|
Axborot kutubxona tizimlari
|
bet | 5/33 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 0,57 Mb. | | #126639 |
Bog'liq ААМ ва Х сиртқи услубий кўрсатма (1)Nazorat savollari
Xujjatlar oqimi deganda nimani tushunasiz
Axborotlarga analitik sintetik ishlov berish jarayoni haqida ma’lumot bering
3-ma’ruza: Axborot talablarining mazmuni. Ijtimoiy axborotlar mazmuni
Axborot talablarini o‘rganish bo‘yicha turli mamlakat olimlari tomonidan olib borilgan keng mashtabli ko‘plab tadqiqotlari quyidagilarni belgilash imkonini berdi:
talabni paydo bo‘lish sabablarini:
mazmunga ta’sir ko‘rsatuvchi faktorlarni;
axborotga bo‘lgan talablarni, insonning boshqa talablardan farq qiluvchi o‘ziga xosligini;
axborotga bo‘lgan talablarni aniqlash yo‘llarini va xujjatlarni qidirish yoki jamiyatni axborot resurslari haqidagi aniq ma’lumotlarini aniqlash maqsadida ularni turlarga bo‘lishni.
Ushbu natijalarni xarakterlaymiz. “Axborotga bo‘lgan talab” tushunchasi shaxsni axborotga bo‘lgan talabi deb atashimiz mumkin. Xaqiqatda ham ilmiy-amaliy faoliyat jarayonida, ta’lim jarayonida, xavaskor ijodkorlikda, mayishiy muammolarni xal etishda shunday xolatlar yuzaga keladiki, yangi masalalarni xal etish uchun mavjud bilimlar yetmaydi. Odamlar axborot yetishmovchiligini xis etadilar. Bu esa axbortga bo‘lgan talabni paydo bo‘lishini sabablaridan biridir.
Bu sabablar turlicha bo‘lishi mumkin. Oddiy xolatlarda poezdlar xarakatini jadvali, qandaydir muassasaning ish soatlari, yoki aniq bir tovarning narhi haqida axborotlar talab etiladi. Bu talablarni oddiy talablarga deb atalishi bu ma’lumotlarni tezda aniqlashda emas, balki ular ma’lum bir aniq ma’lumotlar ekanligidadir.
Axborot qidirayotgan odam qandaydir aholi punktlari o‘rtasida temir yo‘l mavjudligini, yoki ushbu shaharda ma’lum bir tashkilot mavjud bo‘lib, u qandaydir tovarlarni sotadi. Ma’lum ob’ekt haqida yetishmaydigan axborotni topish talab etiladi. Lekin foydalanuvchi uchun axborot kerakmi? Unga qandaydir masalalarni xal etish uchun, tekshirilgan, ishonchli ma’lumot-bilim kerak. Muallif tomonidan yaratilgan bilimlar, axborot xabari shaklida iste’molchiga yetkaziladi va iste’molchida bilim shakllanadi.
Axborotga bo‘lgan talab qachonki muallifni bilimlari xabarlar orqali iste’molchi bilimiga aylangan taqdirda axborotga bo‘lgan talab qoniqtirilgan bo‘ladi. Shunday qilib, axborotga bo‘lgan talabning birinchi va muxim o‘ziga xos xususiyati, ularda bilimga bo‘lgan talablarni mavjudligidir. Shaxs mavjud axborotga murojaat qilishi orqali bilimga ega bo‘ladi. Axborotga bo‘lgan talablarni bunday ta’riflash xizmat ko‘rsatish jarayonlarini unumli ravishda tashkil etish uchun muximdir. Bu esa kutubxona va axborot xizmati organlarini boshqa muassasalardan qanday farqi borligini ko‘rsatadi.
Axborot maxsuloti xaridor tomonidan so‘ralganda tokchadan olib beriladigan tovar emas, yoki ma’lum bir mavjud boshlang‘ich ma’lumotlarni to‘plash natijasi ham emas, yoki buyurtmachini individual “o‘lchamlari” asosida tayyorlanadigan maxsulot ham emas. U iste’molchini qiziqtiruvchi aniq, haqiqiy axborotni o‘zida aks ettirishi kerak. U bizni o‘rab turgan dunyo va uni o‘rganuvchi sub’ekt o‘rtasidagi vositachi sifatida namoyon bo‘lib, har doim ikki xil yo‘nalishga ega bo‘ladi.
Axborotga bo‘lgan talabni ikkinchi o‘ziga xosligi uni noma’lumligi. Har qanday inson yoki tashkilotni hayotida yangi nostandart masalalarni xal etish zaruriyati paydo bo‘ladi. Bunday xolatlarda mavjud bilimlar yetishmaydi. Yetishmayapgan axborotni qidirish yo‘llarini topish juda ham murakkab bo‘ladi.
