MA'RUZA MASHG‘ULOTLARI
1- jadval
№
|
Ma'ruzalar mavzulari
|
Dars soatlari hajmi
|
10 semestr
|
|
Kirish: “Axborotlarning analitik mahsuloti va xizmati” fanining maqsadi, vazifalari va mazmuni
|
2
|
|
Xujjatlar oqimining o‘ziga xosligi. Axborotga analitik-sintetik ishlov berish imkoniyatlari
|
2
|
|
Axborot maxsuloti va xizmati reklamasi
|
2
|
Jami
|
6 soat
|
MA’RUZA MATNLARI
1-ma’ruza: Kirish: “Axborotlarning analitik mahsuloti va xizmati” fanining maqsadi, vazifalari va mazmuni
Talabalarga axborotlarning analitik mahsulot va xizmati predmetining asosiy muammolari to‘g‘risida, hamda aholining axborotga bo‘lgan talabini to‘la va har tomonlama samarali qondirish, ularning maqsad va vazifalariga to‘la xizmat qiladigan axborotlarning analitik mahsulotlari-bosma va elektron mahsulotlar, ularning turlari va xillari, ularni tayyorlash va axborotdan foydalanuvchilarga taqdim etish haqidagi bilimlarni berishga qaratilgandir. “Axborotlarning analitik mahsuloti va xizmati” fanining bugungi kundagi maqsadi talabalarning kasbiy tayyorgarligini tubdan yaxshilash va bo‘lg‘usi mutaxassislarga ixtisoslik bo‘yicha malakalarini yanada mustahkamlash, axborot talablari, uning mohiyati, axborot mahsulotlarining tipologiyasi, axborot mahsulotlarini ishlab chiqish nazariyasi va uslubiyoti, axborot mahsulotlari sifatini boshqarish, soha marketingi, axborot mahsulotlari vositasida xizmat ko‘rsatishni tashkil etish to‘g‘risidagi bilimlarni berishdan iborat.
Hozirda kutubxona va axborot xizmatlarining asosiy faoliyati ular tomonidan yaratiladigan axborot mahsulotidir.
GOST 7.0-99 “Axborot kutubxona faoliyati, bibliografiya. Terminlar va atamalar” standartida bu tushunchaga quyidagicha ta’rif berilgan:
“Axborot mahsuloti bu - axborot tizimini faoliyati natijasidagi hujjatlar, ma’lumotlar bazasi va axborot xizmatlaridir”.Axborot mahsulotlari bir shaklda yoki materiallashgan holda bo‘lgan taqdirda uni axborot mahsuloti deb atash mumkin. Masalan, axborot mahsuloti sifatida dayjeseylar, analitik obzorlar, bibliografik ko‘rsatkichlar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Axborot mahsuloti tarkibiga axborot xizmatlari ham kiradi. Masalan, og‘zaki spravkalar, bibliografning maslahatlari va h.k. kiradi. Axborot mahsulotlarini iste’molchilarga ya’ni foydalanuvchilarga to‘g‘ri etkazib berishdan oldin sifatli axborot xizmatini ko‘rsatishdan oldin axborot klassifikasiyalanishi lozim.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek axborot mahsuloti bir shaklda yoki materiallashgan holda bo‘ladi deb o‘tdik lekin materiallashgan axborot mahsulotlari ham ko‘rishimiz mumkin. Bunga ko‘rgazmalar, taqdimotlarni misol keltirishimiz mumkin.
Xizmat ko‘rsatish sifatini uni foydalanmasdan bilish mumkin emas. Masalan, elektron katalogdan foydalanmasdan oldin, xizmat ko‘rsatish samaradorligini bilish foydalangandan keyingina bilish mumkin bo‘ladi.
Xizmat ko‘rsatish sifati har doim ham sifatli bo‘lavermasligi. Masalan, bibliografga bir vaqtning o‘zida bir necha kishi murojat qilishi mumkin. Bu esa xizmat ko‘rsatish sifatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Foydalanuvchi ehtiyoji vaqtidan kechikkan holda etkazilsa, bu axborot maxsuloti keraksizga chiqadi. Yoki imtixon vaqtida talaba kitob uchun eng uzoq kutubxonaga borishi mumkin, lekin imtixon o‘tgach u manbani uyga olib kelib berilsa ham uni keragi bo‘lmaydi. Axborot maxsuloti va xujjatlarining istemol sifati - foydalanuvchilarni aniq talablarini qondira olish bilan belgilanadi. Iste’mol sifati aniq maxsulot va xujjatlarga bo‘lgan talab, ularni qiymatini belgilaydi. Axborotga bo‘lgan talablarni xarakterlar ekanmiz, A.Yannovskiyning fikriga birinchi navbatda axborot mahsuloti ishonchliligi, o‘z vaqtidaligi, dolzarbligi, obektivligi va qimmatliligi deb belgilaydi.
Yana bir tadqiqotchi M.S.Pilko axborot maxsulotlari va xujjatlarini xarakterlashda bir qancha yangi sifatlarni joriy etadi: axborotni zudlik bilan etkazib berish, berilgan ma’lumotlarni aniqligi, asosiy va turdosh bilim sohalariga tegishli bo‘lishidir.
Oldin “Kutubxonachilik” sohasidagi olimlarning klassifikasiyalardagi asosiy kamchiligi uni axborot xizmatlarini faqat kutubxonalar tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar bilan chegaralanganligida ko‘rish mumkin. Misol qilib, AKM oladigan bo‘lsak, axborot xizmatini ko‘rsatishda eng avvalo foydalanuvchi talabi va qiziqishi o‘rganiladi. Foydalanuvchining qiziqishini o‘rganishda quyidagi usullar qo‘llaniladi: mantiqiy usul, statistik usul, kuzatish, suhbat, jamoa bo‘lib muhokama qilish, so‘rovnoma, og‘zaki so‘rash, tajriba, xujjatlar tahlili, kitobxon tarjimai holi, foydalanuvchi mulohazasidir.
Foydalanuvchi qiziqishini o‘rganishning umummilliy va mahsus usullari mavjud. Foydalanuvchi axborotga bo‘lgan qiziqishi o‘rganishda statistik usul eng muhim usullardan biri hisoblanadi. Uni asosiy qonuniyatlari aniq ma’lumotni zaruriy munosabat bilan taqqoslash uchun imkoniyat yaratishdir. Statistik usul xisobot ma’lumotlariga asoslanib tahlil qilinadi. Bu manbaga kutubxona kundaligi va yillik statistik xisobot kiradi.
Kuzatish usuli. Foydalanuvchi qiziqishini o‘rganishda bu usul xam muhim ahamiyatga ega. Bu usul kutubxonachidan ziyraklik, sezgirlik, va sermashaqqatlikni talab qiladi. Kuzatish aniq maqsad asosida tashkil etilib ma’lum belgilangan vazifani aniqlashga qaratilgan bo‘ladi. Kuzatish usulidan foydalanishda kutubxonachi foydalanuvchi bilan muloqot asosida bevosita bog‘lanadi va o‘rtadagi shakllangan fikrlarni dastlabki ma’lumot sifatida xisobga olib boradi.
Suhbat usuli. Foydalanuvchi va kutubxonachi o‘rtasidagi turli usullari takrorlanib turishi bilan ajralib turadi. Masalan, a’zo etish davrida, adabiyotlarni tavsiya etish davrida, adabiyotni qaytarib olish davridagi jarayonlardir.
So‘rovnoma usuli. So‘rovnoma usuli foydalanuvchini har tomonlama o‘rganish usulidir. So‘rovnoma usuli foydalanuvchi qiziqishini yozma so‘rash tarziga asoslanadi. Yozma ravishda foydalanuvchilar qiziqishi o‘rganilar ekan, to‘plangan ma’lumotlarga asoslanib xulosalar chiqariladi va tahlil qilinadi. So‘rovnoma sodda, ravon, aniq jumlalar bilan yozilishi va javob berishga qiyinchilik tug‘dirmasligi lozim.
Tajriba usuli. Bu usulda foydalanuvchi talabini o‘rganish, axborotga bo‘lgan munosabatini keskin oshishi yoki pasayishi, ya’ni kelgusida foydalanuvchilar bilan ishlashni rivojlantirish, barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda, ayrim qonuniyatlarga amal qilish zarurligi g‘oyasi ilgari suradi.
Foydalanuvchi mulohazasi. Yozma yoki og‘zaki bo‘lishi mumkin. Yozma foydalanuvchini mulohozasi axborot kutubxonalari uchun maqbul variant hisoblanadi.
Malumot bibliografik ishlarni taxlil qilish. Bunda foydalanuvchining bibliografik so‘rovlari, ayrim manbalarni izlashi, biror bir mavzu yoki fan sohasiga oid adabiyotlardan xabardor bo‘lish istagi aniqlanadi. Bibliografik so‘rovlar maxsus blankalarda xisobga olinadi hamda ularning bajarilishi nazorat qilinadi.
Axborot etkazish xizmati kutubxona foydalanuvchilarga, ularning muayyan savoli, qiziqishi va muammosiga javob berishi mumkin bo‘lgan axborot manbalarini aniqlashda yordam ko‘rsatish jarayonidir.
|