Kataloglashtirish va klassifikatsiyalash fanidan




Download 389,01 Kb.
bet4/4
Sana14.05.2024
Hajmi389,01 Kb.
#233803
1   2   3   4
Bog'liq
Sultonova Vazira

So‘zli ajratkichlar — butun so‘z (familiya) yoki bir necha so‘zlarni ko‘rsatib, ayni bir so‘zdan boshlanuvchi sarlavha (nom)li kartochkalar ko‘p miqdorda to‘planib qolganda, juda mashhur va tez so‘raladigan mualliflarga qollaniladi. Harf va bo‘g‘ in ajratkichlari odatda biroz turtib chiqqan bo‘ladi: so'zli ajratkichlar eng keng va o‘rtasida biroz turtib chiqqan joyi bo'ladi. Ayrim m uallif familiyalarini ajratib ko'rsatish maqsadida o‘ng tomondan turtib chiqqan, mualliflar jamoasi, nomi (sarlavhasi) yoki kitoblar nomlari uchun chap tomoni turtib chiqqan alohida asar uchun bir o‘ng va bir chap tomoni turtib chiqqan ajratkichlardan foydalaniladi.
Ayrim ajratkichlarda familiyadan tashqari to£liq ismi, otasining ismi, yashagan yillari, faoliyati sohasi, kasbi, ilmiy darajasi, unvoni, faxrli unvoni va muallifi, davlat mukofotiga ega bo£lgan asarlarning nom ini yozishga ruxsat etilgan. Ma’lumot tipidagi ajratkichlar ayni bir joylashtirish so£ziga ega bo£lgan kartochkalarni joylashtirish tartibini ko£rsatish uchun qollaniladi. Masalan: ajratkich bir muallif asarlari, tasvirlari oldindan, ayni bir asarning turli nashrlar oldidan, mualliflar jamoasi tomonidan qilingan tasvirlar oldidan qo£yiladi. M a’lumot tipidagi ajratkichlarni izlash muayyan qiyinchiliklar bilan bog£liq bo£lgan tasvirlar oldidan qo'yish zarur. Bunga sarlavhasi standart so'zlar bilan boshlanadigan nashrlar: «instruksiya», «esdalik», «programma» va boshqalar kiradi. Ma’lumot turidagi ajratkichlar uchun o£rtasi turtib chiqqan ajratkichlar qo£llaniladi. Agar matn ajratkichga sig£masa uning davomi undan keyingi katalog kartochkasiga yoziladi. Bibliografik ajratkichlar - m uallif ajratkichlarining bir turidir. Ularda mualliflar va ularning asarlari haqidagi ma’lumotlar, familiyasi, ismi va otasining ismi, yashagan yillari, m uallif o£z asarlariga bergan taxallusi, mutaxassisligi, ilmiy darajasi, faxrli unvoni, juda qisqa qilib keltiriladi. Katalogda ajratkichlar miqdori qancha bo£lishi kerakligini faqat kitobxonlarning katalogidan foydalanishlarini kuzatish asosida aniqlash mumkin. Kutubxonalar amaliyotida ularni 3 -5 sm dan, ya’ni 60—75 kartochkadan keyin qo£yish qabul qilingan. Shunday qilib 1000 ta kartochka sig£adigan standart katalog yashigiga 15 tadan 20 tagacha ajratkich to£g‘ri keladi. Kartochka va ajratkichlar qo‘yilgan katalog yashiklari va shkaflarga ularning mazmuniga mos keluvchi yozuvlar tayyorlanadi. Yozuvlar yashikning old tomoniga joylashtiriladi. Kutubxonada tarkib topgan amaliyot va katalogning o£lchamlariga ko£ra, yozuvlar har bir yashikdagi birinchi va oxirgi kartochkalar, sarlavhasini yoki faqat tasvirlar sarlavhasi boshlanadigan harf va bo£g£inlarni ko£rsatib turishi mumkin. Katalog shkaflarida belgilangan tartibni saqlash uchun barcha yashiklarni raqamlab chiqish zarur. Yashiklar yoniga qarab (chapdan o‘ngga) yoki yuqoridan pastga raqamlanadi. Yirik kutubxonalarda ikkinchi usul qo‘llaniladi. Kartochka ajratkichlar joy-joyiga qo‘yilib, yashiklarga kerakli yozuvlar qo‘yilgandan so‘ng katalog tashkil etildi, deyish mumkin. Har bir katalog yangi kelgan asarlar tasviri yozilgan kartochkalar bilan to‘ldirilib turilishi talab qilinadi. Kutubxonada kitobxonlarga kutubxona fondi haqida to‘liq va har tomonlama axborot berish, kerakli nashrlarni izlashni ta’minlash, kitoblarni tanlashlarida yordam berish singari natijalarga erishish taqozo qilinadi. Kataloglar har doim ko‘zdan kechirib turilishi kerak.
Katalog tahriri:
1. Kundalik joriy tekshirish.
2. Rejali davriy tekshirishlardan iborat. Joriy tahrir kartochkalarini joylashtirish va katalogdan foydalanish jarayonida amalga oshiriladi.
Bu tahrir:
1. Tasvirlar sarlavhalarining bibliografik tahriri.
2. Kartochkalarni joylashtirishning to‘g‘riligini tekshirish. Kataloglar uzoq vaqt davomida yaratiladi. Kutubxonalarda joriy tahrir bilan birga rejali tahrir ham qilinadi. Kataloglarning joriy tahriri qanchalik puxta qilinmasin, baribir undagi barcha xato va nuqsonlarni bartaraf etib boimaydi. Joriy tahrir davomida nuqsonlarning barchasi aniqlanmasligi mumkin, ikkinchidan aniqlanganda ham jiddiy ish olib bormay turib hammasini tuzatib boimaydi.
Rejali tahrir:
1. Kartochkalarni katalogda joylashtirilishini tekshirish.
2. Tasvirlarni «yagona qoidalar»ning so‘nggi nashriga binoan to‘g‘riligini aniqlash.
3. Tasvirlar sarlavhalarining to‘liqroq va aniq formasiga keltirish uchun bibliografik tahrir qilish (ismi, otasining ismi, uning to‘liq yozilishi, mualliflarni aniqlash, familiyasi bir xil mualliflarni chegaralash)
4. Katalogni ajratkichlar bilan ta’minlanganligini va katalogumuman qay darajada rasmiylashtiriganligini tekshirish jarayonlaridan tashkil topadi. Kataloglarni rejali tahriri ikki yo‘l: yalpisiga va tanlab tekshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Yalpisiga tekshirish katalogiga kiritilgan barcha tasvirlar ketma-ket, harfm a-harf tahrir qilishni nazarda tutadi. Tanlab tekshirish katalogning ayrim qismlarida o‘tkazish nazarda tutiladi. Tanlab tahrir qilishda ayrim nozarur uchastkalar tekshirilmay qolishi mumkin.

