http://web-journal.ru/
Часть-10_ Том-5_
Декабрь -2023
ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ
70
BIZNES JARAYONLARINI BOSHQARISHDA
FIKRLASH-DIZAYNINING XUSUSIYATLAR
Masharipova Lobar Iskandar qizi
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti To’rtko’l fakulteti
2-kurs talabasi
Kalit so’zlar: Biznes jarayoni; biznes
jarayonlarini ishlab chiqish; fikrlash
dizayni haqida tushuncha; dizayinni fikrlash yondashuvining muhim elementi
Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqola Bugungi
kunda biznes jarayonlarni
loyihalash har bir biznesni tashkil etishning zamonaviy yondashuvning asosi bo 'lib
xizmat qilmoqda, uning eng muhim yo 'nalishlaridan biri reinjiniringdir. Reinjiniring
asosiy maqsadi zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda
tashkilot boshqaruv tizimini tubdan yangilash tushuniladi.
Biznes faoliyatini tahlil
qilish va baholashda, korxona kelajagini belgilashda biznes
jarayonlari loyihalash
muhim rol o 'ynaydi. Loyihalash -bu maxsus metodologiya yordamida voqelikni aks
ettirish jarayoni. Maqolada biznes jarayonlarini loyihalashning asosiy yondashuvlari,
usullari va vositalari haqida fikr yuritdik va muallif xulosa va takliflarini
shakllantirildi.
Mavjud biznes jarayonlari oqimini tushunish ularning samaradorligi va sifatini
baholash imkonini beradi va biznesni qo’llab-quvvatlovch
IT infratuzilmasini
rivojlantirish uchun zarurdir.Har qanday biznes tizimi moliyaviy boshqaruv,ishlab
chiqarish,sotish kabi funktsiyalarga ega bo’lishi kerak. Zamonaviy boshqaruv tizimi
har bir rahbardan fikrlash dizayniga ega bo’lishini talab qiladi.
Fikrlash dizaynining an’anaviy fikrlashdan asosoiy
farqi tanqidiy tahlil
emas,balki jarayonga ijodiy yondashuv bo’lib, kuzatilmagan g’oyalar muammoni hal
etishning eng yaxshi yo’lini namoyon etishi mumkin. Dizayn muammoni hal
qilishdir.Dizayner-muammoni hal qiluvchi shaxs.Muammoni
hal qilish,samarali
yechim topish uchun avvalom bor tadqiqot o’tkazish va muammoni aniq belgilab
olish,so’ngra asosiy e’tiborni muayyan
asosiy narsaga qaratish,g’oyalar ishlab
chiqish va ularning orasida eng yaxshilarini tanlab olish va sinovdan o’tkazish zarur.
Fikrlash dizayni doimo birinchi o’ringa foydalanuvchi so’rovlarini qo’yadi va
faqat shundan keyingina texnik amalga oshirish
imkoniyatlari va iqtisodiy
imkoniyatlarga e’tibor qaratiladi.