• 2-ma’ruza: Xujjatlar oqimining o‘ziga xosligi. Axborotga analitik-sintetik ishlov berish imkoniyatlari
  • Axborot kutubxona tizimlari




    Download 0.57 Mb.
    bet4/33
    Sana22.12.2023
    Hajmi0.57 Mb.
    #126639
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
    Bog'liq
    ААМ ва Х сиртқи услубий кўрсатма (1)
    мустақил иш, МУСТАҚИЛ ИШ КЎРСАТМА, ААМ ва Х сиртқи услубий кўрсатма (5), ААМ ва Х сиртқи услубий кўрсатма, Kitobxonlarda o‘qish madaniyatini tarbiyalashning maqsad va vazi, SKA 060-19 guruh talabasi Djiyanova Zulfiya Ravshan qizi, Kutubxona qo\'llanmasi, Nomli toshkent davlat pedagogika universiteti, Axborot – kutubxona muassasalarida o’tkaziladigan ommaviy tadbir-fayllar.org, SKA 062-19 guruh talabasi XODJAKULOVA RUSHANA NABIJONOVNA, Mavzu Rahbar faoliyatining, Aliqulova Marjona Ravshanbek qizi 060-19, 060-19 Qodirov Tajimurod Xudoyberdiyevich, 1507561542 69163
    Nazorat savollari

    1. GOST 7.0-99 standarti hakida ma’lumot bering

    2. Axborot maxsuloti va xizmati fanining maыsad vazifalari nimalardan iborat.

    3. Foydalanuvchi qiziqishini o‘rganishning necha xil usullari mavjud

    4. Foydalanuvchilarga axborot yetkazish ыanday jarayonlarni o‘z ichiga oladi.



    2-ma’ruza: Xujjatlar oqimining o‘ziga xosligi. Axborotga analitik-sintetik ishlov berish imkoniyatlari

    Axborot-kutubxona faoliyatini intellektualizatsiyalashtirish, katta xajmdagi har xil ma’lumotlarni analitik qayta ishlash natijasida yaratiladigan yangi axborot maxsulotlarini turlari, xujjatlar oqimini shakllantirish va rivojlantirishning o‘ziga xos tomonlarini tadqiqot etilishiga ko‘ra amalga oshmoqda.


