Elektronika va nanoelektronika rivojining istiqbollari




Download 220,54 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana21.11.2023
Hajmi220,54 Kb.
#102629
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abdullayev Sanjarbek (2)
Analog signallar atrof, Recommendation5, Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari, Mavzu Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining bilim va ko‘nikmalarig-azkurs.org, Usmonova Muborak, uchburchak 3, 1-mavzu, 1.Булутли ҳисоблаш (Cloud computing) ва унинг асосий тушунчалари., Umumiy Fizika fanidan test savollari, elektronika mustaqil ish4, Reja Ob’ektga yo‘naltirilgan ma’lumotlar bazasi Kod relyatsion -fayllar.org, 11, 3-Ma\'ruza, Pedagogik ta limotlar tar
Elektronika va nanoelektronika rivojining istiqbollari.
Insoniyat madaniyatining rivojlanishi yangi materiallarni o‘zlashtirish bilan 
bog‘liq. Yog‘och va tosh – odam o‘zlashtirgan birinchi materiallar hisoblanadi. Bu 
materiallardan qilingan mehnat va ov qilish qurollari yovvoyi ibtidoiy jamoadagi 
odamga tirik qolishning samarali imkonini berdi.
So‘ngra odamlar mis va bronzani yeritishni o‘rgandilar. Mehnat va ov qilish 
qurollari mukammallashib bordi va odam atrof-muhitning “xo‘jayini” bo‘lib oldi. 
Temirni o‘zlashtirish esa odamzotga sanoatni yaratish va rivojlantirishiga, o‘zining 
taraqqiyotida ulkan sakrash qilishiga olib keldi.
Elektronikaning yutuqlari zamona odamlarining turmush tarzini butunlay 
o‘zgartirib yubordi. Biz hozirgi hayotimizni uyali telefonlar, kompyuterlar, 
televizorlar va h.larsiz tasavvur eta olmaymiz. Elektronikaning rivojlanishi 
odamlarning yangi material – kremniyni o‘zlashtirishlari natijasida yuz berdi.
Materiallarni olishning yangi usullarini o‘ylab topib va rivojlantirib odamlar 
texnologiyalar yaratdilar. “Texnologiya” so‘zi yunoncha “techne”- san’at, 
mohirlik, ustalik va “logos”- fan so‘zlariidan kelib chiqqan.
Quyidagi ta’rifni berish mumkin: texnologiya – mahsulotni ishlabchiqarish 
jarayonida xom ashyo YOKI materialni qayta ishlash, tayyorlash, holatini, 
xossalarini, shaklini o‘zgartirishning vosita va usullarining to‘plami. Bolta YOKI 
kompyuterni tayyorlash uchun texnologiyaga –dastlabki materialni qayta ishlash 
va ulardan tayyor mahsulotni olish vositalari va usullariga yega bo‘lish kerak . 
Texnologiya moddiy mahsulot olish uchun materiyaning dastlabki holatini YOKI 
sifatini o‘zgartiradi. Texnologiyaning


vazifasi insonning olam va tabiat haqidagi bilimlarini odamlar uchun zarur va 
foydali bo‘lgan moddiy mahsulotga aylantirishdan iborat.
Materiallarga ishlov berish va mahsulot tayyorlash jarayonida inson geometrik 
o‘lchashlariturlicha bo‘lgan materiallarni o‘zlashtiradi. Makroskopik (“makro” - 
katta) ob’ektlar deb, odam qurollanmagan ko‘zi bilan ko‘rishi mumkin bo‘lgan 
ob’ektlarni ataladi. Minglab yillar davomida insoniyat turmushda va texnikada 
katta miqdordagi atomlardan tashkil topgan makroskopik jismlardan, u yo bolta, yo 
avialayner bo‘lsin, foydalanib keldi. Daraxt, stol, odam, fil va hakozolarning 
VAmasi makroskopik olam ob’ektlaridir.
Piyola, arra, avtomobil va h. larni tayyorlash texnologiyalari makroskopik olam 
texnologiyalaridir.
Optik mikroskop kashf etilgandan so‘ng odam o‘zi uchun mikroolam
ob’ektlarini kashf yetdi.
Mikroskopik (“mikro”- kichik) ob’ektlar deb, o‘lchashlari1 – 100 mkm oralig‘ida 
bo‘lgan ob’ektlarga aytiladi. Mikro qo‘shimchasi biror narsaning milliondan bir 
qismini bildirishini yeslatib o‘tamiz. 1mkm.li uzunlik birligi 10
-6
m YOKI 0, 
0001sm.ga teng. Biologik hujayra, qon yeritrotsiti va h. lar mikroolam ob’ektlari 
hisoblanadilar. Mikroolam texnologiyalariga misol qilib elektronli mikrosxemalar 
olishni, genni o‘zgartirishni keltirish mumkin.
Nanometrli deb, o‘lchashlari1dan – 100nm.gacha bo‘lgan ob’ektlarni aytiladi. 
Nano (yunoncha nanos-karlik, gnom, mitti) qo‘shimchasi biror birlikning 
milliarddan bir (10
-9
) ulushini anglatadi. Masalan, nanometr M M N 7 metrning 
milliarddan bir qismi (1nm=10
-9
m). Tushuntirish sifatida quyida keltirilgan rasmda 
tabiiy va sun’iy olam ob’ektlarining o‘lchashlarilogarifmik masshtabda 
ko‘rsatilgan.

Download 220,54 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 220,54 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektronika va nanoelektronika rivojining istiqbollari

Download 220,54 Kb.
Pdf ko'rish