• Xizmat yozishmalari
  • Tarjimai hol
  • Ish yuritish terminlarining lug’ati




    Download 162.35 Kb.
    bet2/4
    Sana12.04.2023
    Hajmi162.35 Kb.
    #50686
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish v
    p91FTrOlnnhFN3tTKMmZXvRPejsl6pFOqWv64cjh, 2-ma\'ruza
    2.Ish yuritish terminlarining lug’ati.
    Ish yuritish huijatlari qo‘llanish doirasi, maqsad va vazifalariga ko‘ra to‘rt guruhga bo‘linadi:
    l. Tashkiliy hujjatlar (guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, shartnoma va boshqalar)
    2. Farmoyish hujjatlari (buyruq, ko‘rsatma , farmoyish).
    3. Ma’lumot-axborot hujjatlari (ariza, bayonnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, tavsifnoma, tarjimai hol, tilxat, tushuntirish xati, e’lon va boshqalar).
    4. Xizmat yozishmalari (taklifnoma, telegramma, xatlar).
    Ma’lumot-axborot hujjatlari
    Bu turdagi hujjatlar guruhi anchaginani tashkil qiladi. Bu guruhga kiruvchi hujjatlar, ya‘ni ariza, ma'lumotnoma, tushuntirish xati, dalolatnoma, ishonchnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taqdimnoma, guvohnoina, taklifnoma. hisobot, tarjimai hoi, tilxat, bildirishnoma, bayonnoma kabilar ish jarayonida juda keng qo'llanadi. Ularing har biriga alohida to‘xtab o‘tamiz.
    Tarjimai hol
    Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuv. Tarjimai hol bir xil andozaga ega emas, mufassal yoki muxtasar yozilishi mumkin. Garchi u erkin (ixtiyoriy) tuzilsa-da, biroq tarjimai holda ayrim qismlarning bo‘lishi shart.
    Tarjimai hoi oddiy qog'ozga, ayrim hollarda, ya‘ni ishga, o‘qishga kirishda maxsus bosma ish qog'ozlariga qo‘lda yoziladi. Matnni bayon qilish shakli hikoya uslubida bo‘lib, birinchi shaxs tilidan yoziladi.
    Barcha ma’lumotlar davriylik (xronologiya) asosida beriladi. Tarjimai hoi shunday tuzilishi kerak-ki, u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yo'li, ishchanlik mahorati, ijtimoiy-siyosiy faoliyati haqida tasavvurga ega bo'lsin.
    Ma’lumotnoma
    Ma’lumotnoma o‘z xususiyati va mazmuniga ko'ra ikkita: xizmat ma’lumotnomasi va shaxsiy ma’lumotnomaga bolinadi. Xizmat ma’lumotnomasi-muassasa faoliyatiga doir voqea - hodisalarni rasmiy aks ettiradi va tasdiqlaydi. Shaxsiy ma’lumotnoma — muassasalar tomonidan fuqarolaring turmush va ish faoliyatiga aksar voqea-hodisalar va holatlarni tasdiqlab beradigan hamda talab qilingan joylarga ko‘rsatiladigan rasmiy hujjatdir. Masalan, muassasa ishchi yoki xodimga uning qayerda, kim bo‘lib va qancha maosh olib ishlashi haqida o‘quvchi va talabaga esa qayerda o'qishi haqida fuqarolik holati hujjatlarini qayd qilish va shaxsning tug'ilganligi va h.k. vafot etganligi to'g‘risida ma’lumotnomalar beradi.

    Download 162.35 Kb.
    1   2   3   4




    Download 162.35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ish yuritish terminlarining lug’ati

    Download 162.35 Kb.