    Xujjatlar oqimi –bu jamiyatda faoliyat ko‘rsatuvchi birlamchi xujjatlarni barchasidir. Xujjatli fond, ma’lumotlar bazasi kabi tushunchalardan farqli o‘laroq, “oqim” tushunchasi mavxum tushunchadir. Uni aniqlash va taxlil qilish jarayonidagina u foydalanish uchun yaraydi.
    Agar kitob va maqolalarda qayd etilgan, dissertatsiyalar va ilmiy-tadqiqot ishlari xisobotlaridagi adabiyotlar ro‘yhatlari o‘rganilsa, bunda sitata keltirilgan adabiyotlar oqimi aniqlanadi. Shuni qayd etish kerakki, qatnovni aniqlovchi xisobga olish qurilmalari, elektron xujjatga murojaat qilinish darajasini o‘rganish imkonini beradi. Faqa bu kompyuter tarmog‘i orqali amalga oshirish mumkin.
    Kitobxonlar so‘rovi monitoringini o‘tkazilayotganda, foydalanilgan adabiyotlar oqim tahlil qilinadi. Nashriyotchilar va kitob tarqatuvchilar esa turli fuqorolar guruxlari tomonidan sotib olingan adabiyotlar oqimini o‘rganadilar.
    Axborot xizmati ko‘rsatish va ta’minlash amaliyotida ko‘proq aniq xujjatlar oqimiga murojaat qilinadi. Murakkab xolatlardagi qidiruvlarda bibliograflar zarur axborotlarni kitobxonga ma’lum bo‘lgan adabiyotlardan, ya’niy sitata keltirilgan adabiyotlar ro‘yhati orqali aniqlashga xarakat qiladilar. Aniq, sitata keltirilgan va foydalanilgan adabiyotlar oqimlarini barchasi bibliografik, ijtimoiy-fanshunoslik, tarixiy, istiqbollik va boshqa tadqiqotlar o‘tkazishda foydalaniladi.
    Xujjatli oqimlarni tahlil qilish metodlaridan foydalanishni bilishlik quyidagilarni aniqlash imkonini beradi:
    -kitobxon uchun zarur bo‘lgan aniq ijtimoiy axborot;
    -eng dolzarb va nufuzli materiallarni;
    -soxa yoki muammolarni axborot bilan ta’minlanish darajasini;
    -ilmiy-amaliy faoliyatni turli sohalarini yo‘nalishlari va rivojlanish darajalarini.
    -soxalar va muammolar o‘rtasidagi integrativ aloqalarni.
    Axborot-kutubxona faoliyati davomida ko‘pincha mavzuli, tur-shakl, geografik, tili, nashriyotchilik, tashkiliy –firmali va mualliflik tuzilmalari oqimlari ko‘riladi. Ko‘pchilik xolatlarda yetakchi, asosiy belgi sifatida xujjatni mavzuli yoki tarmoqqa mansubligi tanlanadi. Bu kitobxonlik so‘rovlarini ko‘pincha ma’lum bir soha bo‘yicha bilimlarga taalluqliligi bilan izoxlanadi.
    Shunga ko‘ra soha oqimi yoki bir-biriga bog‘langan, soxalararo mavzudagi xujjatlar oqimi ajratiladi. Keyin esa tarmoq yoki mavzu yo‘nalishida boshqa barcha tuzilmalar, avvalo tur-shakl, geografik, mualliflik taxlil qilinadi.
    Ko‘pgina axborot-kutubxona faoliyatining texnologik jarayonlari qandaydir boshlang‘ich ma’lumotlarni analitik-sintetik qayta ishlashni amalaga oshirishni taqozo etadi. Analitik-sintetik qayta ishlov berish jarayoni ikkita bir-biriga bog‘langan opreratsiyalarni o‘z ichiga oladi: ma’lumotlarni tahlil qilish va sintezlashni, ya’niy ular asosida yangi axborot mahsulotini yaratishni. Ma’lumki, tahlil qanchalik chuqur va ko‘p aspektli bo‘lsa, natijada intellktul axborot mahsuloti yaratishga imkoniyatlar yaratiladi. Bunday mahsulotlar qayta ishlov berilgan xujjatlari mazmunini emas, balki ushbu xujjatlar bag‘ishlangan predmet sohasini xolatini xarakterlab beradi.
    Axborot-kutubxona faoliyatini intellektualizatsiya qilish konsepsiyasi, uni keyingi rivojlantirishning muxim tendensiyasi sifatida ikkita muxim qoidaga asoslanadi. Birinchidan, foydalanuvchilar uchun eng komfortli bo‘lgan intellektual mahsulotga bo‘lgan talabni ortib borishiga. Ikkinchidan esa, intellektual mahsulotni yaratish jarayonlarini aniq bajarishlikni ta’minlovchi axborotlashtirish fanining yutuqlariga bog‘liqdir. Bunday ilmiy yutuqlarga erishish quyidagi ko‘plab xodisa va jarayonlarni o‘rganishni taqqozo qiladi:

    • ijtimoiy axborotga bo‘lgan xususiyatlar, avvalom bor o‘xshash bo‘lmagan va kumulyativ, ya’niy axborotni ixchamlashtirish xususiyatlarini;

    • xujjatlar oqimini rivojlanish qonuniyatlarini va ularni aniqlash imkoniyatlariga ko‘ra ilmiy-amaliy faoliyatni holatiga baxo berish.

    • har qanday g‘oyani rivojlantirish, so‘ngra bu g‘oyalarni qanday amalga oshirish ob’ektlariga “xujjatli ishlov berish”, aloxida matnlardagi axborotlarni to‘ldirgan xolda ularni obro‘sizlantirilishini yengib o‘tish va aniq ma’lumotlar dunyosini yaratish.

    • barcha elektron resurslarni mo‘ljallagan xolda axborot qidirishni yangi imkoniyatlarini qidirish.

    -axborotni tahlil va sintez qiluvchi turli metodlarni imkoniyatlarini qidirish.
    Analitik-sintetik jarayonlarni qayta ishlash hamma vaqt qisqartirish, ya’niy boshlang‘ich ma’lumotlarni xajmini kamaytirish amalga oshiriladi Lekin axborot berishni imkoniyalar ortib boradi. Har bir aloxida xujjatga predmet rubrikasi qo‘yiladi. Bunda matndagi ma’lumotlarni mazmuni bir nechta kalit tushunchalar orqali ochib beriladi. Keyin bu xujjat qidiruv tizimi tarkibiga kiradi va predmet rubrikasi orqali shu mavzudagi boshqa xujjatlar bilan aloqaga kiradi. Bunday aloqalar xujjat matnida bo‘lmaydi. Ular axborot oqimidagi uni o‘rinini topishi natijasida paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham analitik –sintetik qayta ishlashda aloxida ma’lumotlarga emas, balki xujjatli “ilov berish” qandaydir g‘oyalarni, ob’ektlarni, muammolarni rivojlantirishda qo‘llaniladi va natijada intellektual axborot maxsulotlari yaratishga imkoniyatlar yaratiladi.

    Download 0.57 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




    Download 0.57 Mb.