Axborot kutubxona tizimlari




Download 0,57 Mb.
bet8/33
Sana22.12.2023
Hajmi0,57 Mb.
#126639
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
Bog'liq
ААМ ва Х сиртқи услубий кўрсатма (1)

Tashqi reklama -bu kutubxona tashqarisida har xil lavxalar, plakatlar, planshitlar shaklidagi shitlarga o‘rnatilgan kutubxona faoliyati, undagi xizmatlar va kutubxonaning intellektual mahsulotlari reklamasidir. Ko‘pchilik hollarda tashqi reklama ob’ektlarining asosiy funktsiyasi kutubxona tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar tug`risida ommaga eslatish yo‘li bilan boshqa ommaviy axborot vositalarida joylashtiriladigan reklamani to‘ldirish va mustahkamlash hisoblanadi. Bunday hollarda tashqi reklamaning bir qancha zarur qoidalariga amal qilish lozim. Bular:
-ko‘zga tezlikda tashlanish;
-o‘ziga e’tiborni jalb qilish;
-qisqalik va lo‘ndalik;
-tushunarli bo‘lish;
-yurib keta turib o‘qish mumkinligi.
Ayrim kutubonalardatashqi reklamani tashkil etish uchun imkoniyatlar cheklanganligini hisobga olib kirish joyida uncha katta bo‘lmagan osma vitirina joylashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Vitirinaga o‘z tadbirlari va xizmatlar to‘g`risidagi dolzarb axborotni, o‘zining reklama takliflari haqidagi rangli varaqalar joylashtiriladi. Asosiy kirish joyidan uncha uzoq bo‘lmagan masofada har xil geometrik shakllarda ko‘chareklamasini joylashtirish mumkin. Bunday reklama kutubxonaga kirish joyini go‘zallashtiribgina qolmay, balki o‘tib ketayotgan yo‘lovchini “to‘xtashga” majbur qiladi. Tashqi reklama quyidagi xususiyatlarga ega: moslashuvchanlik, takroriy aloqalar tez-tez yuz berib turishi, narxini uncha baland emasligi, raqobatni kuchsizligi.
Kutubxona bilan tanishtiruv uning ijobiy obrazini yaratishdan boshlanadi, uning tashqi va ichki bezalishi bunga yordam beradi. Kutubxona binosiga tashrif etuvchilarda kutubxona keng, qulay, va erkin harakat qila oladigan joy sifatida taassurot qoldirishi lozim. Bezash ishlari kutubxona binosining fasadidan, kutubxona peshlavhasidan, ish rejimi haqidagi axborotdan boshlanishi zarur.
Kitobxonaga bu borada har xil yo‘l ko‘rsatkichlar yordam berishi mumkin. Bundan tashqari kutubxona intererida o‘simliklar bo‘lishi uni bezabgina qolmay, balki o‘ziga xos mikroiqlim hosil qilishiga ko‘maklashadi.
S’huni ham alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, ranglar kutubxona intereri uchun muhim ahamiyatga ega. Ranglar kishini tinchlantirishi, ayrimlari ko‘zg`atishi, kayfiyatni oshirishi yoki aksincha bo‘lishi mumkin. Kutubxona reklamasida bu omillarga alohida e’tibor bilan qarash kerak. Kutubxona vitirinasi yoki intererini bezash uchun ranglarning uyg`unligini o‘ylab ko‘rish lozim, biroq ular kutubxona tomonidan umumiy firmali uslubga muvofiq bo‘lishi kerak.
Kutubxona ichki reklamasida kutubxonaning resurs bazasi va xizmatlari to‘g`risidagi birlamchi ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega. Bular kutubxona prospekti va bukletlar orqali amalga oshiriladi. Prospekt kutubxonaning tashrifnomasi hisoblanadi va u bilan kutubxonaga yangi a’zo bo‘lgan kitobxonlar tanishtiriladi. Prospekt kutubxona yubileyiga yoki biror boshqa vokeaga bag`ishlanishi ham mumkin. Buning uchun faoliyat yo‘nalishlari to‘g`risida batafsil ma’lumotlar, suratlar, diogrammalar va boshqa ma’lumot beruvchi vositalar bilan birgalikda bayramona nashr tayyorlasa ham bo‘ladi. Matn ko‘pincha mashhur shaxslar yoki kutubxona direktorining murojaati bilan boshlanadi. Prospektda fotosuratlar hamda kutubxonani shahar yoki tumanning qaerida joylashganligi xarita orqali ko‘rsatilishi, kutubxonaga olib boradigan transportlar va bekatning nomi ko‘rsatilishi mumkin.
Sof kutubxona aksessuarlari ham reklama axboroti berishi mumkin. Bular kitobxon va kitob formulyarlari, kitob qo‘yiladigan moslamalar, kitobxonlarni mulohazalari daftari, yillik hisobotlar va ish rejalari va h.lar.
Kutubxonalar faoliyatida an’anaviy, ya’ni uzoq yillardan beri qo‘llanib kelinayotgan bir qancha reklama turlari mavjud. Bularga, kitob ko‘rgazmalari, bukletlar, reklama varaqalari, bosma kataloglar, kitob sharxlari, bibliografik ro‘yxatlar va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.

Download 0,57 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Download 0,57 Mb.