Fondlarni to‘liq aks ettirish bo‘yicha kataloglarning bir-biridan farqi




Download 389,01 Kb.
bet2/4
Sana14.05.2024
Hajmi389,01 Kb.
#233803
1   2   3   4
Bog'liq
Sultonova Vazira

Fondlarni to‘liq aks ettirish bo‘yicha kataloglarning bir-biridan farqi
Mavjud fondni qamrab olishga qarab, bosh katalog va ayrim fond kataloglari va fond qismlari kataloglari tuzilishi mumkin. Katalogda butun fond yoki m a’lum sabablarga ko‘ra uning oz qismi aks ettiriladimi-yo‘qmi, bundan qat’i nazar kutubxona ka-taloglari kutubxona fondini to‘liq aks ettirishi jihatidan birbiridan farq qiladi. Fondni ancha to‘liq aks ettiruvchi kataloglar asosiy kataloglar deb ataladi. Bosh katalog — bu kutubxonaning asosiy katalogi hisoblanadi. U kutubxonada mavjud barcha fondlardagi resurslarning bibliografik tasvirini qamrab olgan bo‘lishi kerak. Kutubxonalarda kataloglarni hujjatlar turlariga qarab ajratadilar. Odatda, faqat kitoblarni, ammo uni maksimal darajada to‘liq aks ettiruvchi katalogga — bosh katalog deyiladi. Ayrim hujjat turlarining kataloglari — kutubxona bosh katalogiga tarkibiy qism bo‘lib kirib, kitoblar katalogini to‘ldiradi. Bosh katalog ham xizmat katalogi, ham kitobxon katalogi bolishi mumkin. Ular tuzilishiga qarab Alfavit katalog, Sistemali katalog, Predmet katalog bo‘lishi mumkin. Asosiy katalog bilan bir qatorda har qaysi bo‘limlarda ham katalog tuzilgan — masalan: abonement katalogi, o‘quv zali katalogi, ko‘chma fond katalogi va boshqalar. Kutubxona ishida yig‘ma katalog deb atalgan kataloglarning ahamiyati katta. Kataloglarning yuqorida ko'rib chiqilgan turlaridan farqli o‘laroq, yig‘ma kataloglar bir necha mustaqil kutubxonalarning fondlarini aks ettiradiki, bu kutubxonalar o‘rtasida kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishda muayyan o'zaro yordam ko‘rsatishni tashkil qilish maqsadga muvofiq1. Jumladan, bir shahar yoki tumandagi, bir viloyat yoki respublikadagi kutubxonalarning fondlarini aks ettiruvchi territorial yig‘ma kataloglar; bilimning bir tarmog‘iga yoki bir ixtisosga doir kutubxonalarning fondlari uchun tarm oq yig‘ma kataloglari, bir idora, muassasa yoki tashkilotga tegishli kutubxonalarning fondlari uchun rasmiy yig‘ma kataloglar tuzilishi mumkin. Yig‘ma kataloglar ba’zan bunday belgilarni o‘zlarida birga aks ettirishlari mumkin, masalan, bir shahar kutubxonalarining tibbiyotga doir adabiyoti uchun tuzilgan yig‘ma kataloglar ayni vaqtda ham territorial, ham tarmoq kataloglari bo‘ladi. Bir necha kutubxonalar fondini aks ettiruvchi yig‘ma kataloglar tajribada sinovdan o'tganligi ma’lum. Markaziy kataloglar — filiallari mavjud bo‘lgan kutubxonalarda tuzilgan. Kitobxonlarning kitoblar va boshqa nashrlarga bo‘lgan talabini qondirilishi kataloglarning formalariga ham bog‘liq. Kutubxonalar xilma-xil formadagi kataloglardan foydalandilar. Turniketli, plakat shaklidagi, panoramali kataloglar haqida yuqoridagi m a’lumotlar kiritilgan edi. Biroq katalogning eng ko‘p tarqalgan formasi kitob va kartochka formasidir. Juda uzoq yillar katalogning kitob formasi asosiy bo‘lib xizmat qilib kelgan. Oldin kitob - kataloglar kitoblarning qo‘lda yozilgan ro‘yxatidan iborat edi. Kitob bosish kashf etilgach, bosmaxona usulida tayyorlangan kataloglar paydo bo'ldi. XIX asrning oxiri XX asr boshlariga kelib, kartochkali formasi kutubxonalarda ishlatila boshladi. Bu katalogning afzalligi shundaki, hujjatning bibliografik tasviri alohida kartochkalarda berildi va ular maxsus yashiklarga qattiq tartib ostida joylashtirildi. Kitob katalogi ixchamligi bilan o‘z yutug‘iga ega edi. 10 000 tomlik hujjat fondi tasvir formati o‘rtacha bo‘lgan 500—600 betli kitobga sig‘adi. Shuncha kitobni kartochkali katalogda aks ettirish uchun taxm inan lm 2 joyni egallovchi 14—16 katalog yashikchasi yoki shkaf-javon kerak bo'ladi1. Hujjatlarni tasvirini belgilangan nam una (7,5x12,5 sm)dagi katalog kartochkalarida amalga oshirildi. Bu format deyarli barcha kutubxonalarda hozirgacha qo‘llanilib xalqaro format nomini oldi. H ar bir kartochka enining o‘rtasida pastki chetidan 0,75 sm oraliqda teshikcha bo‘lib, undan yashikdagi kartochkalarni metall sterjen yordamida mahkamlab qo‘yish uchun foydalaniladi. H ar bir yashikchaga odatda 800 tadan 1000 tagacha kartochka joylashtiriladi. Axborot-kutubxona muassasalaridagi mavjud resurslar targ'ibotida, kutubxona fondlari boyligini ochish, tobora o‘sib borayotgan axborot oqimidan foydalanishda kataloglardan tashqari boshqa bibliografiya vositalari, adabiyotlar ro‘yxati, bibliografik obzor, bibliografik ko‘rsatkichlar, kartoteka va internet ma’lumotlari majmuyi ham amalga oshirildi. Bulardan tashqari, bibliografik qo‘llanm alarning barcha turlaridan kutubxona kataloglariga eng o‘xshashi bibliografik kartotekalar hisoblanib, ular kutubxona ma’lumot - bibliografik apparatining mustaqil qism ini tashkil etadi. Kartotekaning katalogdan asosiy farqi shuki, katalog kutubxona fondida aniq mavjud nashrlarni aks ettiradi. Kartotekaning mazmuni ko‘pincha kengroq bo‘ladi, unga kitob, maqola va boshqa materiallarning kutubxonada aniq bo‘lish-bo‘lmasligidan qat’i nazar tasviri kiritiladi.

Download 389,01 Kb.
1   2   3   4




Download 389,01 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fondlarni to‘liq aks ettirish bo‘yicha kataloglarning bir-biridan farqi

Download 389,01 Kb.