7 Lecture
YANGI MAHSULOTLARNI ISHLAB CHIQARISHGA TAYYORGARLIKDA ISHLAB CHIQARISH USKUNALARI VA JARAYONLARINI YAKUNIY LOYIHALASH VA ISHLAB CHIQISH
Reja:
Texnologik uskunalarni tanlash va hisoblash
Mashina va apparatlarni kerakli sonini aniqlash.
Texnologik jarayonlarning grafiklari
Paypoq to`qish uskunasi
Texnologik uskunalarni tanlash va hisoblash.
Texnologik uskunalarni tanlashda quyidagi talablarga rioya qilish kerak. Uskunalar uzluksiz ishlaydigan, konstruqtsiyasi oddiy, oson boshqariladigan, kam miqdorda bug’, elektrenergiya, suvni sarflaydigan bo’lishi shart. Tanlangan uskunalarni tozlash, remont qilish oson, xom ashyoni to’liq qayta ishlab, chiqindilar va yuqotishlar kam, ishlab chiqariladigan mahsulot yuqori sifatli bo’lishi shart.
Apparatlar qilingan material tez topiladigan, arzon bo’lib, zanglamaslik kerak va mahsulot sifatiga ta‘sir qilmaydigan bo’lishi kerak.
Masalan, tomat-pasta ishlab chiqariladigan liniyada mis uskunalari po’latga almashtirildi. Murabbo, jem, povidlo kabi mahsulotlarni tayyorlash uchun esa misdan yasalgan uskunalar qo’llaniladi. Ularda issiqlikni o’tkazish koeffitsienti yuqori bo’ladi, shu sababli pishirish jarayoni tez o’tadi, shakarning yuqori kontsentratsiyasi esa misning zanglashiga tuskinlik qiladi.
Uskunalar avtomatik, yarim avtomatik va avtomatik bo’lmaganlarga ajratiladi. Avtomatik uskunalarning o’lchamlari kichik, ishlab chiqarish quvvati esa yuqori bo’lganligi sababli ularni ishlatish qulayrok hisoblanadi. Lekin uskunalar tanlaganda ularni to’liq ishlatilishi ham hisobga olinadi. Ayniksa, vakuum-bug’latish apparatlar (tomat-pasta, murabbo, povidlo ishlab chiqarish uchun), qovurish qozonlar, presslar, blanshirovatellar, yopish mashinalar, sterilizatorlardan to’liq foydalanish juda muhim.
Loyihada tanlangan uskunalarning texnik tavsifi beriladi.
|