|
Axborot kutubxona tizimlari
|
bet | 15/33 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 0,57 Mb. | | #126639 |
Bog'liq ААМ ва Х сиртқи услубий кўрсатма (1)Xisobot shakli
Talaba amaliy ishni Hemis OTM axborot tizimiga belgilangan vaqtgacha yuklaydi.
Nazorat savollari
1. Tashkilot ichki aloqalari deganda nimani tushunasiz?
2. Tashkilot ichki aloqalarini o‘rganishda nimalarga e’tibor qaratish kerak?
3. Savolnoma tuzish jarayonida nimalarga e’tibor qaratish kerak?
4. Tashkilot ichki aloqalari bo‘yicha xisobot rasmiylashtirish jarayonidagi taxliliy yondashuvlar
Topshiriqni bajarishda foydalangan adabiyotlar ro‘yxati:
Брежнева В.В., Минкина В.А. Информационное обслуживание: продукти услуги, предоставляемые библиотеками и службами информации предприятий/ В.В.Брежнева,В.А.Минкина;СПбГУКИ. –СПб.: Профессия, 2004 См. Учебник. Приложение 7.
2-amaliy ish
Axborot maxsulotlari va xizmatlari yaratish metodikasi
(faktografik ma’lumotlar bazasi)
Ishning maqsadi Talaba axborot mahsulotini yaratish jarayonida faktografik ma’lumotlar asosida axborot maxsulotini tayyorlash ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.
Nazariy qism
Fakt deganda matndan ajratilganda mustaqil ma’no, fikrni saqlab koluvchi har qanday ma’lumot tushuniladi. Huddi shunday ma’lumotlar foydalanuvchilarni faktografik so‘rovlariga javob bo‘ladi. Zudlik bilan aniq bir ma’lumot olish xolati inson faoliyatining barcha sohalarida- boshqaruv qarorlarini qabul qilishda, ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarish jarayonlarida, ta’lim jarayonida, turmushda va dam olishda paydo bo‘ladi faktografik so‘rovlar xajmi nihoyatda ulkan va ular xilma-xildir. Butun dunyoda ko‘plab hajmdagi ensiklopediyalar, lug‘atlar va ma’lumotnomalarning an’anaviy va elektron shakllarda chop etilishi faktografik ma’lumotlar bazasi tashkil etiladi.
Ma’lumonoma nashrlar doirasida mavjud boshqa turdagi xujjatlar tayyorlanadi. Ularga ilmiy, ishlab chiqarish-amaliy, rasmiy, o‘quv, ilmiy-ommabop nashrlar kiradi. Ular mavzusi bo‘yicha turli xil bo‘lib, ular barcha turdagi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Dunyo kutubxonachilarining takidlashicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki foydalanuvchilarning talablarini umumiy xajmi faktografik so‘rovlarni tashkil qilar ekan. Faktografik xizmatlarga bo‘layotgan so‘rovlarni oshib borishi, pullik xizmatlarni joriy qilish imkoniyatlarini berdi. Shuning uchun faktografik maxsulotlar axborot bozorida taklif etilgan birinchi tijorat maxsulotlari xisoblanadi. Bibliograflar faktografik ma’lumotnomalar tayyorlashda an’anaviy va elektron ma’lumotnoma nashrlaridan foydalanadilar.
Faktografik ma’lumot bazalari. Ilmiy va ta’lim muassalari, loyixa uyushmalari va ishlab chiqarish tashkilotlarida shaxsiy ma’lumotlar bazasi tashkil etiladi. Ularni vujudga kelishi amaliy jixatdan yirik kutubxonalarda atoqli madaniyat xodimlari, olimlar, siyosatchilar, xududiy ishlab chiqaruvchilar haqida bo‘ladi.
|
| |