64
65
2. Dioskopik proyeksiya. Dioskopik
proyeksiyada oynasi nurlar
olishi uchun qaytariladi, kondensor ramkaga solingan diopozitivni
tekkis yoritib, obyektiv nurlarni yo‘naltiradi, suratlarni ekranga
proyeksiya qiladi.
20- rasm.
Maktab epidioskopi.
Maktab epidioskopi.
Maz-
kur
epidioproyektorlarni ish-
latish uchun tayyorlash, uni
o‘quv xonasiga o‘rnatish va dio-
pozitivlarni namoyish etish usul-
lari dioproyektorlarniki bilan
deyarli bir xildir.
Epidioproyektor «EPD–1»
tiniq bo‘lmagan
obyektlar bilan
ishlayotganda ekranga uncha
ko‘p bo‘lmagan (kam) yorug‘lik
nurlari tushadi. Shuning uchun ham bu proyektor bilan ishlayot-
ganda o‘quv xonasi to‘laligicha qorong‘i bo‘lishi lozim, chunki
tiniq bo‘lmagan obyektlar ekranda namoyish etilayotganida sinf
yorug‘ bo‘lsa, obyektlarning ko‘rinishi xira bo‘ladi.
Shuningdek, ushbu apparat o‘z vaqtida sovutilib turilishi lozim.
«EPD–455» epidioproyektorlari obyektlarni namoyish etishda
«EPD–1»dan ancha ustunroqdir. Bu apparatda avtomatik ravishda
sovutadigan moslama o‘rnatilgan bo‘lib,
u obyektlarning ekran-
da anchagina aniqroq namoyish etish quvvatiga ega va u deyarli
qizib ketmaydi. Bu apparatda yorug‘lik manbayi sifatida konden-
sor linzali va aks ettiruvchi parobal oynali 500 vatli, 110 yoki 220
voltda ishlaydigan lampalar ishtirok etadi. Apparatni
ishlatish uc-
hun xona qorong‘i bo‘lishi shart emas.
4. 4. dinaMiK prOYeKsiOn apparatLar
Dinamik proyeksiya bu proyeksiyaning xilma-xilligi bo‘lib,
ekrandagi suratlarni bir qancha kattaroq va harakatliroq namo-
66
67
yon qilib berishdir. Dinamik proyeksiyalarning moslamalari sifa-
tida turli xil kinomoslamalar (kinoproyeksiyalar), videotexnika va
videoproyeksion moslama (multimediaproyektor)larni ishlatilishi
mumkin. Masalan, KD 1. 1. 6. JKD videoproyektori.
Mazkur vi-
deoproyektorni to‘g‘ri ulash uchun quyidagilar bajariladi:
– videoproyektorni stolga to‘g‘ri joylash;
– videoproyektor past-balandligini to‘g‘rilash;
– proyektor past-balandligi uning old tarafida joylashgan ikkita
sozlagichdan foydalanib to‘g‘rilanadi.
1) proyektorning old tarafini ko‘taring, so‘ng yon tarafida
joylashgan ikkita sozlash tugmalarini bosing. Sozlovchi oyoqlar
bo‘shashib uzayadi;
2) sozlanmani mustahkamlash uchun sozlovchi tugmalar qo‘yib
yuboriladi;
3) aniq sozlash uchun sozlovchilarni burang.
Izoh:
Agar siz proyektorni joylashdan
oldin uni avvalgi holiga
keltirmoqchi bo‘lsangiz, sozlovchi richaglarni bosing va proyektorni
asta-sekin tushiring. Shundan keyin u oson joylashadi. Agar proyektor
holati bilan ekran o‘rtasida nomutanosiblik bo‘lsa, tasvir buzilib va
yoyilib chiqadi.