|
Axborot texnologiyalari” kafedrasi “MA’lumotlar tuzilmasi va algoritmlari” fanidan amaliy mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha
| bet | 2/39 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 2,32 Mb. | | #262963 |
Bog'liq uslubiy qo\'llanma 3 KIRISH
“Yomon dasturchilar o‘zlarining kodlari haqida qayg‘urishadi, yaxshi dasturchilar esa ma’lumotlar tuzilmalari va ularning bog‘lanishlari haqida bosh qotirishadi.” — Linus Torvalds
Barcha dastur yoki dasturiy mahsulotning asosida ikkita birlik yotadi: ma’lumotlar va ular ustida qandaydir amallar bajaradigan algoritmlar. Algoritmlar ma’lumotlarni biz yoki dastur uchun foydali bo‘lgan axborot ko‘rinishiga keltirib beradi. Algoritmlar shu ma’lumotlar ustida amallarni (o‘qish, yozish, yangilash, o‘chirish) samarali va tez bajara olishi uchun biz shu ma’lumotlarni ma’lum bir strukturaga solgan holda saqlashimiz kerak bo‘ladi. Demak shunday qilib, Ma’lumotlar tuzilmasi — bu ma’lumotlarni samarali o‘qish va o‘zgartirish imkonini beruvchi, ma’lumotlarni saqlash va boshqarishning bir formatga solingan shaklidir. Soddaroq qilib aytganda, ma’lumotlar tuzilmasi — bu ma’lumotlarning ma’lum bir strukturaga solingan, ular o‘rtasida ma’lum bir bog‘lanishlar yaratilgan va ular ustida ma’lum amallar bajaruvchi funksiyalardan tashkil topgan guruh. Eng sodda ma’lumotlar tuzilmasiga misol qilib massiv (array)ni ko‘rsatishimiz mumkin. Quyida keltirilgan ma’lumotlar tuzilmalari dasturlashda eng ko‘p qo‘llaniladigan tuzilmalardir. Ularga:
1. Massiv (Array)
2. Bog‘langan ro‘yhat (Linked List)
3. Navbat (Queue)
4. Stek (Stack)
5. Hash jadvallar (Hash tables)
6. Daraxtlar (Trees)
7. Graflar (Graph)
Axborot texnologiyalari sohasida maʼlumotlar tuzilmasi — samarali kirish va oʻzgartirishga imkon beradigan maʼlumotlarni tashkil qilish, menejment va saqlash formati. Aniqrogʻi, maʼlumotlar tuzilmasi maʼlumotlar qiymatlari, ular orasidagi munosabatlar va maʼlumotlarga qoʻllanilishi mumkin boʻlgan funksiyalar yoki operatsiyalar toʻplami hisoblanadi.
1-Amaliy mashg‘ulot: Ma’lumotlarning har xil turlarini qayta ishlash dasturlarini tuzish. Algoritmlarning turlari.
Ishdan maqsad: Daturlash tillarida ma’lumotlarning standart turlari. Ma’lumot tiplari va ularni ishlatish.Ma’lumotlarning oddiy sozlangan, unar va binar amallar va ularni tadqiq qilish.
Qo‘yilgan masala: C++ tilida ma’lumotlarning standart turlari va ularga doir misollarning dasturini ishlab chiqish.
Ish tartibi:
-
Tajriba ishi nazariy ma’lumotlarini o‘rganish;
-
Berilgan topshiriqning algoritmini ishlab chiqish;
-
C++ dasturlash muhitida dasturni yaratish;
-
Natijalarni tekshirish;
-
Hisobotni tayyorlash va topshirish.
Nazariy qism
C++ dasturlash tilida har bir o‘zgaruvchi yoki o‘zgarmasni tipi ya’ni ma’lumot tipi bilan yoziladi(1-rasm).
1-rasm. Ma’lumotlarning toifalari
Ma’lumotlar turi o‘zgaruvchini saqlaydigan ma’lumot hajmi va turini belgilaydi:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Axborot texnologiyalari” kafedrasi “MA’lumotlar tuzilmasi va algoritmlari” fanidan amaliy mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha
|