• 4-ma’ruza: Axborot maxsuloti va xizmati reklamasi
  • Axborot kutubxona tizimlari




    Download 0,57 Mb.
    bet7/33
    Sana22.12.2023
    Hajmi0,57 Mb.
    #126639
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
    Bog'liq
    ААМ ва Х сиртқи услубий кўрсатма (1)

    Nazorat savollari

    1. Axborot talablarining mazmuni xaqida ma’lumot bering

    2. Ijtimoiy axborotlar mazmuni xaqida ma’lumot bering

    3. Relevantlik tushunchasiga izox bering

    4. Pertinentlik tushunchasiga izox bering



    4-ma’ruza: Axborot maxsuloti va xizmati reklamasi

    Marketing faoliyatining asosiy maqsadi turli xil pullik va pulsiz xizmatlarni joriy etish emas, balki iste’molchilarni ularga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlashdir. Bu maqsadlarni amalga oshirishda kutubxonaning intellektual mahsulotlari va xizmatlarini nufuzini oshirish reklama xizmat kiladi. Nufuzni oshirish – kutubxonadagi xizmatlar va mahsulotlar haqida iste’molchilarga eslatish yoki ularni ishontiruvchi turli shakldagi axborotlar berishdir. Kutubxonaning nufuzni oshirishning asosiy shakllari reklama, pablistlar (targ`ibotchilar), maxsus savdo va rag`batlantirishdir.


