|
Relevantlik- bu axborot so‘rovini mazmunini, unga berilgan axborot javobini mazmunini ob’ektiv mosligi.
Pertinentlik
|
bet | 6/33 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 0,57 Mb. | | #126639 |
Bog'liq ААМ ва Х сиртқи услубий кўрсатма (1)Relevantlik- bu axborot so‘rovini mazmunini, unga berilgan axborot javobini mazmunini ob’ektiv mosligi.
Pertinentlik- iste’molchi tomonidan axborot mazmuniga uni qiziqishlaridan kelib chiqqan xolda sub’ektiv baxo berish.
Norelevant axborot berishni xujjatlar oqimida iste’molchi qidirayotgan axborotni o‘sha shaklda yo‘qligi bilan tushuntirish mumkin. Bunday xolatda bibliograf qidiruv chegaralarini kengaytiradi va so‘ralayotgan axborot bilan bog‘liq bo‘lgan aloqalar va kelib chiqishi haqidagi ma’lumotlarni aniqlaydi.
Ba’zida bu topilgan materiallar kitobxon uchun keraksiz bo‘lib chiqadi, ba’zida esa “kutilmaganda kerakli” bo‘lib boshida so‘ralmagan bo‘ladi, lekin iste’molchining fikricha kerakli xujjat yoki fakt bo‘lib chiqadi. Bu oxirgi xolat formal ravishda norelevantlikka mansub bo‘lsada, aslida u pertinentlik xisoblanadi. Bu axborot xizmatchisining mexnatini mazmunini yuqori darajasidir.
Relevant axborot berishni iste’molchilar tomonidan qoniqarsiz baxolash, ya’niy pertinentlik xisoblamasiz sabablarini ko‘rib chiqamiz. Ularni eng ko‘p tarqarganligi quyidagilardir:
iste’molchiga unga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni (boshqa manbalar va ilgarigi tajribalardan olingan) berish;
iste’molchi uchun avtoretet , ishonchsiz axborot;
Iste’molchi “kutayotgani” axborot bilan berilgan ma’lumotlar va ularni to‘liqligini, mos kelmasligi.
Iste’molchining tayyorgarlik darajasi, kitobxonlik kompetentligi bilan berilayotgan xabarning murakkabligi darajasini mos kelmasligi.
Iste’molchilarning axborot maxsulotlari sifatini baxolashdagi sub’ektiv qarashlari, axborotga bo‘lgan talablarning individualligini belgilaydi. Bu esa ularni o‘ziga xosligini to‘rtinchisidir.
Ijtimoiy axborot- bu odamlarni talablarini o‘ziga xosligini va xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini belgilovchi hamda kutubxona yoki korxonaning axborot xizmati ko‘rsatish organlarini faoliyat ko‘rsatish maqsadlarini bazasi, asosiy kategoriyasidir. Axborot fenomeni bo‘yicha ko‘pgina olimlar- turli soha vakillari: faylasoflar, madaniyatshunoslar, psixologlar, sotsiologlar, kibernetiklar, biologlar, axborotchilar shug‘ullanmoqda.
Masalani har tomonlama chuqur va ko‘p aspektli, sohalararo o‘rganish natijasida axborotning ko‘plab o‘ziga xoslilarini xarakterlash imkoniyati paydo bo‘ldi. Lekin, ilmda har safar bo‘ladiganidek, axborot xodisasini o‘rganish bo‘yicha har bir bosilgan qadamdan so‘ng yangi o‘rganilmagan narsalar chegarasi va muammolar paydo bo‘laveradi.
Ijtimoiy axborot kishilik jamiyatidagi odamlarni o‘zaro muloqati natijasida uzatiladigan axborot sifatida talqini etiladi. U bilim va tajribalarni almashtirish, xis-xayojonni ko‘rsatish, ta’sir ko‘rsatish vositasi sifatida xizmat qiladi.
Ijtimoiy axborotni asosiy va majburiy qismi uni tarkibiyligi, mazmunga egaligi va ahamiyatliligi xisoblanadi. U har doim aniq dunyo predmetining qandaydir xisli-ko‘rgazmali yoki mantiqiy aks ettiradi. Mazmunni yetkazib berish qandaydir masalani xal etish, boshqacha qilib aytganda maqsadli ravishda –axborotni aloxida odamlarni, ijtimoiy guruxlar yoki jamiyatga ta’sir o‘tkazishdir. Axborot insonning barcha xayotiy faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi: ahloqiga, dunyoqarashiga va emotsional sohasiga, mexnatiga va kundalik turmush tarziga va boshqalarga.
