• Yuzning geometrik xarakteristikalari asosidagi usul;
  • Empirik aniqlash usuli
  • 3. Barmoq iziga asoslangan autentifikatsiya usuli va uning xususiyatlari
  • Chiziqli diskreminant tahlil usuli




    Download 248,98 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet4/10
    Sana26.12.2023
    Hajmi248,98 Kb.
    #128320
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Zuhriddin
    1-maruza , БТ педагогикаси 1 маруза, Akramov Javohir Akmaljon o’g’li, 5411100-Dorivor usimliklarni etishtirish va qayta ishlash texnologiyasi (1), zararkunanda dasturlarning turlari, YARIM O\'TKAZGICHLAR, Usmonova Muborak, MUHLISA OZGARMAS TOK, MUHAMMADAZIZ, oybekning-qutlug-qon-romanidagi-baynalminal-so-zlar-qo-llanilishi (1), FREE TIME, 4545, 878, Aynura Dissertasiya ishi
    Chiziqli diskreminant tahlil usuli;
    Xususiy yuz usuli kabi holatlarni ideallashtirish uchun qo‘llanilib, shuningdek, 
    yorug‘likning yagona parametrda bo‘lishi, ko‘zoynak taqib kirishda xalaqitlar va 
    soqqolning paydo bo‘lishi. Bu holatlar umumiy tasodiflarda hech qachon dastlabki 
    qayta ishlash uchun yo‘l topa olmaydi. Bu kamchiliklarni albatta bartaraf etish lozim. 
    Shuning uchun asosiy komponent usuli bilan bilan birgalikda ishlash tavsiya etiladi.
    • 
    Yuzning geometrik xarakteristikalari asosidagi usul;


    Bu usul hammasidan birinchi bo‘lib qo‘llanilgan. Bu usul birinchi kriminal sohada 
    qo‘llanilgan va u yerda qayta ishlangan. Keyin uning kompyuter dasturlari ishlab 
    chiqilgan. Birinchi yuzning kalit nuqtalari topilgan va belgilar to‘plami tuzilgan. Xar 
    bir belgi kalit nuqtalar orasidagi masofani ifodalagan.
    Empirik aniqlash usuli
    Rasmlarda yuzni aniqlashda inson miyasi bilan solishtirish juda muvaffaqqiyatli yo‘l 
    hisoblanadi. Shuningdek bu usul oldin qo‘llanilgan va ayrim masalalarni hal qilgan.
    Foydalanuvchini autentifikatsiyalash turlari
    Biometrik tizimlar.
    http://fayllar.org 
    http://fayllar.org 
    3. Barmoq iziga asoslangan autentifikatsiya usuli va uning xususiyatlari 
    Barmoqizlari yordamida biometrik autentifikatsiyalash. Biometriktizimlarning 
    aksariyati identifikatsiyalash parametrik sifatida barmoq izlaridan foydalanadi 
    (autentifikatsiyaningdaktiloskopik tizimi). Bu tizimlar XX asrning 60- yillarida kirib 
    kelgan bo’lib, jinoyat ishlari bilan shug’ullanuvchi organlar foydalangan. Bunday 
    tizimlar sodda va qulay, autentifikatsiyalashning yuqori ishonchliligiga ega. Bunday 
    tizimlarning keng tarqalishiga asosiy sabab barmoq izlari bo’yicha katta ma’lumotlar 
    ba’zasining mavjudligidir. Bunday tizimlardan dunyoda asosan politsiya, turli davlat 
    va ba’zi bank tashkilotlari foydalanadi.
    Autentifikatsiyaning daktiloskopik tizimi quyidagicha ishlaydi. Avval foydalanuvchi 
    ro’yxatga olinadi. Odatda, skanerda barmoqning turli xolatlarida skanerlashning bir 
    necha variant amalga oshiriladi. Tabiiyki, namunalar bir– biridan biroz farqlanadi va 
    qandaydir umumlashtirilgan namuna, «pasport» shakllantirilishi talab etiladi. Natijalar 
    autentifikatsiyaning ma’lumotlar bazasida xotirlanadi. Autentifikatsiyalashda 
    skanerlangan barmoq izi ma’lumotlar bazasidagi «pasportlar» bilan taqqoslanadi.
    • 
    Hozirgi kunda 3xil barmoq izlarini olish texnologiyasi mavjud:
    • 
     optik nurlar orqali barmoq izini olish(FTIR ya’ni optik qurilmalar);
    • 
     yarim o’tkazgichlar orqali(termoskanerlar);
    • 
     ultratovushlar.


