|
Axborot kutubxona tizimlari
|
bet | 14/33 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 0,57 Mb. | | #126639 |
Bog'liq ААМ ва Х сиртқи услубий кўрсатма (1)O – (opportuni
Amaliy mashg‘ulot “SWOT-tahlil” metodini qo‘llash jarayoni: amaliy mashg‘ulot vazifasini bajarish jarayonida talaba olib borgan so‘rovnoma natijalarini tahlil etish taklif etiladi. Dastlab 5-7 daqiqa davomida o‘qituvchi talabalarni kichik guruhlarga taqsimlab oladi. Har bitta guruhga «SWOT - tahlil» jadvali asosida tashkilotning ichki kommunikatsiyasning samaradorligini aniqlash bo‘yicha olib borilgan so‘rovnoma natijalarini tahlil qilish topshirig‘i beriladi. Guruhlar mazkur jadvalni 10 daqiqa davomida o‘zaro muhokama etgan holda to‘ldiradi.
Muhokamalar natijasida yaratilgan jadvallarni o‘qituvchi o‘zining asosiy jadvalida umumlashtiradi. Shu asosda, umumiy muhokama tashkil etiladi. Natijada talabada tashkilotning ichki kommunikatsiyasning samaradorligini aniqlashning ob’ektiv va asosli tushunchalar hosil bo‘ladi. Amaliy faoliyat davomida talaba so‘rovnoma o‘tkazish usuli , natijalar ustida taxliliy ma’lumot tayyorlash va taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish ko‘nikmasi shakllanadi.
Topshiriq
Talaba ARM, AKM va axborot kutubxona muassasalari, axborot agentligi uchun savolnoma tuzadi
Tuzgan savolnomasi bo‘yicha tanlagan tashkilotida so‘rovnoma o‘tkazadi
O‘tkazilgan so‘rovnoma asosida taxliliy xisobot rasmiylashtiradi.
Topshiriq natijasi: Talaba mustaqil ravishda tashkilotning ichki kommunikatsiyasining samaradorligini aniqlashda o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari asosida taxliliy ma’lumot to‘playdi va asoslangan aniq tavsiya va takliflarni ishlab chiqadi. Amaliy mashg‘ulot auditoriyada muxokama qilinadi.
Talabalar bilimni baholash mezonalari: topshiriq bajarilgach 5 daqiqa davomida guruhlar biri birining ishini muhokama etadi. Natiajada ularda kasbiy kompetensiya hosil bo‘ladi. O‘qituvchi talabalarda nazariy bilimni o‘zlashtirish va amaliy topshiriqni bajarishdagi tirishqoqligi bo‘yicha baholaydi.
|
| |