• USLUBIY KO‘RSATMA Toshkent 2024 Tuzuvchi
  • 1.MUSTAQIL ISH TUZILMASI
  • Axborot kutubxona tizimlari




    Download 38,95 Kb.
    bet1/3
    Sana14.05.2024
    Hajmi38,95 Kb.
    #233812
      1   2   3
    Bog'liq
    1711456044 (2)
    3-topshiriq (2), 1670769151 (1), pul va bank mt, Litva Respublikasi, 13-назорат ҳудуди, dedaktik o\'yinlar kartotikasi, Andijon Barkamol Avlod ishtiroqchilari 2024, Geografiya. 7-sinf (2017, P.G\'ulomov, P.Baratov), Jismoniy tarbiya. 7-8-sinf (2017, T.Usmonxo\'jayev, S.Arzumanov), kollek 3 amaliy, Sultonova Vazira, Tia kumbl leksiya, Iqtisod kurs ishi 1, kolleksiyalarni yaratish

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKASIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

    AXBOROT KUTUBXONA TIZIMLARI” KAFEDRASI




    « KUTUBXONALAR UCHUN MA'LUMOTLAR BAZASINI LOYIXALASH »
    fanidan
    “Kutubxona axborot faoliyati” ta’lim yo‘nalishi talabalari
    uchun mustaqil ishlarni bajarishga doir


    USLUBIY KO‘RSATMA


    Toshkent 2024
    Tuzuvchi:

    Abduzoirov Sh.N. - TATU, «Axborot-kutubxona tizimlari» kafedrasi


    assistenti

    Kutubxonalar uchun ma'lumotlar bazasini loyixalash” fanidan mustaqil ishlarni bajarish uchun uslubiy ko‘rsatma “Axborot kutubxona tizimlari” kafedra yig‘ilishining 2024 yil «___» ________ ___-sonli bayonnomasi bilan tasdiklandi.


    Kafedra mudiri p.f.n., Normatov Sh.B.



    Kirish
    Ushbu o‘quv fani bo‘yicha talabaning mustaqil ishi ma’ruzalar konspekti va tavsiya etilgan adabiyotlar hamda davriy jurnallar, jaxon axborot resurslari, Internet materiallari bilan ishlashni, amaliyot ishlarini o‘tishga tayyorgarlik ko‘rishni, referatlar yozishni, kurs loyihasiga ijodiy yondashib, standart talablariga mos ravishda va hisoblash texnikasidan foydalanib mustaqil ish bajarishni o‘z ichiga oladi.
    1.MUSTAQIL ISH TUZILMASI

      1. Mustaqil ishi quyidagi qismlardan tashkil topishi lozim:

    • Titul varag‘i;

    • Mundarija;

    • Kirish;

    • Mo‘ljallangan mavzuning tahlili va masalani qo‘yilishi;

    • Bo‘limlar

    • Xulosa (yoki mulohaza);

    • Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;

    • ilova (agar lozim bo‘lsa).

      1. Titul varaqa mustaqil ishining birinchi beti hisoblanib, qat’iy ravishda tasdiqlangan qoida bo‘yicha to‘ldiriladi (titul varag‘ining namunasi 1 ilovada keltirilgan); titul varag‘idan so‘ng mundarija joylashtiriladi.

      2. Mundarija – mustaqil ishining qism, bo‘lim va paragraflarining ro‘yxati.Mustaqil ishning bo‘lim va paragraflarining nomlari qisqartirilgan holda yoki tasdiqlangan qoidadan boshqa ko‘rinishda berish mumkin emas.

      3. Kirish qismida quyidagilar o‘z aksini topishi lozim:

    • Mavzuning dolzarbligi;

    • Fan sohasini formal tasnifi;

    • Ushbu sohadagi muammolar va mazkur ishning zarurati;

    • Loyihaning maqsadi va vazifalari (samaradorligini oshirish, sifatini yaxshilash);

    • Masalaning noformal tavsifi (mazkur ishning maqsadi)

      1. Bo‘limda quyidagilar o‘z aksini topishi lozim:

    • Tadqiqot ob’ektining qisqacha tavsifi. Funksional tuzilmasi, tarkibi va masalalarning o‘zaro ta’siri;

    • Ushbu soha muammolarining tahlili va rivojlantirish istiqbollari;

    • Qaralayotgan sohaga nisbatan masallaning umumiy qo‘yilishi – maqsadni formulirovka qilish va yechimga talablar;

    • Mavjud yechimlarni sharhi, ularning ustunliklari va kamchiliklari, qo‘yilgan talablarga mosligi;

    • Masalani qo‘yish va sohani talablarini hamda mavjud yechimlarni kamchiliklarini hisobga olgan holda mazkur ishga talablarni aniqlash;

      1. Mustaqil ishda bajarilgan ishlarning xulosasi «Xulosa» degan bo‘limda keltiriladi. Har bir xulosa asoslangan bo‘lib, qo‘yilgan masalani bajarilganlik darajasi hamda kelgusida rivojlantirish istiqbollari ko‘rsatib o‘tilishi lozim. Faqatgina jiddiy tahlil qilingan va tekshirilgan natijalar asosida xulosa chiqarish tavsiya etiladi. Xulosalar qisqa va lo‘nda bo‘lishi lozim. Har bir xulosa tartiblangan bo‘lib, ularning soni katta bo‘lmasligi kerak.

    Umuman olganda, har bir o‘quvchi ishning “Kirish” va “Xulosa” qismini o‘qib chiqqandan so‘ng ishning maqsadi va erishilgan natijalar bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lishi lozim.

      1. Adabiyotlar ro‘yhatiga muallif foydalangan barcha manbalar kiritiladi.

      2. Mustaqil ishning ilova qismida bajarilgan ishning agar dasturiy ta’minot bo‘lsa dastur kodlari, namoyishga kerakli bo‘lgan ma’lumotlar kiritiladi.


    Download 38,95 Kb.
      1   2   3




    Download 38,95 Kb.