• Reklama varaqalari
  • Bibliografik ro‘yxatlar
  • Nazorat savollari
  • 5-ma’ruza: Kutubxonachilik xizmati ko‘rsatish usullari: a’zo bo‘lish, o‘quv zali, elektron xujjatlardan foydalanish, to‘la matnli elektron xujjatlarga onlayn tarzda kirish
  • Axborot kutubxona tizimlari




    Download 0,57 Mb.
    bet9/33
    Sana22.12.2023
    Hajmi0,57 Mb.
    #126639
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
    Bog'liq
    ААМ ва Х сиртқи услубий кўрсатма (1)

    Kitob ko‘rgazmalari – bu kutubxonada va undan tashqarida ham tashkil etilishi mumkin bo‘lgan reklama usulidir. Reklamani bu turi ko‘prok jamoat joylarida tashkil etiladi, biron bir mavzuga, sanaga yoki shaxsga bag`ishlangan bo‘lishi mumkin.
    Bukletlar – maxsus nashr hisoblanib, ular biror firma yoki tashkilotlarga bag`ishlangan alohida nashr turidir. Mazkur nashr turida reklama matnlari bilan bir qatorda fotosuratlar, reklama qilinayotgan kutubxona yoki tashkilotning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, qisqacha tarixi, homiylari, istiqbol rejalari aks etadi. Rivojlangan mamlakatlarda bukletlardan reklama maqsadida foydalanish tadbirkor kishilarning asosiy vositalariga aylangan.
    Reklama varaqalari- ular odatda bir varaqqog`ozga, bir xil rangda yoki tasvirli qog`ozlarga tushiriladi. Unda faqat matn materiallari va tasviriy materiallar berilishi mumkin. Bu usuldan ko‘proq ko‘rgazma, yarmarka, kinofestivallar o‘tkazilganda tomoshabinlarni diqqatini tortish maqsadida foydalaniladi.
    Bibliografik ro‘yxatlar- ma’lum bir sohalarga, mavzularga yoki kitobxonlar guruhining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tuziladi.
    Yuqorida qayd etib o‘tilgan barcha reklama usullarida kutubxonadagi mavjud xizmatlar, intellektual mahsulotlar, kutubxonaning resurslari va potentsial imkoniyatlari ham targ`ib qilinishi shart.
    Nazorat savollari
    1.Reklama nima?
    2.Kutubxonaning intellektual mahsulotlari va xizmatlarini nufuzini oshirish deganda nimani tushunasiz?
    3.Kutubxona xizmatlari nufuzini oshirishning asosiy vazifalarini bilasizmi?
    4.Kutubxona reklamasi funktsiyasiga nima kiradi?
    5.Kutubxona reklamasining o‘ziga xosligi nimadan iborat?
    6.“Reklama to‘g`risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qachon qabul qilingan va u o‘z oldiga qanday vazifalarni qo‘ygan?

    5-ma’ruza: Kutubxonachilik xizmati ko‘rsatish usullari: a’zo bo‘lish, o‘quv zali, elektron xujjatlardan foydalanish, to‘la matnli elektron xujjatlarga onlayn tarzda kirish

    Kutubxonachilik xizmati ko‘rsatish- ya’niy hujjatli xizmat ko‘rsatish- bu foydalanuvchiga axborotni tashuvchi materialning turidan qatiy nazar xujjatlar matnini to‘liq yetkazishdir. Bu usul kutubxonalar va axborot xizmati uchun an’anaviy va majburiy bo‘lgan.


    Hozirda ham hujjatli xizmat ko‘rsatish o‘zini yetakchi mavqiyni yo‘qotmagan va katta potensial imkoniyatlarga ega. Bu holni shunday izohlash mumkin: doimiy ravishda foydalanuvchilarni birinchi manba matniga bo‘lgan talablari hoh u sevimli muallifni romani bo‘lsin, xox darslik. Darsliksiz imtihon topshirib bo‘lmaydi, yoki davlat standartisiz maxsulotni ishlab chiqib bo‘lmaydi. Lekin ilgari kitob do‘konlari, kutubxona va axborot xizmatlari yagona axborotga bo‘lgan talablarni qondiruvchi tashkilotlar bo‘lgan bo‘lsa, endilikda axborot xizmatlari bozorida tijorat tashkilotlari va boshqalar bilan raqobat qilishi shu bilan birga bir-birlari bilan raqobat qilishga majburlar.
    Hujjatli xizmat ko‘rsatish doirasida an’anaviy usullar saqlanib qolgan, masalan: hujjatni uyga va undan o‘quv zalida foydalanish uchun berish. Lekin keyingi o‘n yillikda bu usullar yangi axborot texnologiyalarini ta’siri ostida va foydalanuvchilarni o‘sib borayotgan talablari ostida jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda.
    Xujjatli xizmat ko‘rsatishga bo‘lgan foydalanuvchilarni talablarini oshib borishi resurs bazalarini va xizmat ko‘rsatish komfortiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu munosabat bilan elektron-hujjatli servis termini tez-tez ishlatilmoqda.
    Xujjatli xizmat ko‘rsatishning resurs bazasi jiddiy sifat o‘zgarishlarini boshidan kechirdi. Kutubxona va axborot xizmati muassasalari o‘zlarini fondari va axborot-qidiruv apparati (AQA)dan tashqari boshqa resurslar, shu jumladan elektron resurslarga ham murojaat qilmoqdalar.
    Hozirgi kunda hujjatli xizmat ko‘rsatishda to‘liq matnli hujjatni elektron shaklidan foydalanishsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Buning uchun bir qancha yo‘llar mavjud:

    • moddiylashtirilgan elektron tashuvchilarga o‘tkazilgan (disketlar, CD-ROM DVD) elektron hujjatlarni olish;

    • o‘z fondini otsifrovka ( elektron shaklga o‘tkazish) qilish va unga tarmoq rejimida kirish, shuningdek axborotni elektron tashuvchilarga o‘tkazish;

    • Internet tarmog‘iga joylashtirilgan to‘liq matnli elektron hujjatlarga va on-line rejimiga kirishni tashkil etish.

    Keyingi yo‘nalish ko‘proq rivojlanib bormoqda. Aytib o‘tish lozimki, Internet resursi bu ko‘p ma’noli tushunchadir. Uning tarkibiy tuzilishida ma’lum bir belgilangan shartlarga bo‘yicha kirish tartibi qo‘llaniladigan nufuzli “nashrlar” ning to‘lik matnli ma’lumot bazalarini, shuningdek turli web-resurslardagi hujjatlar: alohida maqolalar, kitoblarni ( mualliflik huquqlarini buzuvchi) ko‘rish mumkin.
    Kutubxonalar “ rasmiy”, qonuniy yo‘l orqali o‘z foydalanuvchilariga nashriyot bazalaridan foydalanishga kirishni tashkil etadi. Lekin bu yo‘lda bir qancha tashkiliy, moliyaviy va boshqa masalalarini hal etish zaruriyatlari paydo bo‘lmoqdaki, ularni hal etishga alohida kutubxonaninig kuchi yetmaydi. Shuning uchun butun dunyoda kutubxonalar konsorsiumi- kutubxonalarni bir yoki bir qancha masalalarni hal etish uchun birlashishi tendensiyasi kuchaymoqda.
    Kutubxonani elektron manbalardan foydalanishi odatda lizenziyada mustaxkamlangan,bu kutubxona va tarqatuvchi yoki nashr etuvchi orasidaga shartnomadir. Bu xujjatda elketron manbadan ko‘pchilik foydalanishi va uzoqlashtirilgan mijozlarni kirishi kabi muxim masalalarni inobatga olish zarur. Oxirgi sharoit ilmiy uyushma uchun juda xam muximdir. Uyushma ishchilari elektron manbadan doimiy ravishda o‘z bo‘limlarida, uy kompyutori yoki xizmat safarlarida parolga kirish imkoniyatlariga ega bo‘lishlari darkor.
    Kutubxonalar avvaldan Internetga manba olish uchun murojat etganlar xaqida statistika ma’lumotlarini olib turishlari lozim. Bu ma’lumotni qoidaga ko‘ra tarqatuvchi yoki nashr etuvchilar ma’lumotlar bazasi narxi ichiga kiruvchi xizmati ichiga kiradi. Boshqa tarafdan bu ma’lumotlarni kutubxona mustaqil ravishda uzining serverida ma’lumotlar statistikasi tizimini yaratish orqali olishi mumkin.
    Foydalanuvchilar ko‘rsatkichlariga ichiga kiradi: ma’lumotlar bazasiga yakka kiruvchilar miqdori va ko‘rilgan betlar; Xafta kunlari va soatlari bo‘yicha aniq vaqt ichida ma’lumotlar bazasini intensiv darajada foydalanishi; ma’lumotlar bazasidan foydalanilgan kompyuterlarning adreslari va.x.z. Bu ma’lumotlar qanday va kimlar tomonidan elektron manbalardan foydalanilmoqdaligini aniqlashga yordam beradi. Aniq bir ma’lumotlar bazasiga kiruvchilar miqdorini ma’lum bir davr orasida aniqlab, raxbariyat obunani uzaytirish masalasi xaqida o‘ylashlariga imkoniyat yaratiladi.
    Xizmat ko‘rsatish sharoitlarini yaxshilash tendensiyasi kuchayib bormoqda. Zamonaviy foydalanuvchi manba matnidan vaqtinchalik emas, balki, doimiy foydalanishni xoxlaydi. Axborat uyushmalari kserokopiya, skaynerlash va xujjatlarni raqamli nusxalarini ko‘paytirish kabi serviz xizmatlarini kengaytirmoqdalar. Xozirda kutubxonalarning uquv zallariga qatnovchilarda ko‘chma yoki cho‘ntak kompyuterlarni ko‘rishimiz mumkin. Bu xolat an’anaviy xoldagi “qo‘lda ko‘chirish” enda foydalanuvchilarni qoniqtirmayapdi. Lekin, noutbuki xali yetarlicha tarqalmagan, ulardan foydalanish uchun xam qoidaga ko‘ra kerakli xujjatni tasdiqlash lozimdir. Shuning uchun kutubxonalarda kompyuterlarni yakka xolda arendaga berish xizmatini ham yo‘lga qo‘yish lozim.
    Zamonaviy xayotimizda vaqti tejash muxim tendensiya sifatida rivojlanmoqda. Axborat xizmatidan foydalanuvchi vaqtini tejashi mumkin: ma’lum bir adabiyotga buyurtmani telefon yoki elektron pochta orqali berish, adabiyotdan foydalanish vaqtini cho‘zish,buyurtmani yetkazib berishni elektron xujjat tarziga keltirish va boshqa xizmat ko‘rsatishini texnologik jarayonlari.
    Nostatsionar xizmat ko‘rsatish xam foydalanuvchilar va filial uyushmalarida o‘z muhimligini yo‘qotgani yo‘q. Xizmat ko‘rsatishni bu turi axborot manbasini ish joyiga yoki yashash joyiga yetkazib berishga qaratilgan.
    Shular bilan bir qatorda boshqa xizmat ko‘rsatish xam kengaymoqda-kanselyar maxsulotlarini sotish: kafe va dam olish zonalarini uyushtirish.
    O‘quv zalida xizmat ko‘rsatish foydalanuvchini mavjud bo‘lishini ta’minlashi kerak. Shu tufayli aloqa zona”lari, ya’ni foydalanuvchi va xodim o‘rtasida xarakat bo‘ladigan xona va madaniyatli munosabat o‘rnatilishi darkor.

    Download 0,57 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




    Download 0,57 Mb.