Fundamental tadqiqotlar
prinsipial yangi bilimlarni
(yaratish) barpo etish va oldinda mavjud bilimlar sistemasini
rivojlantirishga qaratiladi va undan maqsad tabiatning yangi
qonunlarini
yaratish
(kashf
etish)
voqeliklar
orasidagi
bog‘liqliklarni ochib berish va yangi nazoratlar yaratishdir.
(Masalan, elektromagnit maydon nazariyasi agroinjeneriyada
resurslar
tejamkorligi
ilmiy –
metodologiyasini
yaratish,
energiyani muhitda harakatlanishi qonunini va h.k.lar).
Amaliy
tadqiqotlar
texnika
sohasida
yangi
ishlab
chiqarish vositalarini, iste’mol mahsulotlarini va h.k.larni
yaratish yoki mavjudlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan
bo‘lib, uni maqsadi fundamental tadqiqotlarda to‘plangan ilmiy
omillarni amaliy tadqiqotlar orqali o‘z o‘rniga qo‘yishdir.
Ilmiy tadqiqotlar strukturasi. Ilmiy izlanishlar (tadqiqotlar) – obyektiv borliqni,
qonuniyatlar va real dunyo voqeliklari orasida bog‘liqlikni anglab yetish – bilish
jarayonidir.
1-rasm. Ilmiy tadqiqotlarning asosiy turlari – fan va ishlab
chiqarishning o‘zaro bog‘liqlik sxemasi.
Bilish – ilmiy izlanishlar (tadqiqotlar) yordamida amalga oshiriladigan bilmaslikdan
bilimga, chala yoki noaniq bilimlardan to‘laroq va aniq bilimlarga inson onggi va
tafakkuri yo‘naltirilgan murakkab jarayondir. Ilmiy tadqiqotlar bosqichma-bosqich
amalga oshiriladi va texnika yo‘nalishida ko‘pgina holatlarda 1-rasmda keltirilgan
strukturaga monand ketmaketlikda tashkil etiladi. Ilmiy tadqiqotlar olib borishni har
bir bosqichida ilmiy muammoni (masalani) umumiy yechimi bilan bog‘liq ilmiy
izlanishlar olib boriladi. Ilmiy tadqiqotning birinchi bosqichida nafaqat tadqiqot olib
boriladigan muammo yoki masala shakllantiriladi, balki ishning muvaffaqiyatli
yakuni ko‘p tomonlama bog‘liq bo‘lgan ilmiy tadqiqot vazifalari ham aniq
shakllantiriladi.
|