axbOrOt-KutubxOna MuassasaLarida




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/177
Sana30.05.2024
Hajmi17,68 Mb.
#257805
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   177
Bog'liq
55c441c91d60c

3. 7. axbOrOt-KutubxOna MuassasaLarida 
MuLtiMedia vOsitaLaridan
fOYdaLanishninG rOLi va ahaMiYati
hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi xorijiy mamlakatlar 
bilan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ilmiy-ma’rifiy aloqalar o‘rnata 
boshladi va bu davlatlar o‘rtasida o‘zining sezilarli nufuziga ega 
bo‘lmoqda. har bir soha bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar, ilg‘or 
tajribalarni amaliyotga tatbiq etish uchun o‘zaro shartnomalar tas-
diqlanmoqda. Natijada yurtimizga ilg‘or va samarali texnologiyalar 
kirib kela boshladi. Ayniqsa, axborot-kutubxona muassasalar faoli-
yatida multimedia vositalaridan foydalanish, zamonaviy axborot 
texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish hozirgi kunning dolzarb 
vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanmoqda. Chunki O‘zbekiston Res-
publikasining «Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida»gi Qonu-
nining 4- moddasida axborot-kommunikatsion texnologiyalari 
asosida axborot-kutubxona resurslaridan foydalanuvchilarga keng 
imkoniyat yaratib berish aniq ko‘rsatib o‘tilgan. 
Shu Qonunning 19- moddasida foydalanuvchilarning huquqlari 
va 20- moddasida foydalanuvchilarning majburiyatlari aniq 
ko‘rsatib berilgan. Axborot-kutubxona muassasalarida 2011–2015- 
yillarga mo‘ljallangan davlatimiz tomonidan belgilab berilgan 
aniq dastur asosida axborot-kutubxona markazlari, axborot-resurs 
markazlari va axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kommu-
nikatsion texnologiyalarini joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda. 
Axborot-kutubxona muassasalarida multimedia vositalaridan 
foydalanish foydalanuvchilarning so‘roqlariga aniq javob berish, 
olinayotgan axborotlarni eslab qolish yoki maxsus fayllar tashkil 
etib, matnlarning nusxasini ko‘chirish imkonini yaratadi. 
Multimedia – bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vosi-
talari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya (obyekt-
larning fazodagi harakati) effektlari asosida o‘quv materiallarini 


52
53
o‘quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko‘ri-
nishidir. 
Multimedia vositalari orqali axborot olishning quyidagi afzal-
liklari mavjud:
a) berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘z-
lashtirish imkoniyati bor; 
b) ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish 
ishtiyoqi yanada ortadi;
d) ta’lim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tejash im-
koniyatiga erishish;
e) olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak 
bo‘lganda amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga erishiladi. 
Zamonaviy kompyuter texnologiyalari foydalanuvchilarga ax-
borot berish, axborotni tahlil qilish, ta’lim berish va qayta tayyor-
lash jarayonida keng foydalanish, kelajakda yetuk va yuqori ma-
lakali mutaxassislarni kamol toptirishda katta yordam beradi. 

Download 17,68 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   177




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish