mantiqiy davomi hisoblanadi. U qattiq jism fizikasi, kvant elektronikasi, fizikaviy
kimyo va yarimo‘tkazgichlar elektronikasining so‘nggi yutuqlari negizidagi qattiq
jismli texnologiyaning bir qismini tashkil etadi.
So‘nggi yillarda nanoelektronikada muhim amaliy natijalarga erishildi, ya’ni
zamonaviy telekommunikatsiya va axborot tizimlarning negiz elementlarini tashkil
etuvchi: geterotuzilmalar asosida yuqori samaradorlikka ega lazerlar va
nurlanuvchi diodlar yaratildi; fotoqabulqilgichlar, o‘ta yuqori chastotali
tranzistorlar, bir elektronli tranzistorlar, turli xil sensorlar VAda boshqalar
yaratildi. Nanoelektron O‘YuIS va GYuIS mikroprotsessorlarni ishlab chiqarish
yo‘lga qo‘yildi.
Shvetsiya Qirolligi fanlar akademiyasi ilmiy ishlarida tezkor tranzistorlar, lazerlar,
integral mikrosxemalar (chiplar) va boshqalarni ishlab chiqish bilan zamonaviy
axborot kommunikatsiya texnologiyalariga asos solgan olimlar – J.I. Alferov, G.
Kremer, Dj.S. Kilbini Nobel mukofoti bilan taqdirladi.
Integral mikroelektronika va nanoelektronika bilan bir vaqtda,
funksional
elektronika rivojlanmoqda. Elektronikaning bu yo‘nalishi an’anaviy elementlar
(tranzistorlar, diodlar, rezistorlar va kondensatorlar)dan voz kechish va qattiq
jismdagi turli fizik hodisa (optik, magnit, akustik va h.k.)lardan foydalanish bilan
bog‘liq. Funkitsonal elektronika asboblariga akusto-elektron, magnitoelektron,
kriogen asboblar va boshqalar kiradi.