Alfavit katalogni tashkil qilish xususiyatlari




Download 389,01 Kb.
bet3/4
Sana14.05.2024
Hajmi389,01 Kb.
#233803
1   2   3   4
Bog'liq
Sultonova Vazira

Alfavit katalogni tashkil qilish xususiyatlari
Alfavit katalog - mualliflar familiyalari, muallif sifatida qabul qilingan muassasa va tashkilotlar, asarlarning sarlavhalarining alfavit tartibida joylashtirilgan katalogidir. U har bir kutubxona kataloglari sistemasida majburiy, tarkibiy qism hisoblangan1. Hozirgi zamon Axborot-kutubxona muassasalarida u elektron katalog bilan bog‘liqdir. Alfavit katalogi kutubxonada axborot, qidiruv spravka (ma’lumot) beruvchi vazifalarni bajaradi. Chunki, ma’lum muallifning barcha asarlarini ularning mazmunidan, shu shaxs mustaqil m uallif yoki muallifdosh, m uharrir yoki tarjimon, tuzuvchi yoki sharhchi va shu kabilar sifatida ishtirok etishidan qat’i nazar bir joyga to‘plash imkonini beruvchi, ya’ni katalogda mualliflar kompleksini hosil qiluvchidir. Alfavit katalogi kutubxona fondini mualliflik belgisi bo‘yicha ochib beradigan va kitobxonga muallifning familiyasi, jam oaning nomi, nashrning sarlavhasi bo'yicha m a’lum boigan kitobni izlashni ta’minlaydi, uning axborot va qidiruv vazifalarini bajaradi. Alfavit katalogini Mualliflar kompleksi, deb aytilishi bejiz emas, chunki boshqa hech bir an’anaviy katalogda kutubxona fondining mazmuni bu katalogchalik ochib berilmagan. Asarlari fondda mavjud bo‘lgan mualliflarning hammasi alfavit katalogida aks ettirilavermaydi, shuning uchun «mualliflar kompleksi» terminini shartli deb tushunmoq kerak. To‘rt va undan ortiq mualliflar to monidan yozilgan kitoblarni tasvirlashda qo‘shimcha tasvir sifatida, odatda, birinchi muallif familiyasiga qo‘shimcha tasvir beradi. To‘plam, asarlar, ilmiy ishlarga kiritilgan maqolalardagi barcha mualliflarning ismi-shariflari aniq ko‘rsatilmaydi. Alfavit katalogining ma’lumot beradigan vazifalari bosh (asosiy) alfavit katalogi yordamida amalga oshiriladi. Kutubxonalarni komplektlash, qancha kitob borligini va necha nusxada ekanligini tekshirish zarur bo‘lganda, yangi kitoblarga ishlov berish, bibliografik qo‘llanmalarni tuzishga aloqador har qanday ma’lumotlar ana shu bosh (asosiy) katalogdan olinadi. Alfavit katalogi resurslarni targ‘ibot qilish vositasi bo‘lib, u xizmat qilish va kitobxonlarga o‘zlarini qiziqtirgan asarlarini topishlarida yordam berish va shu orqali ayrim darajada yangi qiziqishlarini uyg‘otishi mumkin. Kutubxona fondini mualliflar tarkibi bo‘yicha ochib berish qimmatli ahamiyatga ega. Alfavit katalogining asosiy xususiyati - u bilan ishlashning oddiyligidir. Qidirilayotgan resurs haqidagi asosiy bibliografik m a’lum otlarni bilish, alfavit katalogidan uni topish uchun yetarlidir. Kitobxon resurs haqida zarur ma’lumotlarni bilmasa ham yordamchi tasvir va yordamchi kartochkalar vositasida uni topa olishi mumkin. Yo‘naltiruvchi va ma’lumot beruvchi kartochkalar yordamchi kartochkalarga ham taalluqlidir. Yordamchi kartochkalar, yordamchi tasvirlardan jiddiy farq qiladi, chunki ularda bibliografik tasvir bo‘lmaydi* va biror muayyan nashrga bog‘liq emas. Yo‘naltiruvchi (ссылочные) kartochkalar ikki turga bo‘linadi. 1. Umumiy kartochkalar. 