axbOrOt-KutubxOna MuassasaLarida




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/177
Sana30.05.2024
Hajmi17,68 Mb.
#257805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177
Bog'liq
55c441c91d60c

1. 3. axbOrOt-KutubxOna MuassasaLarida 
adabiYOtLarni tarG‘ib qiLishda axbOrOt-
KutubxOna texnOLOGiYaLarininG
rOLi va ahaMiYati 
O‘zbekiston Respublikasi tarixiy rivojlanishining barcha davr-
larida kitob va uni jamiyatda tarqatish yo‘llaridan biri bo‘lmish 
axborot-kutubxona va kutubxonachilik ishi inson madaniyatining 
ajralmas bir bo‘lagi hisoblanib kelgan. Madaniy-tarixiy davomiylik 
va vorisiylik jarayonlarida odamlar o‘rtasidagi, ularni hozirgi kuni 
bilan o‘tmishi hamda kelajagi o‘rtasidagi aloqadorlikni ta’minlash-
da kitob va kutubxona benazir vosita, avlodlar va ajdodlar ma’naviy 
aloqasining uzviy bo‘g‘inidir. Ijtimoiy muloqot usuli sifatida ki-
tob, uni saqlash va mutolaa qilish jarayonlarini ta’minlovchi ax-
borot-kutubxona – shaxsni tarbiyalash, uning tafakkurini o‘stirish, 
shaxsning fikrlash tarzini shakllantirish, kasbga yo‘naltirish va 
u ning erkin shaxs bo‘lib voyaga yetishida katta ahamiyatga ega. 
Fan va texnikaning taraqqiyoti tufayli axborot ko‘lami kundan kun 
ortib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida, mutaxassislarning oldiga 
yangi-yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Ya’ni kitobxonlarga, foydala-
nuvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi axborot-kutubxona muassasala-
rida ularning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini zamonaviy texnologi-
yalar asosida aniq va tez qondirishni talab qilmoqda. 
Shu o‘rinda, axborot-kutubxona texnologiyalari mutaxassislar-
ga, kutubxonachilarga yaqindan yordam beradi. 
Axborot-kutubxonalarda adabiyotlarni targ‘ib qilish, ularni ki-
tobxonlarga yetkazishda turli xil usullardan, turli xil texnika vosi-
talaridan foydalaniladi. 


14
15
Targ‘ibot ishlarida quyidagi axborot texnika vositalarini ko‘ri-
shimiz mumkin: 
I. Ommaviy axborot vositalari:
– kino-video;
– radio;
– televideniye;
– Internet va boshqalar. 
II. Axborot fondi:
– kinofilmlar;
– videofilmlar;
– slaydlar;
– CD-DVD disklardagi axborotlar; 
– audiokassetalar;
elektron darsliklar;
– elektron kitoblar;
– elektron lug‘atlar; 
– elektron qo‘llanmalar va boshqalar.
III. Axborot targ‘ibot vositalari:
– ovozni yozib olish va qayta eshittirish texnika vositalari (mag-
nitafonlar, musiqa markazlari va boshqalar) 
– proyeksion texnika vositalari (proyektorlar, videoproyektor-
lar, CD-DVD proyektorlar);
– ovoz kuchaytiruvchi apparatlar (usilitellar); 
– telekommunikatsion vositalar (radio, televideniye, va boshqa-
lar);
– kommunikatsion vositalar (aloqa vositalari, Internet, elektron 
pochta va boshqalar). 
Axborot-kutubxona muassasalarida texnika vositalaridan foy-
dalanib adabiyotlarni targ‘ib qilishning o‘ziga xos xususiyatlari 
mavjud. Adabiyotlar targ‘ibotida, avvalambor, kitobxonlarning 
yosh xususiyatlari, ularning qiziqishlari, talab va istaklari e’tiborga 
olinadi. Adabiyotlar targ‘iboti ma’lum guruh yoki keng ommaga 
mo‘ljallanadi. Ommaviy targ‘ibotlarda, albatta, texnik vosita-
laridan foydalaniladi. Axborot-kutubxonalarning o‘quv zallarida 


