|
Ommaviy tadbirni tayyorlash va o‘tkazish metodikasi
|
bet | 20/33 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 0,57 Mb. | | #126639 |
Bog'liq ААМ ва Х сиртқи услубий кўрсатма (1)
Muhokamalar natijasida yaratilgan jadvallarni o‘qituvchi o‘zining asosiy jadvalida umumlashtiradi. Shu asosda, umumiy muhokama tashkil etiladi. Natijada talabada ommaviy tadbirni tayyorlash va o‘tkazish metodikasi bo‘yicha tushunchalar hosil bo‘ladi. Amaliy faoliyat davomida axborot kutubxona muassasalarida ommaviy tadbirlarni turli metodikalar asosida o‘tkazish ko‘nikmalari shakllanadi.
Topshiriq
Maktab kutubxonalarida o‘tkaziladigan ommaviy tadbir ssenarisini tuzish
Axborot resurs markazida mavzuli kitob ko‘rgazmalarini tayyorlash
Bir asar bo‘yicha o‘tkaziladigan konferensiyalar tayyorlash
Bir mavzuga oid tematik konferensiyalar tayyorlash
Bir janrga oid kitobxonlar konferensiyasi tayyorlash
Bir muallif ijodiga bag‘ishlangan konferensiyalar tayyorlash
Jurnallar bo‘yicha o‘tkaziladigan konferensiyalar tayyorlash
Talabalar bilimni baholash mezonalari: topshiriq bajarilgach 5 daqiqa davomida guruhlar biri birining ishini muhokama etadi. Natiajada ularda kasbiy kompetensiya hosil bo‘ladi. O‘qituvchi talabalarda nazariy bilimni o‘zlashtirish va amaliy topshiriqni bajarishdagi tirishqoqligi bo‘yicha baholaydi.
Topshiriqni natijasi: talabaning ommaviy tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazish metodikasi asosida tadbir rejasini tuzadi. Amaliy mashg‘ulot auditoriyada guruxlararo talaba tomonidan tashkil qilinadigan tadbir rejasi muxokama qilinadi.
|
| |