3.3. Dasturning shriftlariga qo’yiladigan talablar...............................16
3.4. Dastur dan foydalanish talablari. .............................................. 17
3.5. Dastur kontentiga talablar. .............................................. .........17
3.6. Dastur kontentini boshqarishga qo’yiladigan talablar.................18
3.7. Dastur qobig’iga qo’yiladigan talablar. .......................................18
4.Xulosa...................................................................... ..............................18
Kirish
Dori vositalarini sifatini ta’minlash fani muxim axamiyatga ega bo‘lib, bunga
sabab dori vositalarining sifatiga qo‘yilayotgan talabning ortib borishidir. Ya’ni sifat olingan oxirgi maxsulotda emas balki uning xom ashyodan boshlab to bemorga etib borgunigacha bo‘lgan barcha bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Fanni o‘rganish davomida – GMP, GLP, GCP, ISO, ICH standartlari va PIC/S ko‘rsatmalariga e’tibor qaratiladi. Dori vositalarini sifatini ta’minlashda xalqaro darajaga chiqish uchun GMP talablariga javob berish, halqaro standartlardan foydalanish va ularda keltirilgan ko‘rsatkichlarga ta’rif berish va izoxlay bilish (dori vositalar sifati, faolligi, xavfsizligi, sifatini ta’minlash, sifatni ta’minlash tizimi, dori vositalar sifat mezonlari, standart operatsion jarayon, sifat spetsifikatsiyasi, nazorat strategiyasi, farmatssevtik sifat tizimi) lozim bo‘ladi.
Jaxon sog‘liqni saqlash tashkiloti (VOZ-JSST), gormonizatsiyalash bo‘yicha xalqaro konferensiya (ICH), yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (GMP), farmatsevtik ishlab chiqaruvchilar Xalqaro federatsiyasining assotsiatsiyasi (IFPMA) paydo bo‘lishi, vazifalari va talablari, shuningdek, rivojlangan davlatlarning sifat standartlari (AQSH, Buyuk Birtaniya, Germaniya, Yaponiya, Rossiya) ham muxokama qilinadi.
Dori vositalarining sifatini ta’minlashda qo‘llaniladigan tahlil usullariga qo‘yilgan talablar. Analitik usullarning ishlash qobiliyatini tekshirish. Analitik usullar attestatsiyasi (validatsiyasi). Dori vositalari sifatini ta’minlashda qo‘llaniladigan reaktivlar, indikatorlarning farmakopeya talablari asosida tayyorlanishi va saqlanishi, kimyoviy idishlar kalibrovkasi, jixozlar, asbob-uskunalar validatsiyasi.
|