• Tushuntirish xati
  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 162.35 Kb.
    bet3/4
    Sana12.04.2023
    Hajmi162.35 Kb.
    #50686
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish v
    p91FTrOlnnhFN3tTKMmZXvRPejsl6pFOqWv64cjh, 2-ma\'ruza
    Bildirishnoma
    Bildirishnomaning zaruriy qismlari: tashkilot rahbari familiyasi, hujjat yozayotgan kishining lavozimi, familiyasi va hujjat matni, ilova hujjat hajmi va nusxasi ro‘yxati, tuzuvchilarning imzo va familiyasi hamda sana keltiriladi. Bildirishnoma tashabbus, axborot, hisobot xususiyatiga ega, korxona doirasida va yuqori tashkilot, mansabdor shaxslar nomiga yoziladi.


    Tilxat
    Tilxat - ma’lum bir shaxsdan yoki muassasadan pul, hujjat qimmatbahobuyumlar yohud boshqa biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat.
    Tilxat birgina nusxada tayyorlanadi hamda pulli va qimmatbaho hujjat sifatida saqlanadi.
    Tilxatning asosiy zaruriy qismlari:
    1. Hujjatning nomi (Tilxat),
    2. Matn:
    1) tilxat beruvchi shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi va ota ismi;
    2) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsani beruvchi shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi (zarur bo‘lganda muassasa nomi);
    3) pul, hujjat, buyum yoki boshqa bir narsaning nomi va ularning miqdori (zaruriyat bo‘lganda bahosi);
    4) olinayotgan buyumning texnik holati (agar u mashina, apparatlar va h.k. bo‘lsa).
    3. Tilxat berilgan sana.
    4. Tilxat muallifining imzosi.
    Olinadigan pul miqdori yoki buyumning bahosi va uning soni tilxatda raqamlar bilan ko'rsatiladi, qavs ichida esa so'zlar bilan ham berilishi mumkin.
    Matn va imzo oralig‘idagi bo‘sh joylar chiziladi.
    Tilxatdagi yozuvlarni o'chirish yoki tuzatish mumkin emas, aks holda bunday hujjatning haqiqiyligi shubha ostiga olinishi mumkin.
    Ba’zan tilxatda guvohlar ham ko‘rsatiladi. Bunday hollarda guvohlar o‘z imzolari bilan hujjatni tasdiqlashlari kerak.
    Tushuntirish xati
    Xizmat sohasidagi xizmatga aloqador masalani uning ayrim jihatlarini yozma holda va muassasa (bo‘lim) rahbariga (ichki) yoki yuqori tashkilotga (tashqi) yo‘llovchi hujjatdir.
    Ishonchnoma
    Ishonchnoma muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o‘z nomidan ish ko‘rish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolat hujjat. Ular o‘z mazmuniga ko‘ra, mol-mulkini boshqarish, pul va moddiy buyum boyliklarini olish, sud idoralarida ish olib borish va boshqa ishlarni amalga oshirishni ifodalaydi.
    Guvohnoma
    Guvohnoma muayyan shaxsning xizmat va boshqa holat va vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. U bajaradigan vazifasiga qarab bir necha turga bo‘linadi.

    Download 162.35 Kb.
    1   2   3   4




    Download 162.35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 162.35 Kb.