l- transportyor uzunligi, m;
υ- transportyor tezligi, m/sek.
Bug’latish jarayonining davomiyligi (davriy aparatlarda) issiqlik hisobi orqali aniqlanadi.
Misol. «Baklajon ikrasi» konservasini ishlab chiqarish texnologik jarayonining grafigini to’zish.
Liniyaning ishlab chiqarish quvvati 2,5 t/soat. Mahsulot 82-500 bankalarga qadoqlanadi. Ish kuni soat 8 boshlanadi
Texnologik sxemasi quyidagi operatsiyalardan iborat:
1) yuvish
2) tozalash, saralash;
3) kesish;
4) xom ashyoni qovurish va yog’larni okizish;
5) maydalash;
6) aralashtirish;
7) qadoqlash;
8) bankalarni yopish
9) sterilizatsiya va sovutish;
10) omborda tayyor mahsulotiga oxirgi ishlov berish. τ
Har bir operatsiyaning davomiyligini aniqlaymiz.
1. Yuvish. Ventilyatorli yuvish mashinada transportyorning uzunligi 6m; tezligi 0,15 m/sek. Xom ashyoni harakatlanish vaqti. τ = 6 / 60 * 0,15 = 0,6min.
2.Tozalash, saralash. Bu operatsiyalar transportyorda o’tkaziladi. Uning uzunligi 6-8m, tezligi 0,1-0,15 m/sek. Harakatlanish vaqti: τ = 8 / 60 * 0,1 = 1,3 мин.
3.Kesish. Kesish mashinadan kesilgan baklajon birdaniga chiqishga boshlaydi.
4.Qovurish. Qovurish qozonga xom ashyo uzluksiz tushiriladi va kesish mashinasi bilan birga qushiladi.
Shunday qilib 1-4 operatsialar soat 8da boshlanishi mumkin. Sabzavotlarni qovurish va yog’larni okizish vaqti 10-15 min davom etadi.
5 Maydalash. Maydalashga xom ashyo 8s 15min kelib tushadi.
6. Komponentlarni aralashtirish. Bu operatsiya davriy apparatlarda o’tkaziladi.
Aralashtirgichning hajmi 300kg, ishchi hajmi butun hajmidan 80% tashkil etadi. Maydalangan baklajon ikra massasidan 70% tashkil etadi Demak aralashtirgichga birdaniga 300.0,8.0,7=168kg baklajon tushiriladi. 1m ikra uchun 1187kg baklajon sarflanadi. Liniyaning quvvati 2,5 m/soat. Chiqindilar va yuqotishlar 45% tashkil etadi. Shunday qilib aralashtirgichga kelib tushadigan sabzavatlar miqdori quyidagicha aniqlanadi:
Xom ashyoni aralashtirgichga yuklash vaqti:
Qolgan komponetlarni yuklash vaqti 3 min deb qabul qilamiz. Aralashtirish 8s 25 min boshlanadi.
7.Qadoqlash. Aralashtirish jarayoni 15min davom etadi. Demak qadoqlash 8s 40min boshlanadi.
8. Bankalarni yopish. To’ldirilgan bankalar tezda yopish mashinaga o’zatiladi. Demak yopish mashinasi 8s.40min. ishga tushdi.
9. Sterilizatsiya va sovutish. 2ki setkali avtoklavning hajmi 82-500 bankalar uchun 912 teng. Liniyaning quvvati 2,5t/soat, bankaning netto massasi 510g teng bo’lsa fizik bankalarning soni:
Avtoklav setkalarni to’ldirish vaqti:
912 : 81 = 12 min teng. Avtoklav 8s 52 min. ishga tushadi
10. Oxirgi ishlov berish. Ikrani sterilizatsiyalash rejimi (82-500 bankalar uchun).
Sterilizatsiyalash va sovutish 75min tashkil etadi. Avtoklavni yuklash va tushirish uchun 10min dan sarflanadi. Sterilizatsiyalash va sovutishning to’liq tsikli 95 min teng. Demak omborda oxirgi ishlov berish (yuvish, quritish, etiketkalash, yashiklarga taxlash) 10s 27 min boshlanadi.
|