Eksperimental tadqiqotlar
– ilmiy asosida qo‘yilgan tajribadir.
Eksperimental tadqiqotlardan ko‘zlangan maqsad ilmiy muammo
(masala) yechimining to‘g‘riligini tekshirib ko‘rish bo‘lib, uning
natijasini
tasdiqlashi
yoki
inkor
etishi
mumkin.
Tadqiqot
olib
borilayotgan obyekt (muammo yoki masala) bo‘yicha fundamental
izlanishlar olib borilmagan yoki nazariy asoslari yetarli bo‘lmagan
hollarda
eksperimental
tadqiqotlar
natijalari
muammoni
nazariy
yechimlarini shakllantirishga (topishga) asos yaratadi.
Ilmiy muammo
– hal qilinishi talab etilayotgan nazariy va amaliy
masala bo‘lib, usiz ilmiy tadqiqot ishlarini bajarib bo‘lmaydi. Texnika
yo‘nalishida ilmiy muammolar, ishlab chiqarish texnik vositalari va
jarayonlarini u yoki bu jihatdan ma’lum talablarga javob bermayotganidan
energiya va boshqa resurslarni sarflarining yuqoriligi tufayli yuzaga
keladigan va yechimi jamiyat taraqqiyotida zarur bo‘lgan masalalardan
iboratdir. Ilmiy muammolar fanda oldingi erishilgan natijalar orasidan
o‘sib chiqadi.
Ilmiy muammoni qo‘yish
– muammoni izlash, muammoni qo‘yish va
rivojlantirish (kengaytirish) bosqichlarini o‘z ichiga oladi.
Muammoni izlash
– ilmiy muammoni yuzaga kelishi ijtimoiy,
iqtisodiy va texnik asoslar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy asosga
ega bo‘lgan energetik muammo sifatida ekologik toza energiya ishlab
chiqarish, muhitni ifloslantirmaydigan ichki yonuv dvigatelini yaratish bilan
bog‘liq muammoni misol qilib olishimiz mumkin. Ayrim muammolar
unchalik ravshan bo‘lmasada, shubhasiz bo‘lib, yirik ilmiy texnik
muammolar sirasiga kiradi.
|