Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot




Download 180,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana09.12.2023
Hajmi180,95 Kb.
#114573
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KIBERXAVFSIZLIKGA OID HUJJATLAR
Matematika o\'qitish metodikasi, Abdullayev Sanjarbek, Aktiv va reaktiv qarshiliklarni ketma ket va parallel ulash usullari, MUHAMMADAZIZ, Fotoelektron asboblar (2), YARIM O\'TKAZGICHLAR, o\'zgarmas tok zanjirlari va ularni hisoblash (2), Aktiv va reaktiv qarshiliklarni ketma ket va parallel ulash usullari, O\'zgarmas tok zanjirlari va ularni tavsiflovchi kattaliklar, 2 labaratoriya, Clayton (The Wildflower Series - Rac e Mills-PDFConverted, BANK MACHINES, 24-Muammoli o‘qitish texnologiyalari va ulardan “internet texnologiyalari” mavzusini o‘qitish jarayonida foydalanish metodikasi., 12-YANGI INNOVASION TEXNOLOGIYALARNI INFORMATIK TA\'LIM TIZIMIGA JORIY ETISH YO‘LLARI TAXLILI.
II.ASOSIY QISM 
EHM lar uchun yaratilgan dasturlar va malumotlar bazasining huquqiy 
himoyasi to’g’risida qoidalar bilan tanishib chiqamiz:
Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturni rasmiy ro'yxatdan o'tkazish uchun 
talabnoma va ma'lumotlar bazasini rasmiy ro'yxatdan o'tkazish uchun talabnoma 
tuzish, topshirish va ko'rib chiqish
QOIDALARI
Mazkur elektron hisoblash mashinalari uchun dasturni rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish 
uchun talabnoma va ma’lumotlar bazasini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 
talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari (bundan buyon matnda 
Qoidalar deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining
«Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini 
huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida» Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, 
elektron hisoblash mashinalari uchun dasturni rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 
talabnoma va ma’lumotlar bazasini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish
uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish taptibini belgilaydi.
Qisqartirishlar ro‘yxati Qonun – O‘zbekiston Respublikasining «Elektron 
hisoblash mashinalari uchun dasturlar va
ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida» Qonuni.
Patent idorasi – O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi.
Talabnoma – EHM uchun dasturni yoki ma’lumotlar bazasini rasmiy ro‘yxatdan 


o‘tkazish uchun talabnoma.
Bunda inson sog’ligi va salomatligi haqida ma’lumot beramiz:
O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining hayoti va sog’lig’ini inson faoliyatining 
barcha sohalarida muhofazalashda „Hayot faoliyati xavfsizligi” (HFX) fani asosiy 
o`rinlardan birini egallaydi. Ushbu fan tarixi, rivoji va istiqboli hamda 
Respublikamizdagi ijtimoiyiqtisodiy islohotlar natijalari, ishlab chiqarish va 
xududiy xavfsizlik muammolarining inson hayoti xavfsizligiga ta`siri masalalarini 
qamraydi. Zero hozirgi vaziyatda xavfsiz hayotni ta`minlash masalalari eng 
dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki texnosferalarda ishlab chiqarish 
jarayoni buzilishi, ishlovchilar uchun sanitariya va gigiyena me`yor va qoidalarini 
yaratilmasligi, muhit rivojlanishdagi noxush vaziyatlarning murakkablashuvi, 
davlatlar o`rtasida insoniyat hayotiga xavfxatar soluvchi holatlarning ro`y berishi, 
insoniyat tomonidan qo`llanilayotgan turli zaharli va zararli moddalar va vositalar 
ko`plab xavflarni yuzaga keltirib, insonlarning hayotiy faoliyatiga, sog’lig’iga, 
atrof-muhit tozaligiga va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga tahdid solmoqda. 
Shu sababli ham mamlakatimizning eng muhim va kechiktirib bo`lmaydigan 
vazifalari qatorida aholi hayotining xavfsizligini ta`minlash masalalari dolzarb 
o`rin olgan. Aynan shu muammolarning echimini “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani 
o`rganadi. Ushbu fanni o’qitishdan maqsad bo`lajak mutaxassislarga hayotiy 
faoliyatlarida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, 
xususiyatlarini, oqibatlarini va ularni yo`qotish qoidalarini, xavfsiz ish sharoitlarini 
yaratish, tabiiy, texnogen, ekologik va boshqa tusdagi favqulodda vaziyatlardan 
aholini himoya qilish, ularni nazariy va amaliy jihatdan himoyalanishga hamda 
jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko`rsatish qoidalarini o`rganishdan 
iborat. O`quv fanini o`rganishning asosiy vazifalari: hayotiy faoliyatda yuzaga 
keladigan xavflarni identifikatsiyalash va ularni o`rganish, ishlab chiqarish 
jarayonlarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, texnosferada kasb kasalliklarini 
kamaytiradigan va baxtsiz hodisalarni oldini oladigan chora-tadbirlarni o`rganish. 
SHuningdek, aholini tabiiy ofat, avariya va halokatlardan himoyalanish usullariga 
o`rgatish, zararlangan shikastlanish o`choqlaridagi fuqarolarni qutqarish va tiklov 