14
15
o‘tkaziladigan ommaviy targ‘ibotlarda ovoz kuchaytirgichlar, 
targ‘ib yo‘nalishiga qarab texnika vositalari tanlanadi. 
Masalan, quyi sinf o‘quvchilari (1–3), asosan, ertak kitoblarni 
o‘qishga qiziqadilar. Shuni hisobga olgan holda ularga ertak-dio-
filmlar, ertak-videofilmlar, ertak-slaydlar namoyish qilish orqali 
adabiyotlarni targ‘ib qilish mumkin. 
Faraz qilaylik, diskka yozilgan «Zumrad va Qimmat» ertagi 
DVD proyektor orqali namoyish etilib, shu ertak o‘zbek xalq er-
taklarining 1- tomidan olinganligi, axborot-kutubxonada o‘zbek 
xalq ertaklarining 2- tomi va boshqa xalq ertaklari (qozoq, uyg‘ur, 
yapon va h. k.) mavjud ekanligini aytib, ko‘rsatib, ertak kitoblarni 
targ‘ib qilish mumkin. 
Yoki yuqori sinf o‘quvchilariga, katta yoshdagi kitobxonlarga 
yozuvchi A. Qodiriyning axborot-kutubxonadagi «O‘tkan kunlar» 
romani videofilmini namoyish qilish orqali, axborot-kutubxona 
fondidagi A. Qodiriy asarlari haqida og‘zaki tavsif berib, boshqa 
asarlarini yoki yozuvchi G‘. G‘ulomning «Shum bola» asarini 
namoyish qilish orqali, shu asarning va yozuvchining axborot-ku-
tubxonada mavjud bo‘lgan boshqa asarlarini targ‘ib qilish mumkin. 
Adabiyotlarni texnik vositalar orqali targ‘ib qilishning o‘ziga 
xos xususiyati va ahamiyati shundaki:
birinchidan,
kitobxon o‘qigan kitobini asar namoyishi bilan 
taqqoslash, mulohaza yuritish, fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladi, 
dunyoqarashini shakllantiradi; 
ikkinchidan,
shu voqelik bo‘yicha axborot-kutubxonada boshqa 
adabiyotlar haqida ma’lumot oladi; 
uchinchidan,
asar namoyishi orqali estetik tarbiyasi shakllanadi, 
ya’ni asar ta’siri ostida kulishi, yig‘lashi, ta’sirlanishi mumkin; 
to‘rtinchidan,
asardagi salbiy va ijobiy obrazlar orqali axloq 
tarbiyasi shakllanadi, ya’ni ko‘rgan voqelikdagi salbiy obrazlariga 
nisbatan nafrati ortadi. Ijobiy qahramonlarga o‘xshashga harakat 
qiladi; 
beshinchidan,
shu namoyishda ishlatilayotgan texnika vosita-
lariga qiziqqan kitobxonlarni kasbga yo‘naltirish ishlarini amalga 
oshirish imkoniyati yaratiladi. 


16
17
hozirgi kunda adabiyotlarning yakka targ‘ibot usulida zamo-
naviy texnologiyalaridan kompyuter vositalari alohida ahamiyat 
kasb etmoqda. Kompyuterning global tarmog‘i Internet tizimi 
orqali axborot-kutubxonalarda mavjud bo‘lgan adabiyotlar bilan 
tanishish, kerakli adabiyotlarni boshqa axborot-kutubxonalardan 
qidirib topish, o‘qish, xorijiy mamlakatlarning elektron kutubxona 
resurslaridan foydalanish imkoniyatlari yaratilgan. Buning uchun 
shu axborot-kutubxonalarning veb saytlarini bilish lozim bo‘ladi. 
Audiokonferensiyalar, videokonferensiyalar tashkil etib, o‘zaro 
fikr almashish, adabiyotlar, audikitoblar targ‘ibotini amalga o shirish 
mumkin. 
Xulosa qilib aytganda, axborot-kutubxonalarda axborot-kutub-
xona texnologiyalari orqali adabiyotlarni targ‘ib etish hozirgi kun-
ning muhim vazifalaridan biridir. 

Download 17,68 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish