18
19
kelayotgan kitobxonlarga taqdim etish mumkin. Yozib olingan ax-
borotlarning barchasi axborot-kutubxona fondi sifatida foydalani-
ladi.
Ovoz yozuvi xalq xo‘jaligida, fan va texnikada keng qo‘llaniladi.
hozirgi kunda yozib olingan ovoz mashinalar, avtomatik potok
liniyalarining ishini
boshqaradi, telefon orqali ma’lumotnomalar
beradi. Ovoz yozuvi kosmonavtning Yer bilan suhbatlashish imko-
nini beradi va h. k. Turli radioeshittirishlar, tarixiy anjuman, konfe-
rensiya va
kengashlardagi chiqishlar ham, odatda, magnit tasmaga
yozib olinadi.
Boshlang‘ich, o‘rta va oliy ta’limning o‘quv jarayonida ham
ovoz yozib olish usulidan foydalaniladi. Bizni o‘rab turgan atrof
muhitdagi tovushlar rang-barang va go‘zal.
Qushlarning sayrashi,
hayvonlarning ovozi, daraxtlar, barg va o‘tlarning mayin shitirlashi
juda yoqimli. Qulog‘imiz eshitadigan hamma narsani yozib olish
va o‘quv maqsadlarida foydalanish mumkin.
Turli ovozlar –
odamning nutqi, musiqani eshitish organlarimiz
idrok qiladi. Xo‘sh, ovozning o‘zi nima va u qanday vujudga kela-
di? Ovozni tebranuvchi jismlar hosil qiladi. Dutorning
torini tarang
tortib qo‘yib yuborsak, u tebranishi, tovush chiqarishini eshitamiz.
Torning tebranishlari havoga o‘tadi va havoda ko‘zga ko‘rinmas
sferik havo to‘lqinlari – ovoz manbayidan hamma tomonga tarqa-
ladigan ovoz to‘lqinlarini hosil bo‘ladi.
Odamning qulog‘i
ovoz tebranishlarini tutadi, ularni sezadi, to-
vush asabi orqali asab uyg‘onishlari impulslarini miyaga o‘tkazadi
va odam ovozni eshitadi. Demak,