ishlarini o`tkazish, yong’inga qarshi xavfsizlik choralarini ko`rish, jarohat 
olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko`rsatish va boshqa muhim vazifalarni bajara 
oladigan bilim, ko`nikma va kasbiy malakaga ega insonni tarbiyalashga qaratilgan.
Umum jahon axborot globallashuvi jarayonlari axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini nafaqat mamlakatlar iqtisodiyoti va boshqa sohalariga joriy etish, 
balki axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlashni ham taqozo etayotir. O‘zbekiston 
axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xalqaro xavfsizlik tizimiga 
Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib qo‘shildi. Axborot xavfsizligini ta’minlash 
bo‘yicha Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat 
qo‘mitasi tomonidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ma’lumotlar uzatish, telekommunikatsiya tarmoqlari, teleradioefir hamda axborot 
tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashni takomillashtirish va rivojlantirish 
bo‘yicha davlat siyosatini yuritish; Axborot xavfsizligiga oid qonunchilik va 
me’yoriy-huquqiy hujjatlarining yaratilishini tashkil qilish va bunda ishtirok etish;
Axborot tizimlari komplekslari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining axborot 
xavfsizligini ta’minlash; davlat organlarining axborot tizimlari va resurslari 
axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish;
davlat axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlash 
yuzasidan monitoring natijalari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni O‘zbekiston 
Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari 
davlat qo‘mitasiga belgilangan tartibda taqdim etish; telekommunikatsiyalar 
tarmoqlarining operatorlari va provayderlari bilan hamkorlik qilish, davlat 
organlarining kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasidagi 
qonun buzilishlarining oldini olish masalalari bo‘yicha birgalikdagi ishlarini 
tashkil etish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish; Internetning milliy 
foydalanuvchilarini Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligiga 
paydo bo‘layotgan tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish, shuningdek 
axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatish;
qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi 
ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan 


metodlar va vositalarni tahlil qilishda huquqni muhofaza qilish organlari bilan 
hamkorlik qilish;
Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligi hodisalarining oldini olish 
bo‘yicha o‘zaro amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida axborot xavfsizligi 
sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya 
texnologiyalari davlat qo‘mitasi huzuridagi Axborot xavfsizligini ta’minlash 
markazi .Mazkur Markazning asosiy maqsadi etib, «Elektron hukumat» tizimining 
axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining, shuningdek Internet 
tarmog‘i milliy segmentining axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi normativ-
huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, davlat organlari 
tizimlari va axborot resurslarida axborot xavfsizligini ta’minlash belgilangan.
Markaz xodimlari axborot xavfsizligiga hozirgi vaqtdagi tahdidlar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va to‘plash bilan shug‘ullanadilar, «Elektron 
hukumat» tizimi axborot tizimi, resurslari va ma’lumotlar bazalariga noqonuniy 
kirib olish holatlarining oldini olishni ta’minlaydigan tashkiliy va dasturiy-texnik 
yechimlarni samarali qabul qilish bo‘yicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqishda 
ishtirok etadilar. “Elektron hukumat” tizimi axborot xavfsizligini ta’minlashning 
me’yoriy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarini ishlab chiqish 
ham Markazning maqsad-vazifalari hisoblanadi.
Infratuzilmasining umumiy reglament haqida:
UMUMIY TEXNIK REGLAMENTLAR:
1. “Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha 
xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamenti (UzTR.191-001:2012). 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.07.2012 yildagi 191-sonli 
Qarori bilan tasdiqlangan;
2. “Texnik jihatdan foydalanishda temir yo‘l transporti xavfsizligi to‘g‘risida”gi 
umumiy texnik reglamenti (UzTR.192-002:2012). O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 04.07.2012 yildagi 192-sonli Qarori bilan tasdiqlangan;
3. "Ta’lim muassasalari uchun xavfsiz poligrafiya mahsulotlari haqida"gi umumiy 


texnik reglamentni (UzTR.146-003:2015). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 03.06.2015 yildagi 146-sonli Qarori bilan tasdiqlangan. Ushbu 
texnik reglament 2015 yil 3 dekabrdan amalga kiritildi. "Ta’lim muassasalari 
uchun xavfsiz poligrafiya mahsulotlari haqida"gi Umumiy texnik reglament 
amalga kiritilgandan keyin, o‘rnatilgan tartibda qo‘llanilish ixtiyoriyligiga ega 
bo‘ladigan va majburiylik tusini yo‘qotadigan standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy 
hujjatlar ro‘yxati.
4. «Metallurgiya mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha»dagi umumiy texnik reglament 
(UzTR.319-004:2015). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 
yil 6 noyabrdagi 319-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Ushbu texnik reglament 2016 
yil 16 maydan boshlab amalga kiritildi. «Metallurgiya mahsulotlari xavfsizligi 
bo‘yicha»dagi umumiy texnik reglament amalga kiritilgandan keyin, o‘rnatilgan 
tartibda qo‘llanilish ixtiyoriyligiga ega bo‘ladigan va majburiylik tusini 
yo‘qotadigan standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar ro‘yxati.
5. “Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i 
aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi 
umumiy texnik reglamenti (UzTR.326-005:2015) O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 noyabrdagi 326-sonli qarori bilan 
tasdiqlangan. Ushbu texnik reglament 2016 yil 16 maydan amalga kiritildi. 
“Siqilgan tabiiy, suyultirilgan neft gazlarida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i 
aralashmasida ishlaydigan avtotransport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi” 
umumiy texnik reglament amalga kiritilgandan keyin, o‘rnatilgan tartibda 
qo‘llanilish ixtiyoriyligiga ega bo‘ladigan va majburiylik tusini yo‘qotadigan 
standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar ro‘yxati

Download 180,95 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 180,95 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot

Download 180,95 Kb.
Pdf ko'rish