|
Mavzu: Avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayotiy sikli. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlaring tasnifi darajasiga ko'ra avtomatlashtirish. Boshqaruv jarayoni ko'rinishiga ko'ra qo'llanish sohalari bo'yicha avtomatlashtirish yo'llari
|
Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 59,28 Kb. | | #108935 |
Bog'liq 7-Mavzu Mavzu: Avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayotiy sikli. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlaring tasnifi. darajasiga ko'ra avtomatlashtirish. Boshqaruv jarayoni ko'rinishiga ko'ra qo'llanish sohalari bo'yicha avtomatlashtirish yo'llari Mavzu rejasi: 1. Avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayotiy sikli. 2. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlaring tasnifi - darajasiga ko'ra avtomatlashtirish. 3. Boshqaruv jarayoni ko'rinishiga ko'ra qo'llanish sohalari bo'yicha avtomatlashtirish yo'llari. Tayanch so’z va iboralar: avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, AAT larining hayotiylik sikli, AAT larining tasnifi, qo'llanish sohalari bo'yicha avtomatlashtirish yo'llari. Avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayotiy sikli Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish, rivojlantirish mohiyati vaqtga nisbatan «hayotiy sikl» kabi iqtisodiy kategoriyani aks ettiradi. Ya’ni, uning yaratilishi to undan foydalanishni to’xtatishgacha bo’lgan oraliqdagi hayot siklini anglatadi. AATning hayot siklida quyidagi bosqichlar ajralib turadi:1.Loyiha oldi bosqichi(rejalashtirish va talablar tahliliy-tizimli tahlil). Mavjud boshqaruv tizimini, birinchi galda axborot tizimlarini tadqiq va tahlil etish, yaratiladigan AATga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilash, texnik-iqtisodiy asos (TIA) va texnik vazifalarni AAT ishlab chiqishda rasmiylashtirish. 2. Texnik loyihalashtirish (mantiqiy loyihalashtirish). Ta’riflangan talablarga muvofiqavtomatlashtiriladigan funksiyalar tarkibini (funksional arxitektura) va ta’minlovchi kenja tizim tarkibini (tizimli arxitektura) ishlab chiqish, AATning texnik loyihasini rasmiylashtirish. 3. Qo’llanma loyihalashtirish (jismoniy loyihalashtirish). Dasturlarni ishlab chiqish va tizim, ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonini ishlab chiqish, xodimlar uchun qo’llanma yo’riqnomalarni yaratish, qo’llanma loyihani rasmiylashtirish. 4. Tadbiq etish (testlash, tajriba ekspluatatsiyasi). AAT kenja tizimlarini kompleks tuzatish,xodimni o’qitish, AATni bosqichma-bosqich joriy etish, ekspluatatsiyaga topshirish. 5. Ekspluatatsiya (kuzatib qo’yish, modernizasiyalashtirish). Kundalik ekspluatatsiya,dasturiy va texnik vositalar, shuningdek butun loyihani kuzatib borish, AATning ishi to’g’risida statistik ma’lumotlar yig’ish, xato va kamchiliklarni to’g’rilash, AATni modernizasiyalashga nisbatan talablarni rasmiylashtirish va uni bajarish. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlaring tasnifi - darajasiga ko'ra avtomatlashtirish Avtomatlashtirilgan axborot tizimi ta’minlovchi va funksional qismlarga ega. Ta’minlovchi qism axborot, texnik, matematik, dasturiy, tashkiliy, xuquqiy, uslubiy, ergonomik, psixologik va lingvinistik ta’minotdan iborat bo’ladi. Axborot tizimlarining funksional qismi axborot tizimlarining vazifa va topshiriqlari bajarilishini ta’minlaydi. Amalda bu yerda tashkilotni boshqarish tizimining modeli saqlanadi. Mazkur tizim doirasida boshqaruv maqsadlarining funksiyalariga funksiyalarning esa axborot tizimi kenja tizimiga o’zgarishi ro’y beradi. Kenja tizimlar vazifalarni amalga oshiradi. Ular tizimning biror bir belgisiga ko’ra ajratib ko’rsatilgan qismidir. Odatda axborot tizimlarida funksional qism funksional belgilariga ko’ra kenja tizimlarga bo’linadi: Boshqaruv darajasi(oliy, o’rta, quyi); Boshqariladigan resurs turi(moddiy, mehnat, moliyaviy va hakazo); - Qo’llanish sohasi (bank, jamg’arma bozori va hakazo); - Boshqaruv ishi va davri. Boshqaruv jarayoni ko'rinishiga ko'ra qo'llanish sohalari bo'yicha avtomatlashtirish yo'llari
Qaror qabul qiluvchilarning turlari
|
Tashkiliy daraja
| |
| |
Operasiyalarni boshqarish
|
Menejment
|
Strategik rejalashtirish
|
Tarkiblashtirilgan
|
Hisob
|
Byudjet tahlili
|
Strategik reja
|
Yarim
Tarkiblashtirilgan
|
Zahiralarni boshqarish
|
Qisqa muddatli bashoratlash
(MIS)
|
Ishlab chiqarishni joylashtirish
(DDS)
|
Tarkiblashtirilmagan
|
Loyihani taqvimli rejalashtirish
|
Byudjetni tayyorlash (ESS)
Sotuv dasturi
|
Yangi mahsulotlar chiqarish to’g’risida qaror.
Yetkazib beruvchilar va iste’molchilar o’rtasidagi munosabat
|
Axborot tizimlarini boshqaruvda qo’llash
Integrasiyalashuviga ko'ra axborot tizimining sinflari
|
Mahsuldorlik
|
Samaradorlik
|
Ishga oid integrasiya
|
Ichki fokus
|
Ma’lumotlarni an’anaviy qayta ishlash (hisob-kitob, to’lov vedomostlari)
|
Eng asosiy operasion tizimlar (on-line, aniq vaqt, MIS)
|
Ichki integrasiya
(end- to end aloqasi)
|
Tashqi fokus
|
Ma’lumotlarni elektron usulda almashtirish (to’g’ridanto’g’ri kodlash)
|
Jarayonlarni rasionalizasiyalash. Axborotlarni bo’lish
|
Tashqi integrasiya (taklif maqsadini
optimizasiyalash)
|
|
Joriy biznes shaklini qabul qiladi
| |
Biznes shaklini o’zgartiradi.
|
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayotiy sikli. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlaring tasnifi darajasiga ko'ra avtomatlashtirish. Boshqaruv jarayoni ko'rinishiga ko'ra qo'llanish sohalari bo'yicha avtomatlashtirish yo'llari
|