• Mavzuning maqsadi
  • 1. 1. O‘zbeKistOn respubLiKasida axbOrOt- KutubxOna sOhasida OLib bOriLaYOtGan isLOhOtLar
  • Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/177
    Sana30.05.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #257805
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177
    Bog'liq
    55c441c91d60c

    i bOb. axbOrOt-KutubxOna 
    MuassasaLarida axbOrOt-KutubxOna 
    texnOLOGiYasidan fOYdaLanishninG 
    usLubiY tavsifi
    1.1. O‘zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasida olib bo -
    rilayotgan islohotlar. 
    1. 2. Axborot-kutubxona texnologiyasi fanining maqsadi va vazifalari 
    1. 3. Axborot-kutubxona muassasalarida adabiyotlarni targ‘ib qilishda 
    axborot-kutubxona texnologiyalarining roli va ahamiyati. 
    Mavzuning maqsadi: 
    respublikamizda axborot-kutubxona soha-
    sida olib borilayotgan ishlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
    2006- yil 20- iyundagi «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan 
    ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi Qarori, O‘zbekiston Respub-
    likasi Prezidentining «Axborot-kommunikatsion texnologiyalar baza-
    sida axborot-kutubxona va axborot resurs xizmatlari sifatini yanada 
    rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori (2011- yil 23- fevral), 
    «Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi 
    Qonunining (2011- yil 13- aprel) mohiyatini tushuntirish, axborot-ku-
    tubxona texnologiyasi fanining maqsad va vazifalarini ochib berish ax-
    borot-kutubxonalarda adabiyotlarni targ‘ib qilishda axborot-kutubxona 
    texnologiyasining roli va ahamiyatini ko‘rsatib berish kabi bilimlarni 
    berishdan iborat.
    1. 1. O‘zbeKistOn respubLiKasida axbOrOt-
    KutubxOna sOhasida OLib 
    bOriLaYOtGan isLOhOtLar 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006- yil 20- iyunda 
    qabul qilingan «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan 


    8
    9
    ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi Qarori axborot-kutubxona 
    ishida axborot va kommunikatsion texnologiyalarini amaliyotga 
    tatbiq etish, aholining axborot-kutubxona muassasalariga bo‘lgan 
    ehtiyojini to‘laqonli qondirishga qaratilgan. 
    Qaror aholini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni takomil-
    lashtirish, eng muhimi, kutubxonachilik ishini rivojlantirish uchun 
    zarur bo‘lgan respublika axborot-kutubxona tizimini tubdan is-
    loh qilishga asos bo‘ldi. Qarorga muvofiq ommaviy va markaziy 
    kutubxonalar o‘rnida axborot-kutubxona markazlari va axborot-
    resurs markazlari tashkil etildi. Madaniyat va sport ishlari vazirligi 
    tasarrufidagi ommaviy kutubxonalar tarmog‘i ko‘rib chiqilib, ular 
    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta 
    maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda O‘zbekiston Aloqa va 
    axborotlashtirish agentligi tizimiga kiritildi. 
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Res-
    publika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish 
    bo‘yicha idoralararo kengash tuzilib, Alisher Navoiy nomidagi 
    O‘zbekiston Milliy kutubxonasi shu kengashning ishchi organi etib 
    tayinlandi. Ilgari respublikamiz viloyatlarida faoliyat yuritgan om-
    maviy markaziy kutubxonalar aloqa va axborotlashtirish agentligi 
    tasarrufiga o‘tkazilib, axborot-kutubxona markazlariga aylantirildi. 
    Axborot-kutubxona markazlarini boshqarish uchun agentlik huzu-
    rida Respublika axborot-kutubxona markazi (RAKM) tashkil etildi. 
    hozirgi kunda har bir viloyatda bittadan va Toshkent shahri 
    hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 14 ta axborot-ku-
    tubxona markazlari faoliyat olib bormoqda. Oliy va o‘rta maxsus 
    ta’lim vazirligi, Xalq ta’lim vazirligi tizimidagi o‘quv yurtlarida 
    axborot-resurs markazlari tashkil etilib, joylardagi ommaviy ku-
    tubxonalar shu axborot-resurs markaziga biriktirilgan holda aho-
    liga xizmat ko‘rsatmoqda. 
    Respublikada amalga oshirilgan axborot-kutubxona sohasidagi 
    islohotlar axborot-resurs va axborot-kutubxona faoliyatini belgilab 
    beruvchi huquqiy-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, axborot-ku-
    tubxona ishining asosiy metodlari va shakllarini qayta ko‘rib chi-


    8
    9
    qish, an’anaviy ish shakllaridan axborotlashtirishni hisobga olgan 
    yangi, o‘ta takomillashgan va samarali metodlarni joriy etish va 
    foydalanishga o‘tish zaruratini keltirib chiqardi. 
    «Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunning 4- mod -
    dasida axborot-kutubxona faoliyatining asosiy vazifalari belgilab 
    berildi. Bular quyidagilardan iborat: 
    – foydalanuvchilarning axborot-kutubxona resurslaridan foy-
    dalanishini ta’minlash;
    – foydalanuvchilarning intellektual, ma’naviy-axloqiy, bilim 
    o lish ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
    – milliy madaniyatni tiklashga va yanada rivojlantirishga 
    ko‘maklashish;
    – O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini 
    saqlash;
    – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-ku-
    tubxona resurslaridan o‘zaro foydalanishni ta’minlash. 
    Bu esa axborot-kutubxona tizimi faoliyatidagi xodimlarning 
    oldiga ulkan vazifalar qo‘ydi. 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2011–2015- yillarda 
    axborot-kommunikatsion texnologiyalari bazasida axborot-kutub-
    xona va axborot resurs xizmatlari sifatini yanada rivojlantirish cho-
    ra-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2011- yil 23- fevralda qabul qilingan PQ 
    № 1487- sonli Qarorida hozirgi kunda mamlakatimizda 11026 tadan 
    ziyod axborot-kutubxona muassasalari faoliyat ko‘rsatib, ulardan 
    6,3 million nafardan ortiq kitobxon va o‘quvchilar foydalanib ke-
    layotganligi qayd qilib o‘tiladi. Axborot-kutubxona muassasalarida 
    bugungi kunda 83,6 million birlikdagi jami adabiyotlar fondidan 
    3,5 million tasi elektron ko‘rinishda ekanligi, ayniqsa, barcha ax-
    borot-kutubxona markazlari Internetga (ZiyoNET portaliga) kirish 
    imkoniyatini beruvchi lokal tarmoqlar tashkil etilganligi muhim 
    omil bo‘lmoqda. Chunonchi, ta’lim muassasalaridagi 1639 ta ax-
    borot-resurs markazida (91 foiz) lokal tarmoq mavjud bo‘lib, ular-
    dan 1380 tasi, ya’ni 76,5 foizi ZiyoNET portaliga ulanganligi ay-
    tib o‘tiladi. Qarorda axborot-kutubxona tizimini rivojlantirishning 


    10
    11
    2011–2015- yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi belgilab berilgan. 
    Qaror dasturida shu yillar mobaynida respublikamizda bosqich-
    ma-bosqich elektron kutubxonalarning tashkil etilishi, axborot-ku-
    tubxonalarda elektron resurs zallarini tashkil etish, yig‘ma elektron 
    katalog va elektron kataloglar majmuyini tashkil etish va bulardan 
    foydalanuvchilarga keng imkoniyatlar yaratib berish kabi muhim 
    vazifalar belgilab berilgan. Shuningdek, axborot-resurs markazlari-
    ni zamonaviy kompyuter, telekommunikatsiya va orgtexnika bilan 
    jihozlash, avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimini bazasini 
    yaratish va muntazam ishlashini ta’minlash kabi dolzarb vazifalar 
    belgilab berilgan. Ayniqsa, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va 
    malakasini oshirish, oliy va o‘rta maxsus bo‘g‘inda raqobatbardosh 
    mutaxassislarni tayyorlashga alohida e’tibor berilgan. 
    Axborot-kutubxona tizimining yangi yo‘nalishda tashkil etili-
    shi aniq maqsad asosida ish olib borishni taqozo etmoqda. Bunday 
    ishlarni tashkil qilishda axborot-kutubxona mutaxassislari va ku-
    tubxonachilar yetakchi rol o‘ynaydi. 
    Shu o‘rinda, bo‘lajak mutaxassislarga ta’lim berishda axborot-
    kutubxona texnologiyasi fanining o‘rni beqiyosdir. 

    Download 17,68 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish