|
Amaliy qism
Amaliy ish mazmuni
|
bet | 13/33 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 0,57 Mb. | | #126639 |
Bog'liq ААМ ва Х сиртқи услубий кўрсатма (1)Amaliy qism
Amaliy ish mazmuni. Talaba axborot-kutubxona, axborot agentligi, axborot xizmati yoki biror bir bo‘lim faoliyati bilan tanishadi. Shundan so‘ng quyidagi savollarga asoslangan holda so‘rovnoma o‘tkazadilar:
1. Tashkilot haqidagi axborot Siz uchun muximmi?
2. Siz muassasada rasmiy ravishda tarqatilgan axborotga ishonasizmi?
3. Xamkasblaringiz bilan munosabatlaringiz?
4. Sizni xizmatingizni xamkasblaringiz qanday baxolashadi?
5. Xamkasblaringiz xizmatini samimiy baxolaysizmi?
6.Ish faoliyatingizda Sizni inavatsion g‘oyalaringizni inobatga olishadimi?
7.Tashkilotdagi salbiy va ijobiy axborotlar tarqalishiga Sizni munosabatingiz?
8. Ish faoliyatingizda o‘zingizning uslubingiz bormi?
9.Tashkilotning mehnat samaradorligini oshirishda qanday omillarga tayanasiz?
10.Tashkilot raxbariyati tomonidan qanday motivatsiyalar beriladi?
11.Tashkilotda foydalanuvchilar uchun qanday shart sharoitlar mavjud?
12.Sizni kundalik qiladigan ishingiz malaka oshirishni talab qiladimi?
13.Siz muassasani yoki bo‘limni rivojlanishiga keskin ta’sir ko‘rsatuvchi qarorlar qabul qilishda qatnashasizmi?
14.Siz o‘zingizni shaxsiy xislatlaringiz, bilimingiz, kasbiy ko‘nikmalaringizni yetarli darajada deb o‘ylaysizmi?
15.Xizmat pog‘onasida istiqbolingiz borligini ko‘rasizmi?
16.Xizmatchilarni fikr-mulohazalarini rahbariyat e’tiborga oladimi?
17.Siz muloqatga doim tayyormisiz?
18. Sizningcha, bo‘limingizni obro‘si qanday?
19.Mijozlar, hamkorlar va foydalanuvchini muassasa haqidagi fikrlari Sizni qoniqtiradimi?
20.Agar qoniqtirmasa, Siz uni o‘zgartirish uchun qanday taklif berasiz?
Amaliy mashg‘ulotga tavsiya etiladigan metodika. «SWOT - tahlil». Metodika vaziyatni tahlil qilish va talabaning o‘quv imkoniyatlarini baxolash imkonini beradi.
Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yo‘llarni topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi.
|
| |