Axborot texnologiyalari sohasida huquqiy aspektlar




Download 74 Kb.
bet1/4
Sana01.12.2023
Hajmi74 Kb.
#108928
  1   2   3   4
Bog'liq
TEST
5-oktabr, Zamburug\'lar va Diatom suv o\'tlari, 7-Mavzu, 11

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI SOHASIDA
HUQUQIY ASPEKTLAR
1. Axborot tizimlari yoki axborot resurslariga kim egalik qilishi mumkin?
JAVOB: Yuridik yoki jismoniy shaxslar
2.Axborot resurslarida saqlanayotgan va ishlov berilayotgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va qog`oz ko’rinishidagi xujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega bo’lgan axborot nima deb ataladi?
JAVOB: Elektron hujjat
3. O’zbekiston Respublikasining ”Axborotlashtirish to’g`risida”gi qonuniga muvofiq faoliyat yurituvchi, aloqa va axborotlashtirish sohasini muvofiqlashtiruvchi boshqaruv organi kim?
JAVOB: O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
4. Axborot resurslari bu:
JAVOB: Axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki va ma’lumotlar bazasi
5. Maxfiy axborot bu:
JAVOB: Foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qo’yilgan hujjatlashtirilgan axborot
6. Axborotni muhofaza etish tushunchasi nimani anglatadi?
JAVOB: Axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarni oldini olish va ularni oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlarini
7. Axborotni muhofaza etish qanday maqsadlarda amalga oishiriladi?
JAVOB: Shaxs, jamiyat va davlatning axborot sohasidagi xavfsizligiga tahdidlarning, hamda axborotning mahfiyligini oldini olish maqsadida
8. Axborotlashtirish sohasini davlat tomonidan tartibga solish kim tomonidan amalga oshiriladi?
JAVOB: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ tomonidan
9. Axborotlashtirish bu…
JAVOB: Yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni
10. O’zbekiston Respublikasida axborotlashtirish bo`yicha qanday Qonunlar qabul qilingan?
JAVOB: «Axborotlashtirish to’g`risida», «Elektron tijorat to’g`risida», «Elektron hujjat aylanishi to’g`risida», «Elektron raqamli imzo to’g`risida» va boshqalar.
11. «Axborot» tushunchasiga ta`rif bering?
JAVOB: Manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar shahslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to’g`risidagi ma’lumotlar
12. «Axborotlashtirish to’g`risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining asosiy maqsadi:
JAVOB: Axborotlashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish
13. «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g`risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining asosiy maqsadi:
JAVOB: Axborot erkinligi prinsipi va kafolatlariga rioya etilishini ta’minlash
14. «Elektron hujjat aylanishi to’g`risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining asosiy maqsadi:
JAVOB: Elektron hujjat aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish
15. «Elektron tijorat to’g`risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining asosiy maqsadi:
JAVOB: Elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish
DAVLAT ORGANLARIDA ZAMONAVIY AKT
1.Axborot texnologiyalarini qo’llab avvaldan shakllantirilgan davlat xizmatlarini fuqarolar, biznes va davlatning boshqa tarmoqlariga axborotlarni taqdim etish nima deb ataladi?
JAVOB: Elektron hukumat
2.Davlat axborot resurslarini shakllantirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish qaysi organ tomonidan amalga oshiriladi?
JAVOB: O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
3.Davlat axborot resurslarini hisobga olish va ro’yhatdan o’tkazish qaysi organ tomonidan amalga oshiriladi?
JAVOB: O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
4.Davlat organining normativ-huquqiy hujjatlari ushbu organning rasmiy saytiga qaysi muddatda joylashtirilishi zarur?
JAVOB: Besh ish kunidan kechikmay
5.Davlat organining rasmiy sayti qaysi domen zonasida joylashtirilishi kerak?
JAVOB: Gov
6.Portalni shakllantirish yo’li bilan internet orqali fuqarolarga barcha davlat xizmatlari majmuini taqdim etuvchi «elektron hukumat” tizimining tashkil etuvchisi:
JAVOB: G2C – (Hukumat-Fuqaro)
7.Davlatni boshqarish organlari bilan biznes o’rtasida samarali munosabatlarni shakllantiruvchi «elektron hukumat” tizimining tashkil etuvchisi:
JAVOB: G2B – (Hukumat – Biznes)
8.Davlat organlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni shakllantiruvchi «elektron hukumat” tizimining tashkil etuvchisi:
JAVOB: G2G – (Hukumat – Hukumat)
9.«Elektron hukumat» nima?
JAVOB: Axborotlarga elektron ishlov berish, uzatish va tarqatish vositalari asosida davlatni boshqarish tizimi
10.Yagona oyna Markazlari faoliyati yo’nalishi
JAVOB: Bir joydan turib aholiga keng miqyosida ijtimoiy xizmatlarni ko’rsatish
APPARAT VA DASTURIY TA’MINOT
1.Qaysi qurilma yordamida Internetga ulanish mumkin?
JAVOB: Modem
2.Operatsion tizim – bu:
JAVOB: Kompyuterning barcha qurilmalarini o’zaro ishlashini va ularni ishlatishga foydalanuvchilarga ruxsat beruvchi dasturlar to’plami
3.Kompyuter qurilmalariga xizmat ko’rsatuvchi darsturlar qanday nomlanadi?
JAVOB: Drayver
4.Arxivlovchi-dastur bu:
JAVOB: Fayllarni siquvchi dastur
5.Axborotning eng kichik o’lchov birligi nima?
JAVOB: Bit
6.Bir bayt necha bitga teng?
JAVOB: 8
7.Bir kilobayt necha baytga teng?
JAVOB: 1024
8.Axborot tashuvchi disklarni hajmi bo’yicha o’sib borish tartibini ayting?
JAVOB: Floppi – CD – DVD – HDD
9.Tarmoq platasi (adapteri) nima uchun ishlatiladi?
JAVOB: Kompyuterni lokal tarmoqqa ulash
10.Kompyuter xotirasi uchun xarakterli bo’lgan parametri:
JAVOB: Hajm
11. «Kompyuter ishlab turgan vaqtda unga ma’lumotlarni kiritish qurilmasi”
JAVOB: Kiritish qurilmasi
12. Kiritish qurilmalari…hisoblanadi?
JAVOB: Klaviatura va sichqon
13.Axborotni vizual tasvirlash uchun mo’ljallangan qurilma qanday nomlanadi?
JAVOB: Monitor (displey)
14. «Mexanik harakatni ekrandagi kursor harakatiga aylantirib beruvchi mexanik manipulyator», so’z nima haqida bormoqda?
JAVOB: Sichqon
15. Qanday qurilmalar foydalanuvchi tomonidan axborotlarni kompyuterga kirituvchi asosiy qurilmalar hisoblanadi?
JAVOB: Klaviatura va sichqon
16. Kompyuterlarda ma’lumotlarni to’plovchi asosiy qurilma qanday nomlanadi?
JAVOB: Qattiq disk

Download 74 Kb.
  1   2   3   4




Download 74 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot texnologiyalari sohasida huquqiy aspektlar

Download 74 Kb.