    Kutubxona xizmatlarini nufuzini oshirishning asosiy vazifalariga:
    -aholini, homiylarni, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari vakillarini, jamoatchilik tashkilotlari va boshqalarni ongida kutubxonaning nufuzli qiyofasini ( imidjini) yaratish;
    -kutubxona tomonidan joriy etilgan yangi xizmatlar haqida axborot berish;
    -mavjud kutubxona xizmatlarini ommaviyligini saqlab kolish, iste’molchilarni ulardan foydalanishga chaqirish;
    -potentsial iste’molchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni shart sharoitlari, joyi va vaqti haqida axborot berish;
    -potentsial iste’molchilarni diqqatini kutubxonada taklif etilayotgan xizmatlarning o‘ziga xosligi va foydaliligiga, xizmat ko‘rsatishning asosiy shakllarining bepulligi va qo‘shimcha xizmatlar uchun olinadigan haqlarni boshqa joylarga nisbatan arzonligini qayd etib,ularni kutubxonaga jalb qilish kerak.
    Kutubxona xizmati va intellektual mahsulotlarni nufuzini oshirishning muhim shakli kutubxona reklamasidir. U kutubxona haqida, undagi xizmatlar va mahsulotlar haqida aniq va potentsial iste’molchilarga axborot beradi va shu bilan ulardan frydalanishni rag`batlantiradi. Kutubxona reklamasi funktsiyasiga resurslarga, kutubxona xizmatlari va mahsulotlariga bo‘lgan talablarni shakllantirish va yangi Axborot-kutubxona xizmatlarini ommalashtirish kiradi. Reklama iste’mol xizmatlarining tarkibi, ularni manzillari, kimlarga mo‘ljallanganligi, ularni olish va foydalanish shart- sharoitlari va boshqalar haqida ma’lumot berishi kerak.
    Kutubxona reklamasining o‘ziga xosligi shundan iboratki, avvalom bor, kutubxona fondi, uni turli xil iste’molchilar guruhi talablarini qondirishdagi imkoniyatlari haqida axborot berishda namoyon bo‘lishidir. Respublikamizkutubxonalar o‘z reklama amaliyotida O‘zbekiston Respublikasining “Reklama tug`risida” (1998 y. 12 dekabr) Qonuniga rioya qilishlari kerak. Qonun o‘z oldiga – mahsulotlar, xizmatlar axborotini shakllantirish,tadbirkorlik va iste’mol madaniyatini takomillashtirish, reklamani davlat va jamoat manfaatlariga, ahlok va ma’naviyatning umum e’tirof etilgan me’yorlariga moslash, yuridik va jismoniy shaxslarning ishchanlik qobiliyatini oshirish, atrof- muhitni muhofazalash choralarini ta’minlash, mahsulot tayyorlash usuli va joyi, iste’mol xususiyatlari, sifati va iste’molchilarni chalg`itadigan yolg`on va noaniq mahsulotlar, xizmatlarni reklama vositasida tarqalishini oldini olishni vazifa qilib qo‘ydi.
    Kutubxona reklamasiga qo‘yiladigan asosiy talablar:
    -aniq va potentsial iste’molchilarni keng qamrab olish;
    -reklamani ularni talab va ehtiyojlariga mos kelishi;
    -jadallik va ishontirarlilik;
    -doimiy yangilanib borish;
    -qisqa va lo‘ndalik, jo‘shqinlik;
    -reklama xabarlarini yengil eslab qolishlilik;
    -topqirlik va tezkorlik;
    -aniqlik, rang-baranglik, ko‘zga yaqqol tashlanishlilik;
    -xizmat darajasini reklamaga mos kelishi;
    -bozor talablari mazmuni va shakllariga, alohida kitobxonlar qiziqishlariga mos kelishi.
    Reklama iste’molchilarni kutubxona xizmatlari va uning intellektual mahsulotlariga diqqatni jalb qilishi, qiziqtirishi va reklamada ko‘rsatilgan xizmatlardan foydalanishga undashi kerak. Faqat shunday reklamagina aholini kutubxonaga bo‘lgan ishonchini oqlashi, iste’molchilarni boshqarish vositasi sifatida xizmat qilishi mumkin.
    Kutubxona reklamasi bir necha yo‘nalishlarda bo‘ladi:
    -ma’lum bir mintaqada mavjud kutubxonalar tarmog`i, ularni imkoniyatlari haqida axborot berish bo‘yicha;
    -kutubxona yoki uning bo‘limlari haqida axborot berish bo‘yicha;
    -kutubxona fondi, uning tarkibi va tuzilishi haqida axborot beruvchi;
    -kutubxona ko‘rsatadigan xizmatlar va uning intellektual mahsulotlari haqida axborot beruvchi.
    Kutubxonaning reklama faoliyati asosini marketing kommunikatsiyasi tashkil etadi. U doimiy ravishda bozor bilan aloqada bo‘lish, kutubxona uning fondlari, resurslari, mahsulotlari va xizmatlari haqida ma’lumot berishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Kutubxona reklama faoliyati quyidagi boskichlardan tashkil topadi:
    -reklama faoliyatining vazifalarini belgilash;
    -reklamaga sarflanadigan budjetni aniqlash;
    -reklama xabarlarini yaratish;
    -reklamani tarqatish vositalarini tanlash.
    Reklama faoliyati vazifalariga quyidagilar kiradi:
