Axborot kutubxona tizimlari




Download 0,57 Mb.
bet2/33
Sana22.12.2023
Hajmi0,57 Mb.
#126639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
ААМ ва Х сиртқи услубий кўрсатма (1)

Fanning vazifasi – talabalarga axborotlarning analitik mahsulotlari va xizmatining asosiy tushunchalari, axborotlarning analitik mahsulot yaratishning asosiy nazariy bilim asoslarini o‘rgatish, axborotlarning analitik mahsulotlari ustida tajriba (eksperiment) ishlarini o‘tkazish, olingan natijalarni tahlil qilish asosida xizmat ko‘rsatish, foydalanish, ta’mirlash va xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish kabilarni o‘rgatishdan iborat.
“Axborotlarning analitik mahsuloti va xizmati” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr:
- axborotlarning analitik mahsulotlari va xizmati masalalarini uning maqsadi va dolzarbligi; xususiyatlari hamda tizimlarni o‘rganish va tavsiflash usullari; axborotlarning analitik mahsulotlarini ishlab chiqish va uni guruhlashtirish usullari; tajriba o‘tkazish va natijalarni qayta ishlash usullarini bilishi kerak;
-talaba axborotlarning analitik mahsulotlarini tashkil etish, xizmat ko‘rsatish omillarini o‘rganish bo‘yicha malumotlarni tayyorlash, hujjatli, bibliografik, faktografik, kompleks axborot mahsulotlarini tashkil etish, mahsulotlarni tarkibiga va mazmuniga, boshqa xususiyatlariga ko‘ra identifikatsiyalash, tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;.
-talaba axborotlarning analitik mahsulotlari va xizmatida tizimli tahlil qilish, axborotga bo‘lgan talablarni tahlilqilish, axborot talabgorlari bilan ishlash, axborotlarning analitik mahsulotlari dasturiy va texnik vositalarini ishlata bilish, tajribada olingan natijalarni qayta ishlash va tahlil etish, axborotlarning analitik mahsulotlari va xizmati usullaridan samarali foydalanish malakalariga ega bo‘lishi kerak.

Talabalar “Axborotlarning analitik mahsuloti va xizmati” fanini samarali o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, taqdimotlar, tarqatma materiallar, elektron materiallar namunaviy vertual stendlar, dasturiy ta’minotlar, tarmoqqa birlashtirilgan shaxsiy elektron hisoblash mashinalaridan foydalanadilar. Ma’ruza va amaliy darslarida masalalarga mos ravishda ilg‘or pedogogik texnologiyalardan foydalaniladi.


Bu fan o‘qitilgandan so‘ng talaba quyidagilarni bajara oladi:
- axborotlarning analitik mahsulotlari va xizmati masalasining qo‘yilishini shakllantirish;
- bilish va boshqarish jarayonlarida axborotlarning analitik mahsulotlari va xizmati texnologiyasidan foydalana olish;
- axborotlarning analitik mahsulotlari va xizmati uchun dastlabki ma’lumotlarni to‘plash, tahlil etish, zaruriy ko‘rinishda shakllantirish;
- axborotlarning analitik mahsulotlari tizimini qurish va uning yechimini topish usulini yaratish;
- axborotlarning analitik mahsulotlarini yaratish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha dastur tuzish;
- axborotlarning analitik mahsulotlari va xizmati tajriba ishlarini o‘tkazish va natijalarni tahlil qilish;
- ob’yekt (tizim, voqeilik va h.k.) bilan axborotlarning analitik mahsulotlari va xizmati bilan model orasida mos kelishlikni (adekvatlikni) tekshirish va sozlash protseduralarini o‘rganish;
- shaxsiy elektron xisoblash mashinalarida dasturlash natijalarini tahlil etish va zaruriy yechim qabul qilishni.


Download 0,57 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Download 0,57 Mb.