2. Xususiy kartochkalar. Umumiy yo‘naltiruvchi «qarang» (cm .) so‘zi — kitobxonni rad etilgan m uallif familiyasi yoki muassasa nomidan tasvir sarlavhasida qabul qilingan formaga yo'llaydi1. Ayrim mualliflar o‘z asarlarini haqiqiy familiyalari ostida, boshqalari esa bir yoki bir necha taxallus ostida nashr ettiradilar. Ayrimlari esa asarlarini ham familiyalari bilan ham taxalluslari bilan nashr ettiradilar. Alfavit katalogida ayni bir muallifning asarlarini, doimo bir xil nomida, ya’ni eng ko‘p tanish bo'lgan haqiqiy familiyasida yoki taxallusida aks ettiriladi. Xususiy havolalar «shuningdek, qaralsin» (см. также) so‘zlari yordamida o‘zaro bir tasvir sarlavhasidan boshqasiga mazkur katalogda qabul qilinganiga yo‘llaydi. Yo‘naltirishning bu turi asosiy nomi o‘zgargan muassasa yoki tashkilotlarning rasmiy nashrlarini tasvirlashda qo‘llaniladi. Yirik kutubxonalarda xususiy havolalar turli alfavit qatoridagi bir xil sarlavha (kitob nomlari)ni bog‘lashda ham qo‘llanishi mumkin. M a’lumot kartochkalari ham havolalar singari tasvirga ega bo'lmaydi. Ular katalogda muayyan yakka yoki mualliflar jamoasining asarlarini qidirib topishga mo‘ljallangandir. Tipovoy sarlavha (nom)lar uchun bir m arta tuzilgan m a’lumot kartochkalari bir qator qo‘shimcha tasvirlarning o‘rniga qo‘llaniladi, bu katalogni ortiqcha kartochkalar bosib ketishidan saqlaydi, shu bilan birga kutubxonachining vaqti ham tejaladi. Bosh (asosiy) alfavit katalogida kutubxona fondi haqidagi barcha m a’lumotlar to‘planishi va uning kataloglarida ochib berilgan bo‘lishi kerak. Bunga kutubxona belgilari, ya’ni xizmat yozuvlari yordamida erishiladi. U lardan biri kartochkaning oldi tomoniga, ikkinchisi orqa tomoniga yoziladi.
Kutubxona belgilariga:
• inventar nomeri;
• yordamchi tasvirlar haqida ma’lumot;
• to liq indeks;
• predmet rubrikalari taalluqlidir.
Shifr — matbuot asarini tokchadagi o‘rnini shartli belgisidir. Alfavit katalogidan asosiy va barcha yordamchi tasvirlarning kartochkalarida, shuningdek, boshqa katalog va kartotekalarda old tomonining yuqori chap burchagida ko‘rsatiladi. Inventar — tartib raqami bo'lib, mazkur asar kutubxonaga keltirilganda shu raqam bilan inventar daftariga kiritilgan Inventar raqamning kartochkalarda ko'rsatilishi mazkur kitobdan qancha nusxasi borligini tezda aniqlash imkonini beradi. Ular (bosh) asosiy alfavit katalogi kartochkasining orqa tomonida ko'rsatilgan. Kitoblarning inventar-formati bo‘yicha joylashtiriladigan hamda inventar raqami ayni bir vaqtda kitobning shifri xizmatini o‘taydigan kutubxonalar bundan mustasnodir. Yordamchi tasvirlar haqidagi m a’lumotlar — yordamchi tasvirlardan qaysi biri alfavit katalogiga asarning asosiy tasvirlariga qo‘shimcha sifatida kiritilganligini aniqlash imkonini beradi. Bunday ma’lumotnomalar kutubxona fondidan chiqarilgan kitoblar kartochkalarini olish jarayonini osonlashtiradi va tezlashtiradi. Yordamchi tasvirlar haqidagi ma’lumotlar, odatda, faqat bosh alfavit katalogi kartochkalari asosida tayyorlanadi. To‘liq indeks — kitob sistemali katalogining qaysi bo‘limida turganligini aks ettiradi, alfavit va sistemali katalogning asosiy kartochkalariga qo‘yiladi. Predmet rubrikalari kitobning predmet katalogida qanday aks etttirilganligini ko‘rsatadi. Yana u alfavit katalogini predmet katalogi bilan bog‘lab oxirgisidan ro‘yxatdan chiqarilgan kitoblar tasvirlarini olishni tezlashtiradi. Predmet pubrikalari asosiy tasvirning orqa tomonidan yordamchi tasvirlar haqidagi ma’lumotlardan biroz pastroqda ko‘rsatiladi.
Katalogni tashkil etish o‘zaro uzviy bog'langan quyidagi jarayonlardan:
1. Katalog pasportini tuzish.
2. Kartochkalarni joylashtirish.
3. Katalogni rasmiylashtirish.
4. Katalogdan foydalanishda yordamchi qo‘llanmalar tuzish.
