O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI
TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti
4-bosqich AKT-11-21 guruh talabasi Saidova Farzonaning
“Ilmiy ta’lim” fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISH 1
Bajardi:
Saidova F
Qabul Qildi:
Xudayberdiyev Sh
Mavzu: Ilmiy tadqiqot turlari va uni olib borishning asosiy usullari
Reja:
1.
Ilmiy tadqiqotlarning turlari (klassifikatsiyalanishi), strukturasi va bosqichlari
2.
Ilmiy texnik muammo (masala), uni aniqlash, o‘rganish va yechimi bo‘yicha
ilmiy gipotezani shakllantirish
Ilmiy tadqiqot (izlanish) uchta tarkibiy qism: insonning
maqsadli faoliyati, ilmiy mehnat predmeti va ilmiy mehnat
vositalaridan iboratdir.
Insonning maqsadli ilmiy faoliyati
tadqiqot obyekti haqida
(bo‘yicha) yangi bilimlarga yoki obyekt haqidagi (bo‘yicha)
mavjud bilimlarni to‘ldirishga erishishda anglab yetishni bilishning
aniq usullaridan va ilmiy uskunalardan (o‘lchov, hisoblash
texnikalari) mehnat vositalaridan foydalanishga tayanadi.
Ilmiy mehnat predmeti
tadqiqotining faoliyati yo‘naltirilgan tadqiqot
obyekti va u haqidagi (oldingi) bugungacha bo‘lgan bilimlar. Tadqiqot
obyektiga moddiy dunyoning har qanday materiali (elektrotexnik uskunalar,
elektrlashtirilgan
qurilmalar,
mashina
va
mexanizmlar),
jarayonlar
(texnologik, energetik, agrotexnik, elektromagnit, moddiy materiallar
elementlari va h.k.lar) kiradi.
Ilmiy tadqiqotlar, ko‘zlangan maqsadi, tabiat yoki ishlab chiqarish
bilan
bog‘liqlik darajasi, ilmiy ishning xarakteri va chuqurligiga
(qamroviga) qarab fundamental, amaliy va ishlanmalarga bo‘linadi.
|