Xulosa
Kataloglar kutubxona ro‘yxatidan chiqarilgan kitoblarning yordamchi kartochkalarini olib tashlash hamda katalogda kerakli barcha qo'shimcha, seriya, analitik tasvirlar, havola va ma’lumotnoma kartotekalari bor-yo‘qligini, yashiklarni ajratkichlar bilan ta’minlash darajasini puxta tekshirishlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Katalogni tahrir qilishda hatto kichik kutubxonalar katalogining o‘zidagi materiallar bilan cheklanib bo'lmaydi. Bunda qo‘shimcha ravishda ensiklopediya, spravochnik, bibliografik ko‘rsatkichlardan, ba’zan esa kitobning matnini ko‘rib chiqish foydadan xoli bo‘lmaydi. Alfavit katalogini tahriri tasvirlarni kitob fondi bilan taqqoslashni (to‘liq va qisman) ba’zan kitoblar, sistemali, katalog, kitoblar formulyarlaridan shifrlarni almashtirishni shart qilib qo‘yadi.



Foydalanilgan adabiyotlar
1.Ganiyeva Barno Ilhomovna “Axborot-kutubxona katalogi va fondi”
Download 389,01 Kb.
1   2   3   4




Download 389,01 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kataloglashtirish va klassifikatsiyalash fanidan

Download 389,01 Kb.