5. Katalogni tahrir qilishdan iborat murakkab ishlardan tashkil topgan.
Bular barcha kataloglarni tashkil etish uchun asosiy bo'lgan operatsiyalar tarkibida aks ettiriladi.
Har bir katalogni tashkil qilishning xususiyati - uning pasporti - katalog haqidagi asosiy ma’lumotlar qayd etilgan xizmat hujjatini tuzishdan boshlanadi. Alfavit katalogiga monand — bu katalog tashkil etilgan sana, uning maqsadi, fondining qamrovi, tasvir uslubiyati, yordamchi tasvirlarning qollanilishi, katalogga tegishli yordamchi qo‘llanm alarning borligidir. Alfavit katalogini tuzishni faqat texnik ish deb, kartochkalarni alfavit tartibi va joylashtirishdan iborat deb qarash xato hisoblanadi. Alfavit katalogida kartochkalarni joylashtirish bosma mahsulotni tasvirlash uslubiyoti bilan bog‘lanadi va tasvirning asosiy qoidalari asosida tuziladi. Adabiyotlarni juda tez topish va katalogdan foydalanishning qulayligi kartochkalarni joylashtirish usullariga bog‘liq. Alfavit katalogining vazifalariga ko‘ra kataloglarni joylashtirishning asosiy metodi - qat’iy alfavit hisoblanadi. Tasvirlar ularni boshlanish so‘zlaridagi harflar tarkibiga qarab joylashtiriladi. Familiya, muassasa va tashkilot, sarlavha (nom) bilan qilingan tasvirlar yagona alfavit qatoriga joylashtiriladi. So‘ngra nom (ism) yoki butun gaplarni alfavit bo‘yicha joylashtirishning ikki usuli ma’lum. Birinchi usuli «so‘z» ketidan «so‘z», ikkinchi usuli «harf» ketidan «harf» nomini olgan. Kitobxon zarur nashrni juda tez topishida, shuningdek, ayrim yakka va mualliflar jamoasining asarlarini targ‘ibot qilishga yordam berish uchun ayrim hollarda tasvirlarni kutubxonada alfavit tartibida guruhlash o'rniga logik «mantiqiy» komplekslar yaratish maqsadlidir. Masalan: bir muallifning ham alohida, ham asarlari to‘plamlari bo‘lsa, bu barcha asarlarning tasvirlarini 2 guruhga bo‘lib joylashtirishni tashkil etiladi.
Birinchi guruhiga asarlar to‘plamlari aks ettirilib, ular guruh ichida nomlari alfavit tartibida emas, balki nashrlar toliqligi kamayib boruvchi mantiqiy tartibda joylashtiriladi.
• tola asarlar to‘plami;
• asarlar to‘plami;
• asarlar;
• tanlangan asarlar;
• saylangan asarlar.
Bu asarlar to‘plami, masalan, hikoyalar, kundaliklar, biror asarning ayrim qismlari, parchalarning tasvirlaridan qat’i nazar ikkinchi guruhga kiradi. Tasvirlar ikkinchi guruh doirasida nomlar bilan joylashtirish umumiy qoidalariga binoan nomlar (sarlavhalar)ni birinchi so‘zlaridagi alfaviti bo‘yicha joylashtiriladi. Kataloglarni rasmiylashtirish deganda kartochkali alfavit kataloglarida ajratilgan va yashiklardagi yozuvlar vositasida rasmiylashtirish tushuniladi. Alfavit kataloglarida turli formadagi: o‘rtasi turtib chiqqan, kartochkaning eniga — o‘ng va chap tomoniga 2/3, 1/3 va j turtib chiqqan ajratkichlar qo‘llaniladi.
Ular o‘z vazifalariga ko‘ra:
• alfavit katalogida mo‘ljallash uchun;
• m a’lumot tipidagi;
• bibliografik turdagi ajratkichlarga bolinadi.
Alfavit katalogida mo'ljallash uchun harf, bo‘g‘in va so‘zli ajratkichlar taalluqlidir. Harf ajratkichlar mazkur harfdan boshlanuvchi tasvirlarni cheklaydi. Bo‘g‘in ajratkichlari mazkur bo‘g‘in yoki bir necha bo‘g‘indan boshlanuvchi tasvirlarni ajratadi. Harf va bo‘g‘in ajratkchilari odatda kichik kataloglarda ishlatiladi.

Download 389,01 Kb.
1   2   3   4




Download 389,01 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Alfavit katalogni tashkil qilish xususiyatlari

Download 389,01 Kb.