OPERATSION TIZIMDA ISHLASH BO’YICHA KO’NIKMALAR




Download 74 Kb.
bet3/4
Sana01.12.2023
Hajmi74 Kb.
#108928
1   2   3   4
Bog'liq
TEST
5-oktabr, Zamburug\'lar va Diatom suv o\'tlari, 7-Mavzu, 11
OPERATSION TIZIMDA ISHLASH BO’YICHA KO’NIKMALAR. 
1.Operatsion tizim va kompyuter funksiyalaridan foydalanish hamda ularni boshqarish bo’yicha to’liq huquqga ega bo’lgan foydalanuvchini turini ayting?
JAVOB: Administrator
2.Faqatgina o’zining qayd ma’lumoti sozlashlarini o’zgartirish huquqiga ega bo’lgan, ammo dasturlarni o’rnatish va operatsion tizim funksiyalarini sozlash bo’yicha cheklovlari mavjud bo’lgan foydalanuvchi turini ayting?
JAVOB: Oddiy foydalanuvchi (Polzovatel)
3.Tizimga parolsiz kirish huquqi mavjud, ammo kompyuter va operatsion tizimni boshqarish bo’yicha hech qanday imkoniyatga ega bo’lmagan foydalanuvchi turini ayting?
JAVOB: Mehmon foydalanuvchi (Гост)
4. Tizimga kirish uchun har bir foydalanuvchidan qanday ma’lumotlar kiritish talab qilinadi?
JAVOB: Login va parol
5. Tizimga kirishda foydalanuvchining logini va paroli noto’g`ri kiritilsa qanday jarayon sodir bo’ladi?
JAVOB: Parolni kiritish qaytadan so’raladi
6. Tizimga kirishda foydalanuvchining logini va paroli to’g`ri kiritilsa qanday jarayon sodir bo’ladi?
JAVOB: Tizim yuklanadi va ekranda ish stoli tasviri paydo bo’ladi
7. Kompyuter kutish rejimiga o’tganda qanday jarayon sodir bo’ladi?
JAVOB: Kompyuterning xotirasiga dasturlarning joriy holati yozib olinadi, ventilyatorlar o’chiriladi va kompyuter elektr manbani tejash rejimiga o’tadi.
8. Nomi, kengaytmasi va hajmiga ega bo’lgan u yoki bu turdagi axborotlarni o’zida jamlagan ob’ekt qanday nomlanadi?
JAVOB: Fayl
9. O’zining mos belgisiga va nomiga ega, biror dastur yoki papkaga bo’lgan murojatni amalga oshiruvchi ob’ekt qanday nomlanadi?
JAVOB: Yorliq
10. Diskda o’z nomiga ega bo’lgan va o’zida turli fayl ob’ektlarini va yorliqlarni jamlagan ob’ekt qanday nomlanadi?
JAVOB: Papka
11. Bir guruh fayllar va papkalarni ketma-ket belgilash uchun klaviaturaning qaysi tugmasidan foydalaniladi?
JAVOB: Shift
12. Fayllar va papkalarni ixtiyoriy tartibda belgilash uchun klaviaturaning qaysi tugmasidan foydalaniladi?
JAVOB: Ctrl
13. Qaysi tugmalar birikmasi yordamida almashish buferiga ob’ektlarning nusxasi olinadi?
JAVOB: Ctrl+C
14. Qaysi tugmalar birikmasi yordamida ob’ektlarning nusxasi almashish buferidan tanlangan papkaga qo’yiladi?
JAVOB: Ctrl+V
15. Klaviaturaning qaysi tugmasi yordamida ob’ektlarni o’chirish mumkin?
JAVOB: Delete
16. O’chirilgan fayllar qayerga yuboriladi?
JAVOB: Savatga
17. Qaysi ob’ekt foydalanuvchining operatsion tizim bilan muloqotini ta’minlab beruvchi asosiy interfeys hisoblanadi?
JAVOB: Boshqaruv paneli
18. Qanday amal yordamida biror fayl yoki papkani savatga (korzinaga) jo’natmasdan butunlay o’chirish mumkin?
JAVOB: Shift+Delete
19. Odatda savatdan (korzinadan) ob’ektlarni tiklash jarayonida ular qayerga tiklanadi?
JAVOB: O’chirilgan vaqtdagi asl joyiga
20. Bitta disk doirasida sichqoncha ko’rsatkichi bilan tutgan holda biror fayl yoki papka bir papkadan ikkinchisiga olib o’tilsa nima sodir bo’ladi?
JAVOB: Birinchi papkadan ikkinchi papkaga ob’ekt to’liq ko’chiriladi
21. Bir mantiqiy diskdagi papkadan ikkinchi bir mantiqiy diskdagi papkaga biror fayl yoki papka sichqoncha ko’rsatkichi yordamida olib o’tilsa nima sodir bo’ladi?
JAVOB: Ikkinchi papkada tanlangan ob’ektning nushasi
22. Bosh menyuning qaysi bo’limi orqali tizim ma’lumotnomasiga murojat qilinadi?
JAVOB: «Справка и поддержка” bo’limi

Download 74 Kb.
1   2   3   4




Download 74 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



OPERATSION TIZIMDA ISHLASH BO’YICHA KO’NIKMALAR

Download 74 Kb.