axbOrOt-KutubxOna texnOLOGiYasi




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/177
Sana30.05.2024
Hajmi17,68 Mb.
#257805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177
Bog'liq
55c441c91d60c

1. 2. axbOrOt-KutubxOna texnOLOGiYasi 
fanininG Maqsadi va vazifaLari 
Axborot-kutubxona muassasalarida zamonaviy texnologiyalar-
ning tatbiq etilishi, amalda olib borilayotgan ish ko‘lamining dol-
zarbligi hozirgi kunining asosiy vazifasi hisoblanadi. Axborotga 
bo‘lgan talab kundan kun ortib borayotgan bir paytda har bir so-
hada, shu jumladan, axborot-kutubxona tizimi mutaxassislarin-
ing oldiga ham alohida vazifalar qo‘ymoqda. Shu o‘rinda, o‘rta 
maxsus bo‘g‘inda tayyorlanayotgan mutaxassislarni o‘qitishda 
axborot-kutubxona texnologiyasi fani ham alohida ahamiyat kasb 
etadi. Axborot-kutubxona texnologiyasi fani o‘quvchilarga bilim 


10
11
be-rishda axborot-kutubxona tizimining avtomatlashtirilgan tizimi-
da ishlashni nazariy va amaliy jihatdan o‘rgatadi. Axborot-kutub-
xona texnologiya fani axborot-kutubxona muassasalarida mavjud 
bo‘lgan texnika vositalari, axborot-kutubxona texnologiyalari ha-
qida ma’lumot beradi va ulardan mustaqil foydalanishni o‘rgatadi. 
Axborot-kutubxona texnologiyasi fanining vazifasi axborot-
kutubxona ishi, kutubxonashunoslik va bibliografiya mutaxas
-
sisligini egallashda olib borayotgan talablarni qondirish hamda 
avtomatlashtirilgan tizimda ishlaydigan raqobatbardosh kadrlarni 
tayyorlash, axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarida au-
diovizual texnika vositalari, proyeksion texnika apparatlari, video -
magnitafon va videokameralarda ishlash, audio va video konfe-
rensiyalar tashkil qilish, elektron hisoblash texnikasi, kompyuter 
texnologiyalari bilan ishlash, multimedia vositalari va ular bilan 
ishlash, nusxa o lish va nusxa ko‘paytirish texnikasi, axborot tizimi, 
Internet tizimi, elektron pochta xizmati, telekommunikatsiya va alo-
qa vositalari, axborot-kutubxonalarda transport vositalari, axborot-
ga ishlov berish, ma’lumotlarga ishlov berish, kitoblarni saqlash 
va qidirish, muqovalash texnika vositalari haqidagi ma’lumotlarni 
o‘quvchilarga yetkazishdan iborat. 
Fanni o‘qitishdan maqsad – o‘quvchilarda axborot-kutubxona 
texnologiyalarining o‘ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlarini 
o‘rgatish, ularni mustaqil ishlatishni, axborot texnologiyalarining 
inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llanish asoslarini tushunti-
rishdir. 
Asosiy e’tibor – axborot texnologiyalari asosida elektron il miy-
ta’limiy resurslar bilan ta’minlash, axborot-kutubxona texnologi-
yalari nazariyasining umumiy masalalari, predmeti, o‘rganilayotgan 
tizim va obyektlarni tadqiq etishdagi o‘rni va ahamiyati, mo dellarni 
ishlab chiqish texnologiyasi, obyekt va tizimlari muammolarini 
yechish usullari, rejalashtirish, dasturlashtirish natijasida olingan 
ma’lumotlarni qayta ishlash hamda zaruriy yechimlarni qabul qi-
lish ko‘nikma va malaklarni shakllantirishdir. 


12
13
Fanning vazifasi – o‘quvchilarni avtomatlashtirilgan axbo rot-
kutubxona texnologiyalarining texnik va dasturiy vositalari bi-
lan tanishtirish va bu vositalarni ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqot 
ishlari axborot tizimini va elektron ma’lumotlar bazalarini (elek-
tron kataloglar, elektron darsliklar, multimedia, ensiklopediyalar, 
to‘liq matnli ma’lumotlar bazalari va h. k.) ishlab chiqish va ularni 
o‘zlashtirish texnologiyasini, xizmat ko‘rsatish, foydalanuvchilar-
ni axborot texnologiyalari asosida elektron ilmiy-ta’limiy resurs-
lar bilan ta’minlash, hujjatlarni elektron shaklda yetkazib berish 
texnologiyasini o‘zlashtirish va (IRBIS, MARC, KARMAT, SQL 
va boshqalar) o‘rgatish, sozlash, moslashtirish hamda ular bilan 
ishlashga hamda o‘quv jarayonlariga tatbiq etish usullari va ular-
ning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rgatishdan iboratdir. 
Axborot-kutubxona, axborot-resurs markazlari va kutubxonala-
rida elektron katalog tuzish, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qidirish, 
uzatish, saralash, qayta ishlash kabi ishlar axborot texnologiyala-
rida amalga oshiriladigan ishlarning asosiy qismini tashkil etadi. 
Shuning uchun axborot-kutubxona texnologiyalariga alohida ta-
lablar qo‘yiladi. O‘quvchilar axborot-kutubxona, axborot-resurs 
markazlari va kutubxonalarda axborot texnologiyalari va tizim-
lari imkoniyatidan foydalanib, elektron kutubxona texnologiyalari 
amallarini bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Shuning uchun 
ushbu fan asosiy mutaxassislik fanlaridan biri bo‘lib, ishlab chiqa-
rish texnologik tizimining ajralmas bo‘g‘inidir. 
O‘quv fani bir qator mutaxassislik fanlari bilan, ya’ni kutub-
xonashunoslik, bibliografiya, hujjatlar fondi va elektron katalog
kutubxona ishini avtomatlashtirish, Internet tizimi, muqovalash, 
elektron kutubxona kabi fanlar bilan o‘zaro bog‘liq. 
Masalan, adabiyotlar targ‘ibotida, ommaviy tadbirlar o‘tkazish-
da, kitobga ishlov berishda kutubxonashunoslik fani, IRBIS dasturi 
asosida elektron katalog yaratishda axborot-kutubxona resurslari 
va elektron katalog fani hamda kompyuterda ishlashda axborot-ku-
tubxona ishini avtomatlashtirish fani bilan uzviy aloqada ekanligini 
ko‘rish mumkin. 


12
13
Shuningdek, umumkasbiy fanlar, kutubxonachilik ishi tarixi, 
nutq madaniyati, pedogogika-psixologiya fanlari, umumta’lim fan-
laridan informatika, axborot texnologiyalari fanlari va maxsus fan-
larning barchasi bilan o‘zaro chambarchas bog‘liq. 

Download 17,68 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish