jarayoni-
ni olib borish tizimidir. 
Distant uslubi asosida o‘qitish quyidagi texnologiyalarni o‘z 
ichiga oladi:


42
43
Interaktiv texnologiyalar:
– audiokonferensiyalar (audioconferencing);
– videokonferensiyalar (videoconferencing);
– ish stolidagi videokonferensiyalar (desktop videoconferen-
cing);
– elektron konferensiyalar (e-mail, on-line servikes);
– ovoz kommunikatsiyalari (voice mail);
– ikki tomonlama sputnik aloqa;
– virtual borliq (virtual reality);
Nointeraktiv texnologiyalar:
– bosib chiqarilgan materiallar; 
– audiokassetalar;
– videokassetalar; 
– bir tomonlama sputnik aloqa;
– televizion ko‘rsatuvlar va radio eshittirishlar:
– disket va CD ROM lar. 
Distant uslubining quyidagi afzalliklari mavjud:
a) o‘qitishning ijodiy muhiti. Mavjud ko‘pgina uslublar asosida 
o‘qituvchi o‘quvchini o‘qitadi, o‘quvchi esa faqat berilgan materi-
alni o‘qiydi; 
b) mustaqil ta’lim olishning imkoniyati borligi. Distant uslubi 
asosida ta’lim berish boshlang‘ich, o‘rta, universitet, sirtqi-kechki 
va malaka oshirish bosqichlarini o‘z ichiga oladi; 
d) ish joyidagi katta o‘zgarishlar. Distant uslubi asosida ta’lim 
berish turi millionlab insonlarga, hammadan ham ishlab chiqarish-
dan ajralmasdan ta’lim olayotganlar uchun, qulay sharoit yaratib 
beradi; 
e) o‘qitish va ta’lim olishning yangi va unumli vositasi. Statis-
tik ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, distant uslubi asosida ta’lim 
berish ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish kabi unumlidir. 
hozirgi kunda to‘g‘ridan to‘g‘ri INTERNET tarmog‘iga 
kirish xizmati distant uslubi asosida ta’lim berish uchun elektron 
pochtalar, kompyuter konferensiyalar va ma’lumotlarning elektron 
bazasidan foydalaniladi. Axborotlashgan tezkor kanalning rivoj-
lanishi yangi gipermedia tizimini berib, u o‘z ichida INTERNET 


42
43
tarmog‘iga kirishning uchta asosiy xizmatini mujassamlashtiradi 
va foydalanuvchining interfeysi (muloqoti)ni yanada takomillash-
tirishga yordam beradi. Maltikast texnologiyalarining, konfe-
rensiya vositalarining va multimedia kompyuterlarining mav-
judligi INTERNET tarmog‘i orqali videokonferensiyalarni yo‘l-
ga qo‘yishga imkoniyat beradi. Shunday qilib, bunday gigant 
axborotlashgan tarmoq o‘quvchilarning distant uslubi asosida 
zamonaviy bilim olishlari uchun vaqti yoki qayerda turganligiga 
qaramasdan, keng sharoit yaratib beradi. 
Video va audio axborot bilan ishlashning zaruriyati ma’lu-
motlarining katta hajmi va ularni uzatishning yuqori tezligi 
bilan bog‘liq ko‘plab muammolarni yuzaga keltirdi. Bu audio-
video axborotning siqiq texnologiyalarini rivojlantirish va katta 
sig‘imdagi jamg‘a ruvchilarning yangi namunalarini yaratishning 
boshlanishi bo‘ladi. 
Multimedia uchun zamonaviy CD ROM texnologiyalar taqdi-
moti ilk marta 1980- yili Sietldagi konferensiyada (Second Micro-
soft CD ROM Conference) bo‘lib o‘tdi va bu sana video va audio 
axborotli to‘loqonli multimedianing paydo bo‘lishi boshlanishi deb 
hisoblanadi. 
Multimedia tarkib topishining bundan keyingi qadami CD-I 
texnologiyasi (Compast Disk Interaktive – interaktiv videodisk-
lar) bo‘ladi, ular kompyuter yordamida lazerli video – muruvvatni 
boshqarish yo‘li bilan kompakt diskdan axborotni ixtiyoriy tanlash-
ni tashkil etishga imkon beradi. 
– videotizimning asosi bo‘lgan ixtisoslashgan mikroprotsessor 
turkumi. Oxirgi paytlarda bulardan ham zamonaviylari bozorda 
taklif qilinmoqda;
– drayverlar (Video Driver, Audio Driver va VRAM Driver va 
CD ROM Driver) va alohida kichik tizimlar darajasidagi dasturiy 
interfeys:
– galma-gal paydo bo‘luvchi audio va video axborot saqlovchi, 
ma’lumotlarni CD ROM jamg‘aruvchisidan foydalanilganida tez-
ligi bir tekisligini ta’minlovchi maxsus shaklli fayllar. 


44
45
– subyektiv qabul qilishga yo‘naltirilgan va ba’zi yo‘qotish yoki 
buzib ko‘rsatishlarga yo‘l qo‘yuvchi axborotning turli namunala-
rini tiklash algoritmlari. 

Download 17,68 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   177




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish