|
Axborot kutubxona tizimlari
|
bet | 18/33 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 0,57 Mb. | | #126639 |
Bog'liq ААМ ва Х сиртқи услубий кўрсатма (1)Xisobot shakli
Talaba amaliy ishni Hemis OTM axborot tizimiga belgilangan vaqtgacha yuklaydi.
Nazorat savollari
1.Faktografik ma’lumotlar bazasi deganda nimani tushunasiz?
2.Axborot maxsulotlari va xizmatlarini yaratish metodikasi xaqida tushuncha bering?
3. Faktografik ma’lumot olingan manbaga analitik tavsif berish jarayonidagi tavsif sxemasi qoidasiga izox bering
Topshiriqni bajarishda foydalangan adabiyotlar ro‘yxati
Брежнева В.В., Минкина В.А. Информационное обслуживание: продукты и услуги, предоставляемые библиотеками и службами информации предприятий/ В.В.Брежнева, В.А.Минкина; СПбГУКИ. –СПб.: Профессия, 2004 См. Учебник. Приложение 8.
3-amaliy ish:
Axborot xizmatini ommaviy shakllari
(Ommaviy tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazish metodikasi).
Isning maqsadi: Talaba tomonidan axborot kutubxona muassasalarida ommaviy tadbirlarni o‘tkazish va tayyorlash ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.
Nazariy qism
Axborot kutubxona muassasalarida, AKM va ARMlarda kitobni targ‘ib qilish, kitobxonlarni kutubxonaga jalb etish, hamda ularni adabiyot va san’at vakillarining hayoti va ijodi bilan tanishtirish, muhim va unutilmas sanalar, davrning dolzarb ahamiyat kasb etgan voqea-hodisalari munosabati bilan ko‘pgina ommaviy tadbirlar o‘tkaziladi.
Kutubxonalarda adabiyotlarni targ‘ib etishda ommaviy usullar – ko‘rgazmali, og‘zaki va kompleks usullar qo‘llaniladi. Ular mazmuni, nashr xususiyati va boshqa xususiyatlarga ko‘ra kitob ko‘rgazmalari, kutubxona plakatlari, og‘zaki jurnallar, kitobxonlar konferensiyasi, adabiy-tematik, she’riyat, savol-javob, munozara, uchrashuv kechalari va boshqa tadbirlardan iborat bo‘lishi mumkin.
Ommaviy tadbirlarning afzallik tomoni shundaki, ushbu tadbirlar kitobxonlarning umumiy qiziqishlarini tezda qondirish imkoniyatini beradi. O‘tkaziladigan har qanday ommaviy tadbir avvaldan puxta tayyorgarlik ko‘rilgandagina samara beradi, ta’sirchan bo‘ladi va aniq maqsadga xizmat qiladi. Natijada kitobxonlar soni oshadi, mavzu bo‘yicha kitob o‘qilishi darajasi ko‘tariladi, yangi qiziqishlar paydo bo‘ladi. Kutubxonaga va tadbirlarga munosabat o‘zgaradi. Ommaviy tadbirda texnika vositalarini qo‘llash, ijtimoiy, siyosiy tashkilotlar, OAVlari bilan hamkorlik qilish, uning sifat va darajasini ko‘taradi, ommaviylik xususiyatini oshiradi.
Tadbirlarni o‘tkazayotgan mutaxassislar shuni unutmasliklari kerakki, har qanday tadbirda kitob o‘qishni targ‘ib etish birlamchi o‘rinda bo‘lishi lozim.
|
| |