Kataloglashtirish va klassifikatsiyalash fanidan




Download 389,01 Kb.
bet1/4
Sana14.05.2024
Hajmi389,01 Kb.
#233803
  1   2   3   4
Bog'liq
Sultonova Vazira


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Kataloglashtirish va klassifikatsiyalash fanidan


Mustaqil ish

Guruh: 062_21
Bajardi: Sultonova Vazira
Tekshirdi:Sultanova Zuxra

TOSHKENT-2024



Mavzu: Turli bo‘limlarga oid hujjatlarga ishlov berish, KBK asosida klassifikatsiyalash usullari
Reja:

  1. Hujjatlarga ishlov berish

  2. KBK asosida klassifikatsiyalash

  3. Xulosa

  4. Foydalanilgan adabiyotlar.

Zamonaviy Axborot-kutubxona muassasalarida mavzu va turlari bo‘yicha xilma-xil resurslar mavjud. Axborot-kutubxona muassasasiga murojaat qiladigan kitobxonlarning talablari ham xilma-xildir. Kitobxonlarni muayyan muallifning familiyasi, kitobining nomi, muharrirning nomi yoki boshqa belgilari, muassasaning nomi, nashr etgan nashriyotning nomiga o‘xshash m a’lumotlari bo‘lgan kitoblar qiziqtiradi. Ba’zi birlarini soha adabiyotlari, boshqalarni texnik jurnallar, DTSlar, patentlar qiziqtiradi. Ayrim kitobxonlar chet el adabiyotlarini so‘rab murojaat etadilar. Hamma so‘rovlarni qamrab olib javob beradigan yagona katalog tuzishning imkoniyati yo‘q. Kutubxona klassifikatsiyasi 125 yildan buyon o‘quv fani sifatida o‘qitilib kelinmoqda. Shunga qaramasdan, sohaning ushbu yo‘nalishini o‘rganish va ilmiy tadqiqotlar olib borish ishlari yaqin yillardan boshlandi. Bunga zarurat esa ushbu terminning keng o‘rganilmaganligi va ma’lum muammolarning yechilmaganligidir. Kutubxona klassifikatsiyasi bir qancha ma’nolarga ega. Kutubxona javonlaridagi kitoblar yoki boshqa hujjatlarni joylashtirilayotgandagi bu jarayon - kitoblar klassifikatsiyasidir. Bu jarayon kitoblar bilan emas, balki ularning bibliografik tavsifi, ya’ni kataloglar bilan amalga oshirilsa bu - bibliografik klassifikatsiya deyiladi. Axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish nazariyasi va amaliyotida kataloglarning m uhim turlari yaratilganki, ularning har biri ma’lum bir xarakterdagi talablarni qondirishga imkon beradi. Shu kunga qadar mamlakatimiz kutubxonalarida nashr turlariga, fondni qamrab olishiga ko‘ra farqlanadigan kataloglarning bir nechta turlari qo‘llaniladi. Kataloglar bibliografik tavsiflarini guruhlash usullariga ko‘ra asosiy turlarga bo‘lingan. Bu guruhdagi kataloglar orasida eng ko‘p tarqalgani alfavit katalogi, sistemali katalog, predmet kataloglaridir. Bugungi kunda bular qatoriga elektron katalog ham qo'shildi va u amaliyotda keng miqyosda qo‘llanilmoqda. Alfavit katalogda barcha mavjud resurslarining tavsifi mualliflarning ism i-shariflari yoki sarlavhalarning alfaviti bo‘yicha joylashtiriladi. Tasvirlarning shu tartibda joylashtirilishi, birinchidan, muallifi va sarlavhasi kitobxonga m a’lum bo‘lgan aniq bir asarning bor yoki yo'qligini aniqlash, ikkinchidan, muayyan muallifning kutubxona muassasasi fondida mavjud bo‘lgan asarlari bilan tanishish imkonini beradi. Alfavit katalogi kutubxonada biror muallifning qanday kitoblari bor, degan savolga javob beradi. Alfavit katalogini mualliflar katalogi deb ham atashadi. Kitobxonlarning muayyan masalalarga yoki tor konkret masalalarga doir manbalarga bo‘lgan talablari sistemali va predmet kataloglari yordamida qondiriladi.
