66
67
Istalgan ulash va uzishlarni bajarishdan avval proyektor va ula-
nishi kerak bo‘lgan asbob tokdan chiqarilganligini tekshiring.
Proyektor ulanishi kerak bo‘lgan asbobning foydalanish bo‘yicha
qo‘llanmasi bilan tanishing. U asbob bilan birga berilgan bo‘ladi.
shaxsiy kompyuterga ulash.
Tasvir uzatish kabelining bir
tomonini kompyuterning ajratilgan RGB chiqish joyiga, ikkinchi
tomonini proyektor RGB160 COMPONENT joyiga ulanadi. Bu
ulanish shaxsiy kompyuter tasvirini aks ettirish imkonini beradi.
(3) Stereo-audio kabeli kompyuter va proyektorning
audio
ulanish
joyiga ulanadi. Makintosh kompyuterlari uchun (4) VAC konnek-
toridan foydalaniladi.
videoproyektorni kompyuterga o‘rnatish:
– proyektorni o‘rnatishning ikki xil usuli bor: to‘g‘ri nur taratish
va teskari nur taratish.
– ofset – proyektor obyektivi o‘rtasidan ekranning pastki qis-
migacha bo‘lgan masofadir.
– ekran o‘lchami (dyuymda) ekranning diagonal bo‘yicha o‘l-
cha mini bildiradi.
– 23 dyuymli ekran faqat keng ekranlarga va nur taratish maso-
fasi 1,1 metr bo‘lishiga mo‘ljallangan.
texnik xizmat ko‘rsatish va ehtiyotlash.
havo almashtirgichlariga nisbatan quyidagilarni qo‘llang: agar
havo almashtirgichlari yopilib qolsa, proyektor ichidagi harorat
ko‘tarilib ketadi va chiroqlar yonmay qoladi. havo almashtir-
gichlarni taxminan 6 oyda bir marta tozalab turing. Agar proyek-
tordan atrof muhit chang sharoitda foydalanilsa, uni tez-tez tozalab
turish kerak, havo almashtirgichning havo filtrini tozalash qiyin
bo‘lib qolsa, uni almashtirish kerak. Yangi havo filtrini ushlab tu-
radigani bilan birga xarid qilish kerak.