    Bularning barchasi bir xil prinsipda ishlaydi ya’ni bir xil matematik algoritmlar va 
    olingan natijalarni bir biri bilan solishtirish. Barmoq izlarining skanerlari. Barmoq 
    izlarini skanerlovchi an’anaviy qurilmalarda asosiy element sifatida barmoqning 
    xarakterli rasmini yozuvchi kichkina optik kamera ishlatiladi(1.4-rasm). Ammo, 
    daktiloskopik qurilmalarni ishlab chiqaruvchilarning ko’pchiligi integral sxema 
    asosidagi sensorli qurilmalarga e’tibor bermoqdalar. Bunday tendentsiya barmoq 
    izlariga asoslangan autentifikatsiyalashni qo’llashning yangi sohalarini ochadi.
    Bunday texnologiyalarni ishlab chiquvchi kompaniyalar barmoq izlarini olishda turli, 
    xususan elektrik, elektromagnit va boshqa usullarni amalga oshiruvchi vositalardan 
    foydalanadilar.
    Skanerlardan biri barmoq izi tasvirini shakllantirish maqsadida teri qismlarining 
    sig’im qarshiligini o’lchaydi. Masalan, Veridicom kompaniyasining daktiloskopik 
    qurilmasi yarimo’tkazgichli datchik yordamida sig’im qarshiligini aniqlash orqali 
    axborotni yig’adi. Sensor ishlashining prinsipi quyidagicha
    Ushbu asbobga qo’yilgan barmoq kondensator plastinalarining biri vazifasini 
    o’taydi.Sensor sirtida joylashgan ikkinchi plastina kondensatorning 90000 sezgir 
    plastinkali kremniy mikrosxemasidan iborat. Sezgir sig’im datchiklari barmoq sirti 
    do’ngliklari va pastliklari orasidagi elektrik maydon kuchining o’zgarishini o’lchaydi. 
    Natijada do’ngliklar va pastliklargacha bo’lgan masofa aniqlanib, barmoq izi tasviri 
    olinadi. Integral sxema asosidagi sensorli tekshirishda AuthenTeckompaniyasida 
    ishlatiluvchi usul aniqlikni yana ham oshirishga imkon beradi.
    Bu usul bo’yicha asosiy skaner sifatida Identix kompaniyasining TouchSafe II 
    skanerlarini keltirish mumkin. Bu skaner kontrolleri kompyuterga ISA shinasi orqali 
    ulanadi.
    Qator ishlab chiqaruvchilar biometrik tizimlarni smart-kartalar va karta– kalitlar bilan 
    kombinatsiyalaydilar.
    Integral sxemalar asosidagi barmoq izlari datchiklarining kichik o’lchamlari va yuqori 
    bo’lmagan narxi ularni himoya tizimi uchun ideal interfeysga aylantiradi. Ularni 
    kalitlar uchun breloklarga o’rnatish mumkin. Natijada foydalanuvchi kompyuterdan 
    boshlab to kirish yo’li, avtomobillar va bankomatlar eshiklaridan himoyali 
    foydalanishni ta’minlaydigan universal kalitga ega bo’ladi

    Download 248,98 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 248,98 Kb.
    Pdf ko'rish