Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/177
Sana30.05.2024
Hajmi17,68 Mb.
#257805
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   177
Bog'liq
55c441c91d60c

epiproyeksiyaning
sxemasi. 
1 – reflektor; 2 –yorug‘lik man
-
bayi; 3 – predmet stolchasi; 4 – 
oynacha; 5 – obyektiv.
Epiproyeksiya, asosan, ax-
borot-kutubxona muassasalarida 
keng qo‘llaniladi. Epiproyeksi-
yalarning afzallik tomonlari 
shundaki, u ekranda rangli 
bo‘lgan katta hajmdagi ma’lu-
motlarni aniq ko‘rsata oladi. 
hattoki gazeta illustratsiyalarini 
ham ekrandan tiniq va sifatli 
ko‘rish imkonini beradi. Ba’zida 
ekranda stereoskopik effekt pay-
do bo‘ladi. Epiproyeksiyada 
kichik hajmda bo‘lgan obyektlar 
ham ekranda tiniq va ravshan 
ko‘rinishga ega bo‘ladi. 
Epiproyektor – proyeksion apparatning bir turi bo‘lib, bugungi 
kunda epiproyektorlar videoproyeksion moslamalar bilan birga-


64
65
likda ishlaydigan teleproyektorlar va dokument proyektorlar kabi 
texnik o‘quv moslama kompleksidan deyarli chiqarib tashlangan.
Epiproyektorlarning sxemasi qayta tuzilgan proyeksion appa-
ratlarning optik sxemasi tarkibiy qismiga kiradi, ya’ni tiniq va ti-
niq bo‘lmagan obyektlarni proyeksiya qila oladigan epidioskoplar 
tarkibiga. 
Epidioskop
(yunonchadan olingan bo‘lib, «qarayapman» de-
gan ma’noni anglatadi) – epiproyektor va dioproyektorlarni o‘z 
ichiga oluvchi moslamadir. Bu esa uning qo‘llanish imkoniyatla-
rini yanada kengaytiradi. Epidioskop 140 × 140 mm va 150×50 
mm o‘lchamli kadr oynachalariga ega bo‘lishi mumkin. Bunday 
apparatlarni episkopik proyeksiya rejimda to‘laligicha, dioskopik 
rejimda yarim keng qo‘llash mumkin. 
Ushbu apparatlar qo‘llanilishi jihatidan boshqa apparatlardan 
anchagina sodda bo‘lsa-da, bugungi kunda ulardan foydalanish 
juda kamayib ketgan. Ba’zi axborot-kutubxona muassasalarida 
epidioskoplardan foydalanilayotganda apparatga ekrandagi surat-
larni yanada rang-barang va tiniqroq ko‘rsatish uchun kuchliroq 
bo‘lgan yorug‘lik moslamalar o‘rnatiladi. 
Oddiy epidioskopning ikki rejimda ishlatilishidagi optik sxema-
si quyidagicha:
1. Episkopik proyeksiya. Yorug‘lik nurlari sferik oynalar yor-
damida tiniq bo‘lmagan obyektlarni yoritadi, bundan diffuz tara-
luvchi nurlari kuchli yorug‘lik proyeksion obyektivga tushadi, 
oynadan aks etib ekranga uzatadi. 
a b
19- rasm. 

Download 17,68 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   177




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish