1. axbOrOt-KOMMuniKatsiOn




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/163
Sana02.02.2024
Hajmi17,68 Mb.
#150187
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   163
Bog'liq
Axborot-kutubxona texnologiyasi

7. 1. axbOrOt-KOMMuniKatsiOn 
texnOLOGiYaLarni Yanada 
rivOjLantirishda MaMaLaKatiMizda
OLib bOriLaYOtGan ishLar
Keyingi yillarda mamlakatimizda ommaviy axborot vositala-
rini rivojlantirish, fuqarolarning axborot olish sohasidagi huquq va 
erkinliklarini ta’minlash, sohaga ilg‘or zamonaviy kommunikatsi-
ya texnologiyalarini joriy etish borasida qator ishlar amalga oshi-
rildi va bu jarayon izchil davom ettirib kelinmoqda. Eng avvalo, 
bu borada yurtimizda mazkur sohani tartibga soluvchi mukammal 
qonunchilik bazasi yaratilganini alohida ta’kidlash joiz. 
hozirgi davrda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali 
uzatiladigan axborot jamiyat rivojining eng muhim shartlaridan biri 
bo‘lib qoldi. U ishlab chiqarish resursi, insonlar orasidagi aloqani 
ta’minlovchi qudratli vositaga aylandi. Shu bois davlat hokimiyati 
va boshqaruvi organlari, umuman, jamiyatning axborot uzatish te-
zligi hamda sifatiga bo‘lgan talablari kun sayin ortib bormoqda. 
hukumat tomonidan tele kommunikatsiya tizimlari va axborot 
texnologiyala rini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qator qonun huj-
jatlari va milliy dasturlar ishlab chiqilib, qabul qilindi va shu asosda 
faoliyat olib borilmoqda. 
Albatta, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo‘lgani kabi, 
axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi islohot-
larni muvaffaqiyatli amalga oshirish, o‘z navbatida, ushbu sohan-
ing huquqiy asoslarini shakllantirish va takomillashtirib borishni 
taqozo etadi. Shuning uchun ham mam lakatimizda mazkur sohada 
samarali huquqiy mexanizmni yaratishga muhim ahamiyat qara-
tilmoqda. Ushbu soha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari-
ning rivojla nish istiqbollarini hisobga olib, soha faoliyatini ta-
komillashtirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator me’yoriy-
huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda. 
Mamlakat parlamenti tomonidan axborot-kommu nikatsiya tex-
nologiyalarini yanada rivojlantirish, jamiyatni axborotlashtirish, 


122
123
shuningdek, axborot tizimlarida axborot xavfsizligi masalalarini 
tartibga soluvchi «Aloqa to‘g‘risida», «Telekommunikatsiyalar 
to‘g‘risida», «Ax borotlashtirish to‘g‘risi da», «Elektron raqamli 
imzo to‘g‘risida», «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida», «Elektron 
tijorat to‘g‘risida», «Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborot hi-
moyasi to‘g‘risida». «Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida»gi 
qonunlar qabul qilinib, axborot sohasini isloh qilish, ax borot va so‘z 
erkinligini ta’minlash borasidagi qonunchilik tashabbuslari ushbu 
sohada bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlarning 
uzviy davomi bo‘lib, axbo rot olishning erkin va teng huquqliligi-
ni ta’minlash, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida amalga 
oshirish, sohada bozor mexanizmlarini yanada takomillashtirish 
va axborot texnologiyalari ni keng joriy etishning mexanizmlarini 
yaratishni nazarda tutadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 23- fevral 2011- yildagi «2011–2015- yillarda Ax-
borot-kommunikatsiya texnologiyalari bazasida axborot-kutubxo-
na va axborot-resurs xizmatlari sifatini yanada oshirish to‘g‘risi-
da»gi PQ № 1487- sonli Qarori hozirgi kunda axborot-kutubxona 
faoliyatida keyingi 5 yillikda bosqichma-bosqich olib boriladigan 
zamonaviy kommunikatsion texnologiyalarni amaliyotga tatbiq 
etish ishlarini amalga oshirishni nazarda tutadi. 
Bu Qarorga muvofiq, elektron kutubxona tashkil etish, ax-borot-
resurs markazlarida elektron baza shaklidagi zallar tashkil etish, 
elektron fondlarni kengaytirish, malakali kadrlarni tayyorlash 
bosqichlari aniq raqamlar ostida berilgan. Jumladan, A. Navoiy 
nomidagi Milliy kutubxona, Aloqa va axborotlashtirish agentligi, 
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat ilmiy meditsina ku-
tubxonasi, Fanlar akademiyasi kutubxonasi, Toshkent axborot tex-
nologiyalari universiteti va San’at va madaniyat institutlari bazasi-
da tashkil etish rejalashtirilganligi qarorda alohida ilova qilinadi. 
Bu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respub-
lika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish 
to‘g‘risida»gi Qarorini bajarishning uzviy bosqichi bo‘lib hisobla-
nadi. 


124
125

Download 17,68 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   163




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish