Axborot kutubxona tizimlari




Download 0,57 Mb.
bet10/33
Sana22.12.2023
Hajmi0,57 Mb.
#126639
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33
Bog'liq
ААМ ва Х сиртқи услубий кўрсатма (1)

Nazorat savollari

  1. Kutubxonachilik xizmati ko‘rsatish usullari haqida ma’lumot bering

  2. Foydalanuvchilarni talabini organgan holda xizmat korsatish haqida ma’lumot bering



6-ma’ruza : Bibliografik mahsulotlar va xizmatlar: vertual servis, bibliografik va annatatsiyali nashrlar, to‘plamlar, esselar, elektron kataloglar
Bibliografik maxsulotlar va bibliografik so‘rovlarni bajarish, hujjatli xizmat ko‘rsatish kabi kutubxonalarni an’anaviy yo‘nalishlari xisoblanadi. Ko‘plab mutaxisslar ishlarida bibliografik xizmat ko‘rsatish texnologiyalari haqida .batafsil fikrlar bildirilgan.
Axborot servizining ushbu shakli “tayyor” bibliografik maxsulotlarga va “o‘zini” shaxsiy bazasiga tayanadi. O‘z shaxsiy bazasi deganda elektron kataloglar, mavzuli ma’lumotlar, e’lon qilingan va e’lon qilinmagan xujjatlar ro‘yhati, bibliografik ko‘rsatkichlar va muammoli-yo‘naltiruvchi ma’lumot bazalari tushuniladi.
Kutubxona va axborot xizmati organlarining “o‘zini“ bibliografik maxsulotlarini rolini o‘zgarishi, xizmat ko‘rsatishni rivojlanishini birinchi tendensiyasi bilan bog‘liq. Bibliografik qo‘llanma toboro axborot xizmati sohasidagi mutaxassislarni yakuniy ishi emas, balki oraliqdagi ishga aylanib bormoqda. Buni taqdim etilayotgan xizmatlarga bo‘lgan foydalanuvchilar tomonidan komortga bo‘lgan oshib borayotgan talablar bilan izohlasa bo‘ladi. Bu talablarni bajarishga xarakat qilayotgan kutubxona va axborot xizmati xodimlari, bibliografik qidiruv jrayonida mavzuli ro‘yhatlar, kartotekalar, bibliografik ma’lumotlar bazasini yaratmoqdalar. Keyinchalik shu bazalardan foydalanib mavzuli to‘plamlar, daydjestlar, faktografik ma’lumotnomalar, analitik obzorlar tayyorlanmoqda va foydalanuvchilarga taqdim etilmoqda.
Bibliografik qo‘llanmalar adabiyotlar ko‘rgazmalari, mutaxassis kunlari va boshqa tadbirlarni tayyorlashdagi oraliq ishga aylanib bormoqda.
Ikkinchi yo‘nalish bibliografik qidiruv va qo‘llanma tayyorlashda axborot texnologiyalaridan keng foydalanish bilan bog‘langan. Jamiyatning axborot resurslariga tayangan holda adabiyotlarni topish imkoniyatlari paydo bo‘lmoqda. Bibliografik qidiruv natijalarithni foydalanuvchilarna elektron shaklda yetkazish imkoniyatlari paydo bo‘lmoqda. Bu esa xujjatlarni ko‘p aspektli mazmunini ta’minlaydi: to‘ldirib borilishini, foydalanuvchilarni talablariga ko‘ra yakka ma’lumot bazalarini faollashuvini, axborotlarni ish joyiga yoki yashash joyiga yuborish orqali xizmat ko‘rsatishni.
Uchinchi tendensiyani intellektlashuv deb atash mumkin.
Chunki bibliografik xizmat ko‘rsatish jarayonlarini murakkablashuvi- umumiy qonuniyatlarni – umuman axborot faoliyatini intellektlashuvi keltirib chiqarmoqda. Haqiqatdan ham axborot texnologiyalarini qo‘llanilishi, uzoq joylardagi foydalanuvchilar bilan on-line rejimida ishlash, bibliografik maxsulotlarni oraliq ishlarga o‘tkazish va aniqlangan . ma’lumotlarga analitik qayta ishlab berish – bularni bari axborot sohasi mutaxassislarini kasbiy bilimlari va malakalarini kengaytirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Yuqorida nomlangan tendensiya bir marotabalik va joriy xizmat ko‘rsatish ishlarida turlicha namoyon bo‘ladi. Bir marotabalik bibliografik so‘rovlarni bajarishda asosiy e’tibor komplek ravishda xujjatlarni muammoli-mo‘ljalli yoritishga, ularni sifatlt tanlashga, matnli xabarlarni mazmunini va qandaydir muammoni xolatini umumlashtirilgan xolda berishga qaratiladi.
Adabiyotlarni retrospektiv muammoli-mo‘lljali ko‘rsatkichlari yoki ma’lumot bazalari, ko‘plab soha mutaxassislari tomonidan o‘rganilayotgan dolzarb tadqiqot yo‘nalishi va ishlab chiqarishlar paydo bo‘lganda tuziladi.Bunday axborotlar katta miqdordagi manbalarni to‘plash asosida paydo bo‘ladi.
Joriy xizmat ko‘rsatishda axborot xizmatini intellektlashuvida foydalanuvchilarni kasblari bo‘yicha talablarini oldindan bilishga xarakt qilinadi, ularni muammolar bo‘yicha dunyoqarashlarini kengaytiriladi, abonent tomonidan so‘ralmagan, lekin xujjatlar oqimidagi foydali materiallarni berishga xarakat qilinadi. Bu tendensiya “axborotni tanlab tarqatish” xizmati jarayonida yaqqol namoyon bo‘ladi. Axborotni tanlab tarqatish tizimini alohida qirralari quyidagilardir:
Abonent yoki abonentlar guruxini ko‘pinchi asosiy faoliyat ko‘rsatuvchi sohasi bilan to‘g‘ri keluvchi talablarini uzoq muddatli qondirishga mo‘lljallanishi

  • Abonent sifatida tashkilot yoki regionning iqtisodiy, ilmiy-texnik, madaniy xolatiga o‘z xissasini qo‘sha oladigan yuqori kvalifikatsiyaga, axborotli-faol mutaxassislarni tanlab olinishi;

  • Yangi adabiyotlarni nafaqat o‘z fondiga kelgan adabiyotlarni ko‘zdan kechirish emas, balki balki keng axborot resurslariga murojaat qilish orqali aniqlash;

  • Abonentlar talablarini mavzusini, aniqlash va xizmat ko‘rsatish natijalarini muntazam ravishda taxlil qilish imkonini beradigan qayta aloqa kartasini yuritish;

  • Ikki shakllilik, ya’niy avvalo bibliografik axborot berilishi, agar u ijobiy baxolansa, abonentni talabi bo‘yicha xujjatni to‘liq matnini taqdim etilishi.


Download 0,57 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33




Download 0,57 Mb.