O‘zi uchun nostandart bo‘lgan vaziyatga tushib qolgan odam, dastlabki bosqichda masalani shartlarini o‘zgartirishga moyil bo‘ladi. O‘quvchi va talaba olgan masalasiga aniq to‘g‘ri keluvchi axbortni topishga xarakat qiladi. Injener boshqa zavodlarda joriy etilgan yangi texnologiyalardan foydalanish tajribalarini o‘zlashtirishni mo‘ljallaydi, lekin uni topa olmaydi. Asta sekinlik va qiyinchilik bilan ularni barchasi tayyor narsalarni o‘zlashtirish g‘oyasidan chetga chiqa boshlaydilar. Va zarur ma’lumotlar g‘oyalar shaklida ekanligi, “tayyor retsept” larni boshqa turli xil sohalardan olib bo‘lmaslikni tushunib yetadilar.
Odamlar to‘qnash keladigan nostandart masalalar o‘z darajasiga ko‘ra yangilik xisoblanadi. Ular aniq bir individ uchun noma’lum bo‘lib, u o‘zini ushbu masalani birinchi marotaba xal etuvchi sifatida xis etadi. Vaxolanki jamiyat uchun bu masala yaxshi tanish bo‘ladi. Misol tariqasida maktab o‘quvchilari tomonidan yoziladigan insholarni ko‘rishimiz mumkin. Adabiyotshunos uchun bu insholar juda jo‘n narsa xisoblanadi. Bunday xolatlarda psixologik yangilik haqida gapiriladi.
Texnika va texnologiya ob’ektlari faqat ushbu tashkilot uchun yangi bo‘lishi mumkin va bunday xolatda yangilikni lokal fakt sifatida qayd etiladi. Ob’ektiv ravishda yangi bilim deganda, insoniyatning ijtimoiy xotirasida qayd etilmagan va jamiyatning axborot resurslarida aks etmagan bilimlarga aytiladi.
Iste’molchilarni quyi darajadagi kompetenligi va unda oldingi tajribalarnini yetishmasligi ikki xil negotiv oqibatlarga olib keladi. Birinchidan u o‘zini yangilik yaratuvchi deb xis etadi. Haqiqatdan esa jamiyat ushbu muammoni xal etish yo‘llarini alaqachon xal etib bo‘lgan bo‘ladi. Ikkinchidan esa muammo bilan to‘qnash kelinganda, individ uni o‘zi uchun yangilik xisoblab, uni xal etishning tayyor variantlarini topishga xarakat qiladi.
Ushbu gurux iste’molchilari – ko‘pincha menedjerlar, injener-loyixalovchilar va ishlab chiqaruvchilar, davolovchi vrachlar, o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, zarur ma’lumotlarni yo‘qligini axborot xizmatini darajasini pastligi, kutubxona fondini yomon komplektlanganligi, spravka-qidiruv apparatini imkoniyatlarini yetarli emasligi, bibliograflarni Internet resurslaridan foydalanishga bo‘lgan bilimlarini yetishmasligi bilan ifodalanadi.
Axborotga bo‘lgan talabning uchinchi o‘ziga xosligi, yuqoridagi ikkita o‘ziga xoslikdan kelib chiqadi va iste’molchilarni axborot mahsulotlari va xizmatlari sifatiga sub’ektiv baxo berishidir.
Har qanday xizmatga baxo berish o‘z tabiiy kelib chiqishiga ko‘ra sub’ektiv bo‘ladi va iste’molchini “kutayotgani”, uni qarashlariga bog‘liq bo‘ladi. Qarashlar va baxolash bir- birini aksini ko‘rsatib beradi: Lekin talab va kutayotganlik tizimi iste’molchidan xizmat ko‘rsatishning barcha boshqa sohalarida aniqroq bo‘ladi, maxsulot va xizmatlarni baholash esa - mustaqil ekspertlarga xavola etiladi.
Boshqacha qilib aytganda, kiyim tikish atelesi, sayoxat agentligi yoki mayishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari ishi haqida asoslangan kamchiliklarni ob’ektiv ko‘rsatkichlar. Lekin, uchinchi shaxs tomonidan axborotni berilishini to‘liqligini va uni iste’molchini talablariga mos kelishini aniqlash juda ham murakkabdir.
Shuning uchun ham faqat axborot faoliyati amaliyotida, xizmat ko‘rsatish sifatini baxolash uchun ikkita kriteriya – relevantlik va pertinentlik qo‘llaniladi. Ulardan birinchisini qo‘llash majburiy xisoblansa, ikkinchisini xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘llarini aniqlash takliflari sifatida qabul qilinadi.
|
| |