|
Axborot kutubxona tizimlari
|
bet | 19/33 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 0,57 Mb. | | #126639 |
Bog'liq ААМ ва Х сиртқи услубий кўрсатма (1)Amaliy qism
Amaliy ish mazmuni: Axborot xizmatini ommaviy shakllaridan ommaviy tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazish bosqichlari bo‘yicha quydagilarni amalga oshiradi:
-o‘tkaziladigan tadbir vaqti va joyini belgilaydi
- o‘tkaziladigan tadbir dasturini ishlab chiqadi
- ilg‘or mutaxasislarni qatnashishga jalb etadi
- mutaxasislarga taklifnomalar tayyorlaydi va jo‘natadi
- tashkil etish masalalarini muxokama qiladi, dastur bilan e’lonni tayyorlaydi
-ko‘rgazmaga kerakli narsalarni rasmiylashtiradi
- mavzuiga oid videofilm(slaydlar)ni tayyorlaydi
Ommaviy tadbir dasturini tayyorlashda quyidagilarga e’tibor qaratadi:
- qisqa kirish so‘zi
- dokladlar, obzorlar, xabarlar
- yurtimiz va xorijda masalaning zamonaviy xolati to‘g‘risida ilg‘or mutaxassislarni ma’ruzalari
-mazkur soxadagi tadqiqotlar to‘g‘risida ilg‘or mutaxassislar ma’ruzalari
- yangi imkoniyatlarni amaliyotga kiritish
- yangi kitoblarning mavzuiy obzori
- davriy nashrlardagi chiqishlar muxokamasi
-xorijiy davriylik bilan tanishishda tarjimonlar konsultatsiyasi
- ma’lumotlar bazasi namoishi
- videofilm(slaydovlar) ko‘rsatilishi
- ko‘rgazma, mustaqil ishlarni ko‘rsatish
- MBA orqali tanlangan mutaxassislar arizalarini yig‘ish
Amaliy mashg‘ulotga tavsiya etiladigan metodika. “Xulosalash” metodi bo‘lib, ko‘ptarmoqli, muammoli xarakteridagi mavzularni o‘rganishga qaratilgan metod xisoblanadi. Metodning mohiyati: axborot beriladi va ularning har biri alohida aspektlarda muhokama etiladi.
Amaliy mashg‘ulot “Xulosalash” metodini qo‘llash jarayoni: amaliy mashg‘ulot vazifasini bajarish jarayonida 7-10 daqiqa davomida o‘qituvchi talabani kichik guruhlarga taqsimlab oladi. Har bitta guruhga «Xulosalash» jadvali asosida ommaviy tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazish metodikasini xususiyati, axamiyati va kamchiligi bo‘yicha tahlil qilish topshirig‘i beriladi. Guruhlar mazkur jadvalni 10 daqiqa davomida o‘zaro muhokama etgan holda to‘ldiradi.
|
| |