    -aholi o‘rtasida kutubxona, uning resurslari, xizmatlari va intellektual mahsulotlari haqida ma’lum bir bilimlar darajasini shakllantirish;
    -iste’molchilarga reklama turlarini ta’sir ko‘rsatishini aniqlash;
    -kutubxona xizmati yoki mahsulotlarning asosiy iste’molchilarini aniqlash;
    -reklama bilan qamrab olish uchun zarur bo‘lgan bozor segmentini ajratish;
    -iste’molchilarni iste’mol xulqini, reklamaga javob reaktsiyasini, taklif qilinayotgan xizmatlar haqida iste’molchilarning xabardorligini o‘rganish.
    Reklama uchun mablag`, pulsiz xizmatlar ko‘rsatish uchun budjet mablag`idan ajaratiladigan mablagdan va pullik xizmatlardan keladigan daromadlar hisobidan olinadi. Reklama harajatlari xizmatlar va mahsulotlar narxiga qo‘shiladi va bajarilgan xizmatlardan keladigan daromadni taxminan 10% ni tashkil etishi kerak.
    Reklama faoliyatining asosida ixcham, yorqin va obrazli axborot vositasida kutubxona resurslari va xizmatlarini yaratish yotadi. Reklama xabarlari reklama qilinayotgan ob’ektlarni ( kutubxona, uning fondlari, mahsulotlari, xizmatlari) aniq harakteristikasini (sifatini) ochib berishi kerak. Reklama xabarlari quyidagi talablarga javobberishi kerak:
    -iste’molchilarga taqdim etilayotgan axborot yangi bo‘lishi;
    -iste’molchilarga reklama qilinayotgan xizmatni foydaliligiga ishontira olishi, unga harakteristika bera olishi;
    -reklama qilinayotgan xizmatning o‘ziga xosligi va boshqa xizmatlardan farqqiluvchi sifatlarini ko‘rsatishi;
    -xizmatdan foydalanish qoidasi va shartlarini ochib berishi;
    -reklama tavsiya qilinayotgan auditoriyaning o‘ziga xosligini,
    ularni kutubxona haqidagi bilimlari va imkoniyatlarini e’tiborga olish.
    Reklama xabarlarining mazmuni quyidagi savollarga javob berishi kerak:
    -iste’molchiga nima taklif qilinayapti?
    -taklif qilinayotgan xizmatdan u qanday manfaat olishi mumkin?
    -qaerda, qachon va qanday qilib bu xizmatlarni olish mumkin?
    Reklama xabarlarini shaklini tanlash, ma’lum bir reklama turini belgilash, reklama mazmuniga bog`liqdir.
    Kutubxona reklamasi amaliyotida ko‘rgazmali, og`zaki, bosma va kompleksli reklamalar ishlatiladi. Ularni qo‘llanilishi reklamalar mo‘ljallangan auditoriya va kutubxonaning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqadi. Maqsadli auditoriyaga ko‘ra kutubxona reklamasi kutubxonaning kitobxonlariga mo‘ljallangan kutubxona ichki reklamasi va potintsial kitobxonlarga mo‘ljallangan tashqi reklamaga bo‘linadi. S’Hu bilan birga reklama faoliyatining ko‘plab vositalari ham kutubxona ichki reklamasida ham tashqi reklamada ham ishlatilishi mumkin.
    Bu asosiy bo‘linishlar ichida reklamani quyidagicha ajratish mumkin:
    -ommaviy, keng iste’molchilarga mo‘ljallangan kutubxona resurslari va xizmatlaridan ommaviy foydalanishi;
    -guruhli, ma’lum bir talab bozori segmentlariga (iste’molchilariga) mo‘ljallangan;
    -shaxsiy , yakka tartibda.
    Kutubxona reklamasiningn reklama xabarlari mazmuni bo‘yicha ularni quyidagicha bo‘lish mumkin:
    Kutubxonada barcha iste’molchilar uchun axborot ma’lumotlari yuqori darajada qulay tashkil etilishi lozim. Axborotga ehtiyoj sezuvchi barcha iste’molchilar kutubxonadagi mavjud fondlarning xususiyati, turi, shakli to‘g`risida, kutubxonada qanday obuna nashrlariga ega ekanligi, ular bilan qaerda tanishish mumkinligi haqida ko‘prok axborot berish zarur.
    Reklama faoliyatini kutubxonalar uchun maqbul bo‘lgan quyidagi turlari mavjud:
    -ommaviy axborot vositalaridagi reklamalar;
    -tashqi reklama;
    -kutubxona ichidagi reklama;
    -reklama axborot materiallar;
    -shaxslararo munosabatdagi reklama.
    Kutubxonalar mahalliy matbuotda reklamadan faol foydalanmoqdalar. Lekin narxini qimmatligi munosabati bilan axborotni keng auditoriyaga zudlikdan yetkazib berishi va boshqa ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘lgan radio va televideniyadan baxtga qarshi kamroq foydalanilmoqda. S’Huning uchun ham kutubxonalar ommaviy axborot vositalarida tug`ridan to‘g`ri reklamalarni emas balki ularni kutubxonalar faoliyati haqidagi maqolalar, xabarlar, xodimlar va kitobxonlar bilan intervyular olib borish hamda kutubxona faoliyati haqida maxsus tayyorlangan xabarlar – press- relizlar orqali amalga oshirishlari mumkin.
    Kutubxonaning reklama faoliyatida kutubxonaning tashqi reklamasi muhim ahamiyatga ega .

    Download 0,57 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




    Download 0,57 Mb.