58
59
turlari, ya’ni dioproyeksiya va epiproyeksiya orqali ko‘rishimiz
mumkin.
Dioproyeksiya
– (bu so‘z yunonchadan olingan bo‘lib, «orasi-
dan» ma’nosini anglatadi) ushbu tasvir tiniq bo‘lgan ko‘gazmali
materiallar orasidan o‘tadigan yorug‘lik oqimlari tufayli shaklla-
nadi.
Epiproyeksiya
– (bu so‘z yunonchadan olingan bo‘lib, «yuqori»,
«ustida» ma’nosini anglatadi) ushbu tasvir tiniq bo‘lmagan obyekt-
lar yoritilishidan qaytarilgan nurlar orqali shakllanadi.
Statik ekran orqali o‘qitish vositalari ichida eng ko‘p qo‘llani-
ladiganlari – bu bugungi kunda ba’zi darsliklarda videogramma
deb ataladigan vositalardir.
Statik proyeksiyalar sifatida ekranda tiniq va tiniq bo‘lmagan
obyektlarni namoyish etadigan dioskoplar, filmoskoplar, kodo-
skoplar, dioproyektorlar, kadroproyektorlar, overxed-proyektorlar,
epidoskoplar, o‘quv apparatlari, epidioproyektorlar kabi moslama-
lari qo‘llaniladi.
Harakatlanadigan
(dinamik) tasvir
–
bu tilsiz va ovozsiz badiiy
hamda animatsion filmlarning kinoproyeksiyasidir. Dioproyeksi
-
yaning xilma-xilligi
dioproyeksiya
deyiladi. Dinamik proyeksi-
yalarning uskunalari obyektlar harakatlarini amalga oshirish, taas-
surotlarini ekran ko‘rinishida yiriklashishini namoyon
etish uchun
ishlatiladi. Dinamik proyeksiyalarning uskunalari sifatida turli xil
kinomoslamalar, videotexnikalar va videoproyeksion moslamalar
(multimedia proyektorlar) qo‘llaniladi.
4. 3. statiK prOYeKsiOn apparatLar
1640- yilda birinchi proyektor paydo bo‘lgan. Bu proyektorni
Afanasiy Kirxer (1601–1680- yillar) ismli nemis fizik-matematigi
ixtiro qilgan. A. Kixxer ushbu apparatini
«sehrli chiroq»
deb nom-
lagan. Ushbu apparat kartonlardan kesib
yasalgan hayvon va odam-
lar ko‘rinishining ko‘lankali proyeksiyalarini amalga oshirib bera
60
61
olgan. Bu yerda yorug‘likning manbayi bo‘lib shag‘am ishtirok
etgan.
1839- yilda L. Dager ismli fransuz rassomi fotografiya (suratga
tushish)ni ixtiro etgan. Bu esa sur’atlarni shishali diopozitivlarda
namoyon qilish imkonini bergan.
XIX asrga kelib proyektorlardagi yorug‘lik manbayi sifa-
tida elektr lampalar ishlatila boshlanib, ushbu lampalar ham ikki
xilda bo‘lgan bular: qizdirilgan ko‘mir lampasi va «Yablochkov
shag‘am»laridir.
XIX asrning boshlariga kelib Moskvada maktab dasturlariga
muvofiq bo‘lgan o‘quv diopozitivlari ishlab chiqarila boshlangan.
1904–1905- yillarga taalluqli plyonkali birinchi diofilmlar paydo
bo‘lgan va ular «proyeksion fotogrammalar» deb atalgan.
Axborot-kutubxona muassasalarida qo‘llaniladigan grafo-
proyektor, dioproyektor, epiproyektor, kinoproyektor
kabi proyek-
torlarda kichik hajmdagi kvars galogen lampalari ishlatiladi (KGM
12–100, KGM 24–150, KGM 220–500 va b.). Ushbu lampalarning
oddiy lampaladan ustunlik tomonlari ko‘p. Masalan, bu lampalarda
doimiy ravishda yorug‘lik oqimi va rangli harorat ta’minlanib, ular
hajm jihatidan unchalik katta bo‘lmasa-da, foydali ish koeffitsiy
-
enti hamda xizmat qilish davri juda balanddir.
Lampaning asosiy qismi volfram ipdan iborat bo‘lib, maxsus
kvarsli shisha idishga joylashtirilgandir.
Kvarsli shisha idish yod
va gaz bilan to‘ldirilgan. Shuningdek, galogen lampalarda molib-
den folga (zar qog‘ozi)ni yoki oddiy simni kvarsga qalaylab ham
ishlatishadi. Bu holatda galogen lampaning harorati 350 °C dan
oshmasligi kerak, aks holda, lampa oksidlanib, kvarsning yori-
lishiga olib kelishi mumkin. Kvars galogen lampalari ekspluatatsi-
ya qilinayotganida elektr ventilatorlardan foydalanish o‘ta
muhim
hisoblanadi.
Mazkur lampalardan foydalanayotganda yana bir muhim nar-
saga e’tibor qaratish lozim, ya’ni lampaning tashqi ballon qismini
ochiq qo‘l bilan ushlab bo‘lmaydi. Chunki
bu holatda ballonda
60
61
barmoq izlari qolib, lampaning yorug‘lik quvvatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi va lampa tez orqada ishdan chiqadi.
Lampalarning tashqi ballon qismiga maxsus markalar ham
qo‘yiladi. Bu markalarda lampaning quvvati ko‘rsatiladi. Masa-
lan, K–30–400 – bu kinoproyeksion lampa, PJ–220–500 – bu
epiproyektorlar uchun ishlatiladigan projektorlik lampasi, KGM–
12–150 – bu kichkina hajmli kvarsli galogen lampasi va h. k.
Endi statik proyeksion apparatlar haqida batafsilroq to‘xtalsak.
Ta’lim muassasalarida eng ko‘p qo‘llaniladigan dioproyektorlar bu
«Svityaz» va «Peleng» apparatlaridir.
«Svityaz» dioproyektori 50 × 50 mm
2
o‘lchamdagi rangli va oq-
qora diopozitivlarni namoyish qilish uchun mo‘ljallangan.
14- rasm.