Axborotni o‘ziga xos, maqsadli ravishda paydo bo‘lish sabablari, axborotni inson faoliyatining barcha sohalaridagi talablarga ko‘ra va axborotlarni turli maqsadlarda yaratilishida deb ko‘rsatish mumkin. Odamlarni axborotga murojaat qilishdan maqsadlari va ularga taqdim etilayotgan xujjatlarni maqsadliligini mos kelishi xizmat ko‘rsatishni amaliy natijasini bildiradi.
Ko‘pincha matnli axborotlar foydalanuvchilarni so‘rovlari mavzusiga hamda maqsadli yo‘nalishlariga mos keladi, lekin ular tomonidan rad etiladi. Buni sababi ijtimoiy axborot o‘ziga xos qadriyatga ega bo‘lib, qandaydir maqsadlarga erishish uchun yaratiladi. Bu o‘ziga xoslik doimo nisbiy bo‘ladi va nafaqat matnli axborotni yaratuvchilarning potensial ijodiga bog‘liq bo‘lmasdan, shu bilan birga foydalanuvchilarni eruditsiyasiga, “kutish tizimiga” ham bog‘liq.
Axborot qidirish jarayoni murakkab jarayon bo‘lib, eng mukammal bo‘lgan qidiruv tizimlari ham zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘liq aniqlash imkonini bermaydi. Bu qiynchiliklar ijtimoiy axborotning o‘ziga xosligiga, ya’niy axborot mazmun rejasini uni qayd etish rejasiga nisbatan mustaqilligidadir.
Ushbu o‘ziga xoslik bitta mazmun turli xil shakllarda ifoda etilishi mumkin. Masalan, matn shaklda, rasm, grafika yoki chizma, formula shaklda va x.k. Shu bilan birga axborot xizmatiga xos bo‘lgan xolatlardan yana biri, bir xil xodisa, jarayonlar, ob’ektlar turli soxalar tomonidan o‘rganilishi, shunga ko‘ra ularda qabul qilingan tushunchalar, yondoshishlar, mantiqiy tuzilmalar bo‘yicha tavsiflanishi mumkin.
Shuning uchun aynan axborot mazmun rejasini uni qayd etish rejasiga nisbatan mustaqilligi axborotni xujjatlar oqimida tarqoq bo‘lishiga olib keladi. Uni aniqlash bir qator qiynchiliklarni keltirib chiqaradi. U qidiruv jarayoni chegaralarini doimiy ravishda kengaytirish va aniqlab borishni, boshqa sohalarning axborot resurslari bilan yaqin aloqalarni o‘rnatishni talab qiladi.
Shu bilan birga mazmunni tarqoq bo‘lishini yengib o‘tish bibliograf yoki axborot organi xodimini oliy darajaga erishilgan mexnati xisoblanadi. Chunki bu mehnat natijasida “ kutilmagan foydali” ma’lumotlar paydo bo‘ladi.
Ko‘pgina axborot-kutubxona jarayonlari uchun – fondni tashkil etishdan boshlab, to xizmat ko‘rsatishni amalga oshirishga qadar, - ma’lumotlarni xronologik chegarasini to‘g‘ri belgilab olish muximdir. Bu muammo axborotni o‘ziga xos xususiyatlari, eskirishi va kumiliyatsiya bo‘lishidir.
Eskirish vaqt o‘tgan sayin axborotni qiymmatini kamayib borishidir. Bunda axborotni vaqt emas, balki uni rad etuvchi yoki qo‘shimcha ma’lumotlarni paydo bo‘lishi “eskirtiradi”. Shuning uchun ham xujjatni chop etilish sanasiga qarab uni formal ravishda dolzarbligini muxokama etib bo‘lmaydi.
Axborotni o‘ziga xosli jixatlaridan yana biri, doimiy ravishda ma’lumotlarni bir-biriga qo‘shilib borishi, ularni to‘ldirilishi, siqiq xolga keltirish yoki umumlashgan xolda bayon etilishidir. Bu ulardagi ma’lumotlarni eskirishi emas, balki ularni qayd etuvchi xujjatlarni eskirishidir. Masalan, darslik yoki o‘quv qo‘llanmadan undagi mazmunni dolzarbligi yo‘qolganligi sababli emas, balki uni yangi qo‘shimchalari bilan qayta nashr etilganli sababli foydalanmaydi.
|
| |