|
Adobe PhotoShopda instrumentlar satri, tasvir, qatlam, ranglar, filtrlash va animatsiya
|
bet | 5/11 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1,16 Mb. | | #136756 |
Bog'liq S Ilhomjon=2Adobe PhotoShopda instrumentlar satri, tasvir, qatlam, ranglar, filtrlash va animatsiya.
PhotoShopning uskunalar satrida 23 ta tugma bo`lib, ular dastlab bitta ustun ko`rinishida joylashgan bo`ladi. Panelning sarlavha satrida joylashgan qo`shaloq uchburchak ko`rinishidagi tugmani bosib, uskunalarni ikki ustun ko`rinishida joylab chiqish mumkin. Yangidan paydo bo`lgan qo`shaloq uchburchaklarni yana bir marta bosib, uskunalar satrini avvalgi holatiga qaytarish mumkin.
2.2-rasm. PhotoShop dasturining uskunalar satri.
Uskunalar satri to`rt qismga ajratilgan bo`lib, ularning birinchisida oltita, ikkinchisida sakkizta, uchinchisida to`rtta, to`rtinchisida esa beshta tugma joylashgan. Uskunalar satridagi har bir tugmaga bir yoki bir nechta uskuna mos keladi. Shu sababli, uskunalar soni bir necha marta ko`p bo`lib, odatda, bitta tugma ostida bir nechta uskunalar joylashgan bo`ladi. Agar uskuna tugmasining o`ng quyi burchagida qora uchburchak bo`lsa, bu tugma ostida bir nechta uskuna borligini bildiradi. Bunday tugma ustiga sichqonchani olib kelib, o`ng tugmasini bossak, bu tugmaga mos keladigan uskunalar ro`yxati paydo bo`ladi va ulardan keraklisini tanlab olish mumkin. Odatda, har bir tugma uchun klaviaturada biron bir klavisha mos qo`yilgan bo`lib, uni ketma-ket bir necha marta bosish bilan bu tugmaga mos uskunalardan keraklisini tanlab olish mumkin. Uskunalar ulardan foydalanib bo`linganidan keyin ham tanlanganligicha qoladi. Bu qulay bo`lsada, dastlab unga moslashish qiyin kechadi.
Shuning uchun uskunadan foydalanib bo`lgach, darhol Рука (Dasta) uskunasini tanlashga odatlaning. Bu uskuna uskunalar satrining to`rtinchi bo`limida birinchi bo`lib joylashgan. U ishchi sohaga sig`maydigan katta o`lchamli tasvirning kerakli qismiga o`tish uchun xizmat qiladi. Buning uchun tasvirning ixtiyoriy joyida sichqonchaning chap tugmasini bosib, uni kerakli yo`nalishda sudrash yetarli. Asosiysi, bu uskuna tasvirga hech qanday o`zgarish kiritmaydi.
|
| |