Sistemali katalogda barcha resurslar ularning fan sohalari bo‘yicha mazmuni va belgilariga qarab guruhlarga ajratiladi. Ular umumiydan xususiyga tomon izchillikda bo‘linadigan tarmoqlarga ko‘ra guruhlanadi. Predmet katalogi tuzilayotganda barcha resurslarning mazm uniga asoslanadi, bibliografik tasviri bilim sohalari bo‘yicha emas, hujjatda bayon etilayotgan predmet nomlarining alfavit tartibiga binoan joylashtiriladi.
Kutubxonalarda yana boshqa kataloglar:
• nomerli katalog,
• xronologik katalog,
geograflk katalog,
• lug'at kataloglari ham mavjud bo‘lib, bunday kataloglar kutubxonalarning turi va tipiga qarab tashkil etilgan. Elektron katalog — elektron kutubxonaning asosiy elementi hisoblanadi. Elektron katalogi bo‘lmagan elektron kutubxonani «elektron kolleksiya» deb atash mumkin. Elektron kutubxona fondi elektron shakldagi resurslardan iborat bo‘lgani sababli, elektron resurslar tavsifmi tuzishga moljallangan «Dublin yadrosi» metama’lumotlaridan foydalanilishi maqsadga muvofiq. M a’lumki, an’anaviy kutubxona kataloglari kutubxona fondidan alohida joyda saqlanadi va katalog kitoblar fondini kitobxonga ochib berishga xizmat qiladi. Kitobxon katalogdan foydalanishi uchun kutubxonaga borishi kerak1. Elektron kutubxona elektron katalogining har bir elektron kartochkasi elektron kutubxonadagi har bir hujjatga bog'langan boladi va undan masofadan turib foydalanish mumkin. Kataloglarning vazifasi bo‘yicha bir-biridan farqi Vazifasi bo'yicha kataloglar 2 ga bo‘linadi:
1. Kitobxon katalogi.
2. Xizmat katalogi.
Kitobxonlar keng foydalanayotgan asarlar bilan bir qatorda eskirib qolgan va ko‘pchilik uchun ahamiyatini yo‘qotgan asarlar ham saqlanayotgan katta fondli kutubxonalarda kutubxona kataloglari o‘z vazifasiga ko‘ra kitobxon katalogi va xizmat kataloglariga bo‘lingan. Kutubxonaning butun asosiy fondini aks ettiruvchi kitobxonlar kataloglari ancha operativ kataloglar hisoblanib, ular doimiy ravishda kitobxonlar ixtiyorida bo‘lib, ularning asosiy talablarini qondiradi. Xizmat kataloglaridan, odatda, kutubxona xodimlari turli ma’lumotlar olish uchun foydalanadilar, lekin bu kataloglar faqat xizmat vazifasi uchungina m o‘ljallanmagan: agar kitobxonlar kutubxonada bor bo‘lgan butun adabiyotlar bilan tanishishlari zarur bo‘lganda, xizm at katalogidan ham foydalanishlari mumkin. Kataloglar guruh usuli bilan bo‘linishidan tashqari hujjat turlari bo'yicha ham bo‘linadi. Masalan: kitoblar katalogi, vaqtli matbuot va davomli nashrlar katalogi, gazeta va jurnallarda bosilgan maqolalar katalogi va boshqalar. Kutubxonalarda olingan gazeta va jurnallarning plakat ko'rinishidagi ro‘yxati kabi kataloglarning eng oddiy shakllari qo‘llanilgan. Uncha katta bo'lm agan bolalar kutubxonalarida turtniket kataloglari ham tashkil qilingan edi. Bunda kitoblarning tasviri o‘zagi atrofida aylanadigan shit joylashtirilgan kartochkali kataloglarda b o lar edi. Kartochkalar lentada joylashgan «chegarasiz tasma» prinsipida harakat qiladigan «panorama» kataloglari ham mavjud bo‘lgan. Alohida qalin qog‘ozlardan tashkil topgan bloknot shaklidagi kataloglar ham borligi tarixdan m a’lum.

Download 389,01 Kb.
  1   2   3   4




Download 389,01 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kataloglashtirish va klassifikatsiyalash fanidan

Download 389,01 Kb.