eLeKtrOn hisObLash MashinaLari




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/163
Sana02.02.2024
Hajmi17,68 Mb.
#150187
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   163
Bog'liq
Axborot-kutubxona texnologiyasi

7. 2. eLeKtrOn hisObLash MashinaLari
va uLarninG tarixi
Axborot tizimlarida hisoblash mashinalari, ayniqsa, shaxsiy 
kompyuterlardan keng foydalanilishi yangi fan-texnika inqilobi-
ning boshlanishidan dalolat beradi. Bu esa axborotning maqsadli 
yo‘nalgan insoniyat faoliyatini ilmiy tashkil etish, nazorat qilish, 
boshqarish, amalga oshirish vositasi sifatidagi ahamiyati beqiyos 
o‘sganligi bilan tavsiflanadi. 
Shaxsiy kompyuterlar boshqa har qanday EhM turiga qaragan-
da yangi kompyuterli axborot texnologiyasiga o‘tishni ta’minlab, 
unga quyidagilar xosdir:
– foydalanuvchi bilan «do‘stona» axborotli, dasturli va texnik 
interfeys;
– axborotli jarayonlarni interaktiv (muloqotli) bajarish rejimi;
– yaxlit qilib birlashtirilgan ma’lumotlar bazasi asosida hamma 
jarayonlarni bevosita axborotli qo‘llab-quvvatlash;
– «qog‘ozsiz texnologiya». 
Elektron hisoblash mashinasi (EhM), kompyuter bu texnik 
vositalar majmuyi bo‘lib, u hisoblash va ma’lumotli masalalar-
ni yechish jarayonida axborotni avtomatik o‘zgartirish uchun 
mo‘ljallangan. 
EhMning funksional imkoniyatlari quyidagi muhim texnik-ish-
latish tavsiflari bilan o‘zaro bog‘langandir:
– birlik vaqt ichida mashina tomonidan bajariladigan amallar-
ning o‘rtacha miqdori bilan o‘lchanadigan tezkorliligi;
– EhM amallar bajaradigan sonlarning razryadliligi va tasvir-
lash shakllari;
– barcha xotirada saqlash qurilmalarining ro‘yxati, sig‘imi va 
tezkorliligi;
– ma’lumotlarning tashqi saqlash, almashish va kiritish-chiqa-
rish qurilmalari ro‘yxati va texnik-iqtisodiy tavsiflari;
– aloqa va EhM uzellari hamda o‘zaro ulanish qurilmalarining 
(mashina ichidagi interfeysi) tiplari va o‘tkazish qobiliyati;


124
125
– EhMning bir vaqtning o‘zida bir nechta foydalanuvchilar bi-
lan ishlash va bir vaqtning o‘zida bir nechta dasturlarni (ko‘p das-
turli) bajarish qobiliyati;
– mashinada ishlatiladigan operatsion tizimlarning tiplari va 
texnik-ishlatish tavsiflari;
– dasturli ta’minotning mavjudligi va funksional imkoniyatlari;
– boshqa tipdagi EhMlar uchun yozilgan dasturlarni bajarish 
qobi liyati (boshqa tipdagi EhMlar bilan dasturli bir-biriga mos-
ligi);
– mashina buyruqlari tizimi va strukturasi;
– aloqa kanallariga va hisoblash tarmoqlariga ulanish imkoni-
yati;
– EhMni ishlatish ishonchligi;
– vaqt bo‘yicha EHMning foydali ish koeffitsiyenti. Bu vaqt 
foydali ish vaqti va profilaktika vaqtining nisbati bilan aniqlanadi. 
EhM yaratilish bosqichlari va ishlatilayotgan element bazasi 
bo‘yicha shartli ravishda avlodlarga bo‘linadi:
– 1- avlod (50- yillar): elektron vakuumli lampalardagi EhM;
– 2- avlod (60- yillar): diskret yarimo‘tkazgichli asboblardagi 
(tranzistorlardagi) EhM;
– 3- avlod (70- yillar): kichik va o‘rtacha darajali zichlikdagi 
(bitta korpusda yuzlab-minglab tranzistorlar) yarimo‘tkazgichli in-
tegral sxemalardagi EhM (integral sxema – maxsus vazifali elek-
tron sxema bo‘lib, u bir butun yarimo‘tkazgichli kristall ko‘rinishida 
bajarilgan bo‘lib, bu kristall ko‘p sonli diodlar va tranzistorlarni 
birlashtiradi);
– 4- avlod (80- yillar): katta va o‘ta katta integral sxemalarda 
– mikroprotsessorlarda EhM (bitta kristallda o‘n ming-millionlab 
tranzistorlar);
– 5- avlod (90-yillar): bilimlarni ishlab chiqadigan samarali 
tizimlarni ko‘rishga imkon beradigan o‘nlab parallel ishlaydigan 
mikroprotsessorlardagi EhM; parallel-vektor strukturali o‘ta mu-
rakkab mikroprotsessor lardagi EhM. Ular bir vaqtning o‘zida das-
turning o‘nlab ketma-ket ko‘rsatmalarini bajaradi;


126
127
– 6- va undan keyingi avlod: ommaviy parallelizmli va «neyron» 
strukturali optoelektron EhM – neyronli biologik tizimlarning arxi-
tekturasini modellashtiruvchi ko‘p sonli (o‘n minglab) murak kab 
bo‘lmagan mikroprotsessorlarning taqsimlangan tarmoqli EhM. 
har bir keyingi avlod EhM o‘zidan oldingisiga nisbatan jiddiy 
yaxshilangan tavsiflarga egadir. EHM va barcha xotirada saqlash 
qurilmalarining unumdorligi, odatda, bir tartibdan yuqoriroq ortadi. 
O‘lchamlari va funksional imkoniyatlari bo‘yicha EhMlar-
ni quyidagicha bo‘lishi mumkin: o‘ta katta (super EhM), katta, 
kichik, o‘ta kichik (mikro EhM). 
Aytib o‘tilgan sinflar bo‘yicha zamonaviy EHMlarining ba’zi 
tav siflari quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan. 

Download 17,68 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   163




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish